Iqtisodiy ta'limotlar


Tyunen 194  10.3. Klassik maktab ta'limoti va hozirgi zamon


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Tyunen


194 
10.3. Klassik maktab ta'limoti va hozirgi zamon 
A.Smit va D.Rikardo Angliya klassik iqtisodiyotining eng buyuk va eng 
so`nggi namoyandalari edilar, ularning g`oyalari Sey, Sismondi Bastiya, 
Sismondi Senior, Keri va qisman Maltus tomonidan davom ettirildi, ammo bu 
g`oyalarga katta biror yangilik kiritilmadi. Buni keyingi boblarda ko`ramiz. 
Agar klassik maktab g`oyalari Angliya va Fransiyada qo`llab-quvvatlanib 
progressiv rol o`ynagan bo`lsa, feodal munosabatlari hali ustun, kapitalistik 
rivojlanish endigina rivojlanayotgan davlatlarda bu g`oyalar ta'siri tobora ortib 
bordi (Germaniya, Avstriya, Italiya, Ispaniya va nihoyat Rossiya). 
Ma'lumotlarga ko`ra, Ispaniyada Smitning kitobi dastlab inkvizitsiya tomonidan 
taqiqlangan. Germaniyada esa reaksion professorlar uni tan olishni 
istashmagan. Shunga qaramasdan, ularning asarlarida klassik iqtisodiy maktab 
eng yuksak cho`qqiga ko`tarildi va jahon iqtisodiy tafakkuriga katta ijobiy ta'sir 
ko`rsatdi. Undan keyingi iqtisodchilar ilmiy bo`lmagan apologetik maqsadlarni 
qo`ydilar. 
Klassik iqtisodiy maktab uchun shu narsa xarakterliki, unda mantiqiy 
abstraksiya uslubi yordamida iqtisodiy voqealar va jarayonlar mohiyatiga yetish 
uchun harakat qilindi. Olimlar mavjud voqealarni imkoni boricha katta 
obyektivlik va holislik bilan tahlil etdilar va o`sha davrdagi tizimni ataylab 
ongli maqtash bilan shug`ullanmadilar. Klassiklar mulohazalarining asosida 
inson xohishiga bog`liq bo`lmagan obyektiv iqtisodiy qonunlar mavjudligi 
to`g`risidagi tushunchalar yotar edi. Bu qonunlar iqtisodiy tizimda tabiiy 
turg`unlikni ta'minlashga qodir bo`lib, o`z-o`zini tartibga solish tendensiyasi 
ularga xosdir. Shu sababli bu ta'limot a'zolari davlatning iqtisodiyotni, savdoni 
har qanday cheklashlariga doimo qarshi bo`ldilar. 
Klassik iqtisodiyotning poydevori qiymatning mehnat nazariyasi asosiga 
qurilgan. Bu ta'limot daromadlarni taqsimlash nazariyasiga ham asos deb 
qaralgan. Bu maktab birinchi marta o`sha davrdagi ilg`or burjua jamiyatining 
sinfiy tuzilishini to`g`ri yoritib berdi, kapitalistlar va yer egalari daromad 
manbalari yollanma ishchilarni ekspluatatsiya qilish ekanligi ochib berildi, 
ammo qo`shimcha qiymatning asl tabiati aniqlanmadi. 
Ijtimoiy kapitalning takror ishlab chiqarish mexanizmini tadqiq qilishda 
muhim yutuqlar qo`lga kiritildi. Ammo doimiy kapitalning yalpi mahsulot 
qiymati elementi ekanligi aniqlab berilmadi. Klassiklar asosiy iqtisodiy 
muammo sifatida kapital jamg`arilishini ilgari surdilar va u bilan bog`liq 
bo`lgan ziddiyatlarni yetarlicha baholay olmadilar, umumiy ortiqcha ishlab 
chiqarish inqirozlari bo`lishi mumkinligini inkor etdilar. 
Bu olimlar haqida gap borganda ularni odatda siyosiy iqtisod 
asoschilari deb ko`rsatiladi. Ammo, bu ibora Monkretyen tomonidan birinchi 


195 
bor qo`llanilgan (1615 y.) va siyosiy iqtisodga Kantilyonning "Esse" asarida, 
F.Kenye maqolalarida, Turgoning kitoblarida asos solinganini aytib o`tish 
kerak. 
A.Smit o`z asarida iqtisodiyot fanini har tomonlama to`la tahlil etib, 
hozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodiyoti va uning amal qilish 
tamoyillarini to`g`ri ko`rsatib berdi. Ular ta'limotining mohiyati qisqacha 
quyidagilardan iborat: 
1. Tanlov va tadbirkorlik erkinligi; 
2. Baholarning erkinligi (ya'ni bahoning bozorda talab va taklif asosida 
shakllanishi); 
3. Erkin raqobat; 
4. Mulk shakllarining turli-tumanligi va ularning qonun oldida 
baravarligi (ya'ni davlat, jamoa, xususiy va boshqa mulklarning hayotiyligi); 
xususiy mulk afzalligi; 
5. Davlatning imkoni boricha iqtisodiyot masalalariga kam aralashuvi 
(yoki iqtisodiyotning "lassez faire" tamoyili bo`yicha o`z yo`liga ko`ra rivoji) 
va boshqalar. 
Ularda bozor tizimi kapitalizmning asosiy falsafasiga aylanib qoldi. Bu 
tamoyillar nazariy jihatdan buyuk kashfiyot edi va muhimi yangi jamiyatning 
iqtisodiy siyosatida keng qo`llanilib samarali natijalar berdi. Bu nazariy asos 
hozirgi davrda ham o`z kuchini yo`qotgan emas. Keyingi rivojlanish davrida bu 
tamoyillarning evolutsiyasini ko`ramiz. Ayniqsa, davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi masalasi bo`yicha turlicha fikrlar bor, ma'lum davrda davlat 
aralashuvi uchun ham sharoit yuzaga kelar ekan (buni keyingi boblarda ko`rib 
chiqamiz). Faqat shuni eslatib o`tmoqchimizki, sotsialistik rivojlanish 
g`oyalarining mualliflari sotsialistik deb atalgan davlat klassik iqtisodiy 
maktabning bir qancha muhim tamoyillarini inkor etib (masalan xususiy mulkni 
bekor qilish, davlat-umumxalq mulkining hissasini oshirish, qat'iy rejalashtirish, 
qat'iy baholar o`rnatish, iqtisodiyotda erkinlikni bo`g`ish, davlat tomonidan 
ma'muriy-buyruqbozlik usullarining keng qo`llanilishi va boshqalar), katta 
xatoga yo`l qo`yganliklari tarixda isbotlandi. 
Shunisi xarakterliki, Smitning bosh asari yozilgan 1776 yilda AQSHda 
"Mustaqillik deklaratsiyasi" ham e'lon qilindi. Bu ikkala hujjatning qay biri 
ko`proq ahamiyatga ega degan savolga javob berish qiyin, chunki 
"Deklaratsiya" "Hayot, Erkinlik va Baxtga intilish" bilan bog`liq jamiyatni 
barpo qilishga chaqirib tursa, "Xalqlar boyligi..." asari bu jamiyat qanday 
ishlashi va yashashi kerakligini tushuntirib berdi, demak, ikkala hujjat ham bir-
birini mantiqan to`ldirdi. 
Klassik maktab vakillari erkin bozor munosabatlariga katta ishonch 
bildirgan holda jamiyatning institutsional tarkibini takomillashtirishga ham 
alohida ahamiyat berganlar. 


196 
Smit erkin bozorning ijobiy tomonlari bilan birga uning ayrim 
nuqsonlarini ham ko`rsatib berdi. "Ko`rinmas qo`l" har doim ham bekamu ko`st 
ishlay olmaydi, masalan, bozor tizimi ("Ko`rinmas qo`l") jamiyatga umumiy 
holda sotiladigan va sotib olinishi mumkin bo`lmagan milliy xavfsizlik yoki 
qonuniylik jamiyat osoyishtaligi va barqarorligini ta'minlab berishga qodir 
emas. Bunday imkoniyatlar davlat tomonidan yaratilishi va berilishi kerak. 
Undan tashqari bozor jamiyatning axloqiy va estetik mezonlariga har doim ham 
javob beravermaydi, bozor ishlab chiqarish uchun foydali va qulay, ammo 
iste'molchi uchun ziyon keltiradigan tovarlarni taklif etishi mumkin. Shu bilan 
birga bozor tizimi jamiyatning talab-ehtiyojlarini doimo qondiruvchi buyuk 
vosita ekanligi ochib berildi. Undan tashqari bu tizim o`zini-o`zi tartibga 
soluvchi mexanizmga ega. Bu yerda buyuk bir paradoks, ya'ni jumboqqa duch 
kelamiz. Bozor iqtisodiy erkinlikning eng oliy timsoli bo`lgani holda 
iqtisodiyotning eng qat'iy nazoratchisi hamdir. Masalan, qayerdadir baho, ish 
haqi yoki foyda ma'lum mo’tadil darajadan oshib ketsa, raqobat kuchi ularni 
siqib chiqaradi yoki boshqacha qilib aytganda, qiroldan iltifot yoki marhamat 
so`rash mumkin, ammo bozor shafqatsizdir. 
"Tabiiy erkinlik" bozor tabiiy rivojlanish asosida tobora o`sib boradi, 
bunda xalqning farovonligi doimo yuksaladi. Bu o`sishning asosi nima? Buning 
bosh sababi rag`batlantiruvchi kuchlardir, har kimning o`z sharoitini 
yaxshilashga intilishi, foyda ketidan quvish, "pul qilish istagi" pirovard natijada 
har bir ishlab chiqaruvchi o`z kapitalini, korxona boyligini doimo oshirishga 
intiladi, bu esa har bir ishlab chiqaruvchini ko`proq foyda olish ilinjida 
tovarlarni sotish imkoniyatlarini izlashga majbur qiladi. 
Hozirgi davrda klassik maktab asosida neoklassik (yangi klassik) 
qarashlar mavjud bo`lib, o`sha davrdagi asosiy g`oyalar saqlangan holda 
ularning ayrim tomonlari zamonga mos ravishda to`ldiriladi (bu haqda keyinroq 
gapiriladi).
XULOSA 
XVIII asr oxiri va ayniqsa XIX asr o`rtalarida klassik iqtisodiy 
maktabga muqobil iqtisodiy g`oyalar paydo bo`la boshladi va hozirgacha 
davom etmoqda. Bunday bo`lishining birinchi sababi dialektik rivojlanish 
bo`lsa, ikkinchidan klassik maktab g`oyalari ham, ya'ni bozor iqtisodiyoti 
tamoyillarining bekamu ko`st emasligida, shart-sharoitga qarab u yoki bu 
tamoyilning amaliy ta'siri har xil bo`lishidadir. 
Ayniqsa sanoat to`ntarilishi tufayli (sanoat o`sdi, ishlab chiqarish rivoj 
topdi, mamlakat boyligi ortdi, ammo barchaning iqtisodiy farovonligi har xil 
bo`lib, sinfiy differensiatsiya kuchaydi) kutilgan natijalarga erishilmadi, 
iqtisodiy inqirozlar, noroziliklar kuchaydi. Shular tufayli klassik maktabni 


197 
taftish qilish, iqtisodiyotning ayrim unsurlarinigina olib, barcha jarayonlarni 
tushuntirishga intilish boshlandi, sinflarning manfaatlarini ko`r-ko`rona himoya 
qilish (apologetika) ro`y berdi). Iqtisodiyotda yangi tushunchalar kiritildi
qiymat, qimmat, foydalilik bilan almashtiriladi, boshladi qiymatning mehnat 
nazariyasiga hujum boshlandi. 
Shu davrdagi iqtisodchilarda birinchi navbatda sinflar o`rtasidagi 
iqtisodiy mulkiy munosabatlar katta qiziqish uygotdi. Ular turli yo`llar bilan 
sinflar, mehnat va kapital o`rtasida hech qanday antagonizm yo`q, "iqtisodiy 
uyg`unlik" mavjud degan g`oyani isbotlashga urindilar. Oqibatda har qanday 
ekspluatatsiya inkor etildi, ish soatlarining uzunligi "isbotlab berildi" ("so`nggi 
soat" nazariyasi). Kapitalist o`z kapitali bilan ishlab chiqarishga yo`l ochadi va 
qonuniy foydasini, ishchi - ish haqini, yer egasi - rentani to`g`ri oladi, ular 
o`rtasida hech qanday kelishmovchilik, anglashilmovchilik yo`q degan g`oya 
ilgari suriladi. "Manfaatlar uyg`unligi", "Kompensatsiya nazariyasi" va 
boshqalar shular jumlasiga kiradi. 
Ayrim olimlar bo`layotgan qiyinchiliklarga aholining o`zi aybdor, 
chunki uning ko`payishi tez, tirikchilik vositalari esa sekin o`sishi tabiiy bir hol, 
deydilar (Maltusning "Nufuz nazariyasi"). Bu fikr boshqa g`oya - "tuproq 
unumdorligining pasayib borishi" nazariyasiga olib keldi. O`z g`oyalariga 
teskari "uchinchi shaxslar" nazariyasi vujudga keldi, ishlab chiqarmaydigan 
sinflar ravnaq asosi qilib ko`rsatiladi. 
Ko`pchilik olimlar proteksionizmni inkor etib, fritrederlikni taklif 
etishsa (Sey, Mill, Bastia), ba'zan unga butunlay teskari fikr ham bildiriladi 
(Keri). Kapitalizmning bekamu ko`stligi haqida ko`p kayg`uriladi, vaholanki bu 
illatlar shundoqqina ko`rinib turibdi. 
Shu davrda iqtisodiyotda matematik usullar ishlab chiqildi (Kurno, 
Tyunen), bu usullar ayniqsa hozirgi davr iqtisodiyotida yetakchi rol 
o`ynamoqda. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling