Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
159 XULOSA XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to`la shakllandi, bu britaniyalik olim A.Smit tomonidan amalga oshirildi. Bu tasodi- fiy voqea bo`lmay, shu davrda Angliyada obyektiv shart-sharoitlar mavjud edi: burjua inqilobi manufakturadan fabrikaga o`tilishi, agrar islohot, kapitalning dastlabki jamg`arilishi, sinfiy va mulkiy differensiatsiya va boshqalar. Mantiqiy abstraksiya uslubi asosida iqtisodiy voqea va jarayonlarning mohiyati asosan to`g`ri talqin etib berildi. Yangi burjua jamiyati har tomonlama obyektiv asosda tahlil qilinib, uning progressiv tomonlari ko`rsatib berildi. Xususiy mulkning abadiyligi va dahlsizligi qo`llab-quvvatlandi. Klassik maktab vakillari inson xohishiga bog`liq bo`lmagan obyektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunlar iqtisodiy tizimda tabiiy turg`unlikni ta'minlashga, o`z-o`zini boshqarishga qodir ekanligi tan oli- nadi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savdo-sotiq qo`llanadi. "Ko`rinmas qo`l" yordamida avtomatik iqti- sodiyot erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish qobiliyatiga egadir. Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy tamoyillari aniqlab berildi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to`g`ri ko`rib chiqilgan. Mehnat taqsimoti faqat tarmoqlararo emas, balki mamlakatlar o`rtasida ham katta naf keltirishi isbotlab berildi (D.Rikardo), mutlaq va nisbiy ustunlik prinsiplari ishlab chiqildi. Ishlab chiqarish sohasidan qat'iy nazar (sanoat, qish- loq xo`jaligi, savdo va xizmat...), mehnat jamiyat boyligining asosi ekanligi aniqlandi. Jamiyatning sinfiy tuzilishi asosan to`g`ri ko`rib chiqildi, ular o`rtasida keskin qarama-qarshilik yo`qligi ko`rsatilgan, bu jamiyatda iqtisodiyot avtomatik boshqarilgani tufayli iqtisodiy inqirozlar inkor etildi. Iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo`lgan qiymat, pul, baho, foyda, ish haqi, renta, kapital va boshqalarga asosan to`la va to`g`ri ta'rif berilgan. Yangi jamiyatning progressiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyo- tining bekamu ko`st emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd etilgan. Quyida A.Smitning mamlakat milliy boyligini ko`paytirish omillari chizmasi keltirilgan. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling