Iqtisodiy ta'limotlar
A. Smitning iqtisodiy g`oyalari. Uning
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
8.2. A. Smitning iqtisodiy g`oyalari. Uning
"Xalqlar boyligi..." asaridagi iqtisodiy qarashlar Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona chinovnigi oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta'lim oldi, u yerda falsafa, adabiyot, tarix fanlari bilan birga fizika va matematikani ham o`rgandi. A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy leksiyalar o`qiy boshladi. Glazgo universitetining professori lavozimiga saylandi, keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759 yilda o`qigan leksiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bag`ishlangan o`zining birinchi "Axloqiy hissiyot nazariyasi" kitobini yaratdi. Uning iqtisodchi bo`lishiga Glazgodagi o`ziga xos siyosiy iqtisod klubidagi ishtiroki, qisman filosof va iqtisodchi David Yum bilan do`st bo`lganligi ta'sir etdi. Ammo u 1764 yilda universitetdagi ishini tashlab, bir ingliz aristokratning oilasiga tarbiyachi bo`lib keldi (gersog Baklyu). O`z tarbiyalanuvchisi bilan Yevropa bo`ylab sahatga chiqdi, Shveysariyada Volter, Fransiyada Didro, fiziokratlar F.Kenye va A.Turgo, D`Alamber, Gelvetsiy, Golbax va boshqa taniqli progressiv olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar olimning dunyoqarashini shakllantirishga katta ta'sir qildi. U 1766 yilda o`z yurtiga qaytdi va o`zining bosh asari - "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to`g`risidagi tadqiqot"ni yozishga kirishdi, bu asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy prinsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi. A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo`lib, birinchisida qiymat va qo`shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamg`arilishining shakllanishi davrida Yevropaning iqtisodiy rivojlanishi, uchinchisida - turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, to`rtinchisida - merkantilizm va fiziokratlarning ta'limotiga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. Bu ajoyib asar A.Smit tirikligidagi davrda to`rt marta, o`limidan so’ng oxirigacha uch marta takroran nashr etildi. Bu asardagi xulosalar keng jamoatchilikni faqat Angliyadagina emas, balki chet ellarda ham qiziqtirib qoldi. Rossiyada bu asarning tarjimasi birinchi marta 1802-05 yillarda chop etildi. 1778 yilning boshida Edinburg shaxridagi bojxona kommissari lavozimiga tayinlandi va umri oxirigacha shu yerda ishladi. Zamondoshlarining A.Smit 145 eslashicha, A.Smit nihoyatda xushmuomalali inson bo`lgan, ammo shu bilan birga afsonoviy parishonxotir ham ekan. O`sib borayotgan sohibkorlar uchun bu asar ayniqsa asqotdi, feodalizm qoldiqlarini tugatish uchun qimmatli qurol bo`ldi. Yangi kapitalistik, ya'ni bozor iqtisodiyotining klassik ta'limoti yaratildi. A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi munosabat klassik maktab qarashlarining asosini tashkil etadi. Bunda "iqtisodiy odam" tushunchasi keyinroq paydo bo`lishiga qaramasdan, uning kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar. A.Smit tadqiqot predmeti va metodologiyasi. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy-turmush darajasini oshirish muammolari A.Smit tadqiqotining predmetini tashkil etadi. qanday shartsharoitlar va qanday qilib va qanday qilib insonlar yuqoriroq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar degan fikr asarning asosiy g`oyasini aks ettiradi. Iqtisodiy o`sishning pul shakli inkor etiladi va moddiy ne'matlar yaratish asosiy deb qaraladi, bular esa faqat ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi va shu sababli ustuvor deb hisoblanadi. Ammo qaysi (sanoat, qishloq xo`jaligi) soha afzalligi aniq aytilmaydi. Asarning 2-kitobida dehqonchilikka kapital qo`yish yaxshiroq samara beradi deb o`qtiriladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat tovarlarni narxi pasayish, qishloq xo`jaligi mahsulotlari narxi esa o`sish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. Demak, shunday xulosa qilish mumkinki, agrar soha ustun (bu xato). Metodologik jihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm konsepsiyasiga, ya'ni fiziokratlarning tabiiy tartibi, yanada aniqroq bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslanadi. Olim o`z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba'zi bir shunday tabiiy xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog`liq emas, degan xulosaga asoslanadi. Ana shunday xususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) bo`lib, odamlar o`z xo`jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim shaxsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uqtiradi u. Har bir odam o`z shaxsiy manfaatini ko`zda tutadi, ammo bu holatda ko`p boshqa holatlardagi kabi, u "ko`rinmas qo`l" tomonidan uning niyatida ham bo`lmagan maqsad sari yo`naltiriladi... Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlarga intilganidan ko`ra ko`proq haqqoniy ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. "Ko`rinmas qo`l" - bu obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Bu qonunlar odamlarning xohish-irodasidan qat'i nazar, odatda unga qarama-qarshi harakat qiladi. Har bir odam ko`proq foyda olish uchun kapitalni imkoni boricha qulay ishga joylashtirishga urinadi, chunki u jamiyatning emas, balki avvalo o`zining shaxsiy manfaatini ko`zlaydi. Ammo, inson o`z shaxsiy manfaatini o`ylagan paytda, bu holat tabiiy, yoki aniqrog`i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, 146 odam jamiyat uchun ko`proq naf keltiruvchi mashg`ulotni tanlaydi va shu ish bilan shug`ullanadi. Shunday qilib, Smitning ta'rifi bo`yicha, foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (biz Sovet hokimiyati davrida uzoq yillar davomida bu fikrga qarshi kurashib keldik). Hozirgi davrda barchaga yaxshi ma'lum bo`lgan "ko`rinmas qo`l" iborasi bilan birga "iqtisodiy odam" tushunchasi ham kiritildi. Unga ko`ra , shaxsiy manfaatlar tufayli savdo va almashuv jarayoni amalga oshadi. "Menga kerak bo`lgan narsani bersang, men senga kerak bo`lgan narsani beraman", qabilida, ya'ni shaxsiy manfaatlarning talabini qondirish yo`li tutiladi, ya'ni gap kimningdir sahiyligida emas. Iqtisodiy rivojlanishning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlarning o`zaro nihoyatda samarali harakati sharoitlarini A.Smit "tabiiy tartib" deb atagan. A.Smit va uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy siyosatning tamoyili va maqsadi bo`lsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy harakatni o`rganish uchun nazariy konstruksiya yoki modeldir. Demak, jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklamaslik kerak, degan xulosa chiqariladi. Bu tamoyilga ko`ra quyidagilar taklif etiladi: 1.Ishchi kuchining erkin harakati; 2.Savdoda (yr savdosida ham) to`la erkinlik; 3.Sanoat va ichki savdoni hukumat tomonidan reglamentatsiya qilishga qat'iy qarshilik; 4.Erkin tashqi savdo (proteksionizmga qarshi). Olimning bu g`oyalari keyinchalik to`la amalga oshdi. A.Smit kapitalistik jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan, shuning uchun kapitalistik munosabatlar abadiy, kapitalistik xo`jalik namoyandalarining xususiyatlari odamning tabiiy xususiyatlari kabidir, deb izohlaydi (bu fikrning qanchalik to`g`riligini tarix ko`rsatadi). A.Smitning tushunchasi bo`yicha iqtisodiy hayot shunday jarayonki, u ayrim kishilarning xohishiga bog`liq bo`lmagan obyektiv qonunlarga bo`ysunadi. Bu qonunlar tabiiydir, insonning tabiatidan kelib chiqqan xo`jalikning "tabiiy" qonunlarini ochishga intilgan olim amalda kapitalistik ishlab chiqarishni tadqiq etdi. A.Smit iqtisodiy haqiqatga oid faktlarni qanday bo`lsa shunday holda, bevosita kuzatuvchiga qanday ko`rinsa shunday o`rganish bilan cheklanmasdan, "tabiiy baho", "tabiiy norma", ish haqi va boshqalarning nimaga bog`liq ekanligini aniqlashga urindi. Buning uchun u mantiqiy abstraksiya yordamiga tayanib ish yuritdi. U tasodifiy voqealardan holi ravishda kapitalistik xo`jalikning ayrim xususiyatlari to`g`risida qator muhim xulosalar chiqardi. Shu bilan birga u boshqa vazifa - aniq iqtisodiy hayotni izohlashni ham o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. U shu maqsadda shundokkina ko`rinib turgan kapitalistik xo`jalik voqealarini izohladi va ma'lum sistemaga soldi. 147 A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib, qator chuqur ilmiy xulosalarga keldi, xodisalarning ichki bog`lanishi masalalariga kirib bordi. Shunga parallel ravishda u boshqa yo`ldan ham bordi, kapitalistik haqiqat to`g`risidagi bevosita kuzatish natijalarini umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi. N.G.Chernishevskiy A.Smit metodiga aniq xarakteristika bergan. Ikkala metodni bir vaqtda qo`llashning afzalligi bilan birga, katta kamchiligi ham bor: olingan natijalarni bevosita solishtirish har doim ham mumkin emas. Ilmiy tahlil asosida olingan xulosalar, yuzaki umumlashmalar bilan bir qatorga qo`yiladi. Mazmun va xodisa shakllari doim ham o`zaro mos kelavermaganidan bu xulosalar ba'zida bir-biriga zid ham bo`lgan, ammo A.Smit buni oxirigacha tushunib yetmadi. Mehnat taqsimoti va pul to`g`risidagi ta'limot. Bevosita masalaga o`tishdan avval bir narsaga diqqatni jalb etish kerakki, bu A.Smit yashagan muhitdir. Muhit olimning tadqiqotlariga katta ta'sir ko`rsatdi. Bu davr Angliyada manufaktura nihoyatda rivojlangan va sanoat inqilobi arafasidagi yoki bu boradagi dastlabki qadamlar qo`yilgan payt edi. Shu sababli A.Smit manufaktura davrining umumlashtiruvchi iqtisodchisi mafkurachisi bo`lib qoldi. O`z davri uchun mos ravishda u manufakturani ishlab chiqarishning eng progressiv, eng ilg`or shakli deb baholadi, uning tarixan o`tkinchiligini tushunmadi, bu albatta sharoitning ta'siridir. A.Smit ishchilar, kapitalistlar va yer egalarining turli sinf vakillari ekanligini yaxshi tushungan va iqtisodiy rivojlanishning umuman yaxshi oqibatlari hamma uchun tegishli, xalq boyligining ortishidan esa jamiyatning hamma a'zolari bir xil manfaatdor deb o`ylagan edi. O`z davrida tanqid qilingan bu g`oya hozirgi paytda haqiqatga ancha yaqindir (yana tarix ko`rsatadi). A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g`oya yotadiki, unga ko`ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo bo`ladi (merkantilistlardan keskin farqi bor). Eslang, fiziokratlar va ilk klassik maktab vakillari mehnat faqat qishloq xo`jaligidagina samarali bo`ladi, desalar, A.Smit mehnatni barcha sohalarda (sanoat, qishloq xo`jaligi va xizmat ko`rsatish sohalari) boylikning asosi deb bildi. U kapitalistik ishlab chiqarishnig manufaktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy progressning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keldi va buni o`z tadqiqotlarining boshlang`ich punkti deb qabul qildi. A.Smit o`z tadqiqotida ninatugnogich manufakturasidagi ko`pchilikka ma'lum bo`lgan mehnat taqsimotini misol qilib keltirdi, u yerdagi ishchilarning ixtisoslashuvi va mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni va mehnat unumdorligini ko`p marta oshirish imkonini berdi. Mehnat taqsimoti bo`lmagan holatda har bir ishchi o`rtacha 20 ta to`g`nog`ich yasashi mumkin ekan. O`n kishi ishlaydigan ustaxonada mehnat taqsimoti o`rnatiladi: biri simni tortadi, 2-si to`g`rilaydi, 3- 148 si kesadi, 4-si uchini o`tkirlaydi va hokazo. Bu kuniga 4800 ta to`g`nog`ich yasash imkonini beradi, demak, mehnat unumdorligi 240 marta oshgan. Mehnat taqsimotining ahamiyati to`g`risidagi bu misol klassik bo`lib ketgan va hamma yerda ishlatiladi. Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga oshiriladi: 1. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chakkonligi va mohirligi oshadi; 2. Bir turdagi ishdan boshqasiga o`tish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi (dastgohdan dastgohga borish vaqti va yangi turdagi ishga psixologik moslashish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi); 3. Mehnat taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tug`diradi, ya'ni takrorlanadigan jarayonlar mashina qo`llashga qulaylik yaratadi. Undan tashqari ishchilarning bir xil ishni doim takrorlashi tufayli mahsulotning sifati ham yaxshilanishi kerak, bu esa tovarning bahosi, raqobat quvvatini oshiradi. Shunday qilib, A.Smit manufakturada mehnat taqsimotining roli va mashina sanoati sari rivojlanish tendensiyasini to`g`ri yoritgan. Uningcha ishlab chiqarish hajmi va mahsulot iste'moli ikki omil: aholining unumli mehnat bilan shug`ullanayotgan qismi va mehnat unumdorligining darajasi bilan belgilanadi. Farqli ravishda ikkinchi omil muhimroq bo`lib, u mehnat taqsimoti bilan bevosita bog`liqdir. A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham berilgan. Bir xil operatsiyani mexanik ravishda takrorlayverish oqibatida ishchi befarosat va nodon bo`lib ham qolishi mumkin. Aqliy va jismoniy mehnat o`rtasidagi farq odamlarning tabiiy ko`rsatkichlari bilangina aniqlanmaydi, balki ularning hayoti va faoliyati oqibatidadir. Faylasuf aravakashdan tug`ma xususiyatlari bilan emas, balki boshqa turdagi mehnat va hayot tarzi bilan farq qiladi. Mehnat taqsimoti qancha mukammal va bozor qancha keng bo`lsa, mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv uchun shuncha keng sharoit bo`ladi, tor bozorda bu imkoniyatlar cheklangan bo`ladi va mehnat unumdorligining o`sishi ham qiyinlashadi. A.Smit bir tomondan manufaktura miqyosida va ikkinchidan jamiyatdagi turli korxonalar, sohalar mehnat taqsimoti o`rtasida prinsipial farq yo`q deb hisoblaydi. Uningcha, butun jamiyat yirik manufaktura bo`lib, mehnat taqsimoti esa odamlar hamkorligining umumiy shaklidir. Shu bilan birga obyektiv sharoitni hisobga olib, manufakturadagi mehnat taqsimoti va endigina rivojlanib kelayotgan mashina sanoatining salbiy oqibatlari ham tan olinadi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling