O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni


Download 0.66 Mb.
bet1/13
Sana07.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1081350
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2018 MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYaSIDAN (1)


1


2

  1. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni


“Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” fan dasturi geografiya fanlar tizimining fundamental negizi hisoblanib, fanning tuzilishi, tadqiqot metodlari, rivojlanish tarixi va bosqichlari, istiqbollari yoritilgan. Kursida geografik qobiqdagi litosfera plitalari va ularning asosiy xususiyatlari, materiklar rivojlanishi, uning dinamikasi, tabiiy geografik xususiyatlari hamda tabiiy geografik rayonlashtirish masalalarini o‘z ichiga oladi.
  1. O‘quv fanining maqsad va vazifasi


Fanni o‘qitilishidagi maqsadi - yer yuzasidagi materiklar va okeanlarning tabiatini, unda sodir bo‘ladigan jarayonlar va hodisalarning o‘zaro bir-biriga bog‘liqligini, geografik qobiqning barqaror rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish bo‘yicha talabalarga bilimlar berish hamda tegishli ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Materiklar va okeanlarning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklarini chuqur o‘rganish; tabiiy resurslarining aloqadorlik qonuniyatlarini, bir-biriga uzviy bog‘liqligini tushuntirish; Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi tushunchasi, tabiiy-hududiy rayonlar tushunchasiga alohida e’tibor berish. “
Fanning oldiga qo‘ygan vazifalari - quyidagilardan iborat:
«Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasining tabiiy sharoiti, tabiatdan foydalanish tamoyillari va metodlari hamda ularni tabiiy geografik rayonlashtirish va ular tarkibidagi tabiat komponentlari haqida bilimga ega bo‘lishi;

  • Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasining maqsad va vazifalari, ob’ekti va predmeti, tadqiqot usullari, rivojlanish tarixi, uning kelajak istiqbollari, tabiatini muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan samarali foydalanish usullarini bilish;

  • Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida Materiklar va okeanlarning tabiiy geografik o‘rni, rel’efi va uning shakllari, iqlimi va iqlim mintaqalari, iqlimiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillari, ichki suvlari tarkibidagi ko‘llar, daryolar, suv omborlari, yer osti va yer usti suvlari, tabiat zonalari, okeanlarda shakllangan arxipelaglar, orollar va ularning turlari, yarim orollar, qo‘ltiq va bo‘g’ozlar, okeanlar, dengizlar, tabiiy geografik rayonlashtirish to‘g‘risida malakaga ega bo‘lishi kerak.

  1. Download 0.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling