Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
Pul nazariyasi
Ishchi kapitalning ilojsiz qo`shimchasiga aylanib boradi, ish-lab chiqarish vositalaridan, mehnat obyekti va sharoitidan mahrum bo`la boradi. Insonning almashuvga moyilligi uning psixologiyasi va xulq-atvoriga xos bo`lib, mehnat taqsimotining rivojiga ham ta'sir etadi. Bundan keyin, mehnat 149 taqsimotining o`sishi va almashuvning kengayishi parallel boradi va ular bir- birining rivojlanishiga turtki bo`ladi. Bu jarayonda pulning muhim roli bor. Smit tovar dunyosining pulning stixiyali ravishda, uzoq rivojlanish jarayoni natijasida ajralishini ko`rsatib beradi. Pulning paydo bo`lishini ayrim iste’dodli odamlarning kashfiyoti yoki odamlarning o`zaro hamkorligiga bog`lash mumkin emas. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga nisbatan (bu prinsiplar Smitda beshta, G’arb olimlarida esa asosan uchta) alohida ta'kidlaydi. Oqibatda Smitning fikricha, pul texnik qurol bo`lib, iqtisodiy jarayonlarni yengillashtiradi, uni "muomalaning buyuk g`ildiragi" deb baholaydi. A.Smit oltin va kumush pullarni qog`oz pul bilan almashtirish maqsadga muvofiq, uni esa banklar cheklangan miqdorda chiqarishi zarur deb hisoblagan, ammo bunga uncha katta e'tibor bermagan. A.Smitning qarashlarida ancha chalkashliklar bo`lsa ham, lekin u pul va kreditni ishlab chiqarish asosidan chiqardi, ularning ishlab chiqarishga nisbatan tobeligini ko`rsatib berdi. A.Smit pul-kredit omillarining mustaqilligini yetarli baholay olmadi, ularning ishlab chiqarishga teskari ta'sirini tushunmadi. Qiymat nazariyasi A.Smit qiymatning mehnat nazariyasini V.Pettiga nisbatan ancha chuqur va to`laroq ishlab chiqdi (shuni ta'kidlab o`tish kerakki, keyingi G’arb tadqiqotlarida qiymat o`rniga qimmat tushunchasi ko`proq qo`llanilmoqda, marjinalizm nazariyasida ham shunday). U tovarning bozor va tabiiy yoki haqiqiy baholarini farqlaydi, haqiqiy bahoni qiymat bilan aynan bir deb tushunadi. "qiymat" so`zi uningcha ikki xil mazmunga ega. Bu so`z bilan buyumning foydaliligi (balki qimmati) hamda uni boshqa buyumga almashish qobiliyati belgilanadi. Demak, u iste'mol va almashuv qiymatlarini farqlagan. Masalan, suv va olmosni olib, bu tovarlarning almashuv qiymatini ularning foydaliligi yoki iste'mol qiymati bilan tushuntirish bema'ni ekanligini ko`rsatib beradi. qiymatning yagona manbayi va oxirgi o`lchovi shu tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat bo`lib, bu mehnat sarflari jami uchun zarur o`rtacha sarfga tengdir. Smit malakali va murakkab mehnatdan oddiyga o`tishga ma'lum koeffitsiyentlar yordamida bajarilishini uqtiradi. Almashuv qiymati tovarning tabiiy xususiyati emas, tovarlarning tabiiy xususiyati, ularning iste'mol qiymatlari hisoblanadi. Agar tabiiy xususiyatlarni inkor etsak, tovarlarda yagona xususiyat qoladi: tovarlar inson mehnatining mahsulidir. A.Smit V.Pettidan farqli ravishda (u mehnat faqat oltin yoki kumush ishlab chiqarishda qiymat hosil qiladi, degan edi) mehnat barcha moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida qiymatni hosil qiladi, degan fikrda edi. U ish vaqti va qiymat miqdori orasidagi to`g`ridan-to`g`ri aloqadorlikni aniqladi, mehnat qiymatning haqiqiy asosi ekanligini isbotlashga urindi. A.Smit mehnatning ikkiyoqlama xarakterini, ya'ni mavhum va konkret mehnat borligini tushunmadi, qiymat o`z tabiatiga ko`ra ijtimoiy xarakterga 150 ega, tovar ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradi va bir tovarning ikkinchisiga munosabati almashuv qiymati orqali aniqlanadi. Smitning fikricha, qiymatni sotib olinadigan mehnatga qarab aniqlash shu tovarlarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlash usuliga qarama-qarshi emas. Ekvivalentlik tovar almashuvining qonuni: bir xil miqdordagi mehnat aks etgan tovarlar almashadi. Shundan Smit tovar ishlab chiquvchi bir tovarni boshqasiga almashganda keng miqdordagi mehnatni sotib oladi, shu sababli tovar qiymatini sarflangan va sotib olingan mehnat bilan bab-baravar aniqlash mumkin, degan xulosa chiqaradi. Bu holda qiymat o`lchovi deb ish vaqti o`rniga mehnatning almashuv qiymati keltiriladi. Sotib olinadigan mehnat nazariyasida qiymat tushunchasi ishlab chiqarish faoliyatidan almashuv sohasiga ko`chirilgan (bu esa xato), almashuv qiymati esa o`z hisobiga faqat ma'lum miqdordagi mehnatni olish qobiliyati sifatida izohlagan, xolos. A.Smit kapitalist va ishchi o`rtasidagi munosabatni tahlil etib, bunda ekvivalentlik qonunining buzilganligini ko`rdi. Kapitalist ishchiga ish haqi sifatida ishchi mehnati tomonidan yaratilgan qiymatning faqat bir qismini to`laydi. Bu qiymatning ikkinchi qismini esa kapitalist foyda sifatida o`zlashtiradi. Olim kapitalizm davrida qiymat qonuni buzilayotir, deb e'lon qildi va qiymatning mehnat nazariyasi kapitalizmgacha bo`lgan sharoitlarda qo`llanilishi mumkin, deb hisoblaydi. Uning fikricha, qiymat faqat "jamiyatning dastlabki holatida", kapitalist va yollanma ishchilar bo`lmagan, ya'ni oddiy tovar ishlab chiqarilishi sharoitlaridagina mehnat bilan aniqlanadi (ekvivalentlik to`la mavjud). Ma'lumki, oddiy tovar ishlab chiqaruvchilar mehnat mahsulotini sotadilar va sotib oladilar, ishchi kuchi u yerda tovar emas. Tushunarliki, u sharoitda begona mehnat faqat mehnatning moddiylashgan shaklida "sotib olinadi". Kapitalizmda esa ishchilar ishchi kuchini tovar sifatida, sotuvchilar sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish vositalari egasi sifatida bu tovarni sotib oluvchilar sifatida ish yuritadilar, oqibatda jonli va moddiylashgan mehnat o`rtasida doimiy almashuv ro`y beradi. A.Smit ishchi kuchi degan kategoriyani bilmagan, u ishchi o`z mehnatini sotadi deb o`ylagan. Shu sababli u kapitalizmda haq to`lanmagan mehnatning o`zlashtirilishini qiymatning mehnat nazariyasi asosida tushuntirib bera olmagan. A.Smit qiymatni daromad bilan ham tenglashtirishga uringan. U aytadiki, ish haqi, foyda va renta har qanday daromadning, xuddi shuningdek har qanday almashuv qiymatining dastlabki uch manbayidir. Demak, Smit kapitalizmga xos yana bir qiymat - daromad nazariyasini o`ylab topdi, bu yerda daromad ish haqi darajasi, foyda va renta bilan aniqlanadi. qiymatni daromadlar asosida tushuntirish olimning qiymatning mehnat nazariyasiga qarama- 151 qarshidir. Bu g`ayriilmiy konsepsiya boshqa siyosiy iqtisod namoyandalari tomonidan keng foydalaniladi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling