Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
T.R.Maltus
174 Tadqiqot usulida iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan olgan holda, iqtisodiy o`sish sur'atlari bilan aholi soni o`rtasida o`zaro aloqadorlikni ilmiy jihatdan isbotlashga o`rinining o`ziga xos yo`llari mavjuddir. Jahonga ma'lum bo`lgan Ch.Darvin, D.Rikardo va boshqalarning qa- rashlari unga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Bu olim metodologiyasining yangiligi va ahamiyati shundaki, undan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qashshoqlik sabablarini aniqlash va undan chiqish uchun amaliy xulosalar chiqarish mumkin, yashash minimumi sifatida belgilanadigan tirikchilik vositalari va aholi o`sish soni o`rtasidagi oddiy nis- batni isbotlashga harakat qilinadi. M. Blaugning ta'kidlashicha, Maltus bo`yicha insoniy jamiyatni sotsial qonunlar (sotsial islohotlar) yordamida har qanday ongli takomillashtirishga urinish yengib bo`lmas insonlar ommasi tomonidan surib tashlanadi va shu sab- abli har bir odam o`zi haqida o`zi jon kuydirmog`i va o`zining xatolari uchun to`la javob berishi kerak. Aholi nufuzi nazariyasi Maltus go`yoki tarixiy manbalarga asoslanib, insoniyatning nihoyatda tez o`sganligini isbotlashga urinadi. Bu o`sish tiri- kchilik vositalari, kamchiligi kasalliklar, urushlar, chaqaloqlarni o`ldirish, tug`ilishni ixtiyoriy tartibga solish yo`li bilan sekinlashtirilmaganda ahvol bun- dan ham yomon bo`lar ekan. Maltus tabiat bilan hamohang o`simlik va hayvonlarning cheksiz ko`payishi va yashash uchun kerakli mablag`lar o`sishi yo`nalishlarini tadqiq etadi. Agar insonlar har 25 yilda ikki marta ko`payib, geometrik progressiya asosida ortib borsa (1, 2, 4, 8, 16, 32, 64, 128, 256 va hokazo), tirikchilik vositalari eng qulay sharoitlarda ham arifmetik progressiya asosidagina ko`payishi mumkin (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 va hokazo). Bunday sharoitda 200 yildan so`ng aholi sonining tirikchilik vositalariga nisbati 256 : 9, 300 yildan so`ng esa 40096 : 13 bo`ladi va hokazo (2-jadvalga qarang). Tirikchilik vositalariga nisbatan doimo tezroq ko`payishga intilishi "aholining nufuz qonuni"dir, bu qonun jamiyat paydo bo`lgandan buyon mavjud bo`lib, doim va kudratli harakatdadir. Aholining ortiqcha qismi zarurat tufayli ochlik, yalang`ochlik va qirilishga mahkum etilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling