Iqtisodiy ta'limotlar
Asosiy tushuncha va iboralar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va mulohaza uchun savollar
- 9-BOB. D.RIKARDO, J.B.SEY, T.MALTUS VA BOSHQALARNING IQTISODIY TALIMOTLARI (3-bosqich) 9.1. D.Rikardoning iqtisodiy talimoti
Asosiy tushuncha va iboralar
A.Smit; "Xalqlar boyligi"; mehnat taqsimoti; "iqtisodiy odam"; egoizm; "ko`rinmas qo`l"; "muomalaning buyuk g`ildiragi"; qiymatning mehnat nazari- yasi; sinflar; ishlab chiqarish omillari va daromadlar to`g`risidagi nazariya; un- 160 umli va unumsiz mehnat; milliy boylik va Smit dogmasi; iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari; mutlaq afzallik nazariyalar. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1.Klassik iqtisodiy maktabning Angliyada vujudga kelishi qanday ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarda ro`y berdi? 2. Sanoat to`ntarilishi bilan bog`liq bo`lgan siyosiyijtimoiy va iqtisodiy o`zgarishlar nimalardan iborat? 3. A.Smitning bosh iqtisodiy asari qachon yozib tugallandi va undagi asosiy iqtisodiy g`oyalar nima? Olimning tadqiqot metodologiyasi nimaga asos- lanadi? 4. Nima uchun A.Smit manufaktura ishlab chiqarishining mafkurachisi bo`lib qoldi? 5. Mehnat taqsimotining ustunlik tomonlari nima va kamchiligi nimada? 6. A.Smitning pul, qiymat, daromadlar, ish haqi, kapital va takror ishlab chiqarish to`g`risidagi ta'limotlariga qisqacha izoh bering. 7. "Smit dogmasi" nima? Uning kamchiligi nima? 8. "lassez faire" va "ko`rinmas qo`l" tamoyillari nimani anglatadi? 9. Xalq boyligi qanday omillarga bog`liq? 10. Nochor ahvolga tushgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun nima qilmoq kerak? 11. Mutlaq afzallik prinsipi nimadan iborat? 161 Otang bozor, onang bozor. Maqol. 9-BOB. D.RIKARDO, J.B.SEY, T.MALTUS VA BOSHQALARNING IQTISODIY TA'LIMOTLARI (3-bosqich) 9.1. D.Rikardoning iqtisodiy ta'limoti Ingliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyandasi David Rikardo (1772-1823) Petti va Smitning iqtisodiy g`oyalarini yanada rivojlantirdi. U Londonda sohibkor dallol yahudiy oilasida tug`ildi, 14 yoshidan otasiga yordamchi bo`ldi. Ikki yil Amsterdamda (Gollandiya) savdo maktabida ta'lim oldi. Yoshligidayoq birjadagi qulay operatsiyalar tufayli katta boylik to`pladi (1793-1812). Boyigach, tabiiy fanlar bilan, keyinchalik siyosiy iqtisod bilan shug`ullandi. U matematika, fizika, ximiya va biologiyani mustaqil o`rgandi. D.Rikardo dastlab birja dalloli, keyinroq ma- tematika o`qituvchisi bo`ldi, ikki marta sherif (politsiya boshlig`i) etib saylandi, 1819-1823 yillarda Angliya parlamentining a'zosi edi. Parla- ment minbaridan o`zining ilg`or iqtisodiy fikr- larini tarqatish maqsadida foydalandi, erkin sav- doni talab etdi, proteksionizm va pul muomalasi sohasidagi davlat siyosatini tanqid qildi. Tarixiy manbalarga qaraganda, D.Rikardo 1799 yilda kurortda A.Smitning "Xalqlar boyligi..." asarini ko`rib qoladi va un- da bu fanga ishtiyoq paydo bo`ladi. Bu fan bilan mashg`ulot uning uchun asosiy sohaga aylanadi. U hammani qiziqtirgan eng asosiy muammolarga javob ber- ishga harakat qildi. U jamiyat moddiy boyligi o`sishi uchun ijtimoiy ishlab chiqarish va taqsimotning qanday sharoitlari eng qulay va optimal degan ma- salaga to`xtaladi. D.Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosida pul muammo- si va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi, xalqaro mehnat taqsimoti to`g`risida funadamental fikrlar berdi. Iqtisodchi J.S.Mill bilan do`stona munosabatda bo`lgan. Smitdan keyinroq yashagan D.Rikardo sanoat inqilobi natijalarini to`laroq tushundi, uning fikrlari nisbatan teran bo`lib, klassik iqtisodni nihoyasiga yetkazdi; u sanoat davrining iqtisodchisi edi. Uning dastlabki "Oltin ajdahosi to`g`risida uch xat" (1809 y.) va boshqa asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga bag`ishlandi. Millning tazyiqi bilan 1817 yilda uning asosiy asari bo`lgan "Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi" Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling