Iqtisodiy ta'limotlar


Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug`bek davridagi iqtisodiy islohotlar


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

4.2. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug`bek davridagi iqtisodiy islohotlar 
A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug`bek 
(1394-1449) 
podsholigi 
(1409-1449) 
davrida 
iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa, qo`shni 
mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o`sdi. Bu 
Movarounnahrda 
(arabcha 
"daryo 
ortidagi" 
(mamlakat) degani) 1428 yilda Ulug`bek tomonidan 
o`tkazilgan pul islohoti bilan bog`liqdir. Jamiyatda 
pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning 
qadr-qimmatini oshirish uchun harakat qilingan. O`sha 
davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar yengil 
vaznda bo`lib, savdo rivojiga to`siqlik qilgan.
Ulug`bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada 
yurgan barcha chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga 
almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo`lgan talabini qondirish 
uchun u bir vaqtning o`zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, 
Ulug`bek


78 
Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir 
xil vazndagi salmoqli fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski 
chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis 
pullar 
zarbini 
markazlashtirish 
maqsadida 
boshqa 
shaharlardagi 
zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt 
Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida "fulusi adliya", ya'ni 
adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar 
mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, 
davlatning ichki savdosini naqdina bilan to`la ta'minlay boshladi. Ichki 
chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va 
qiymatini oshirish bilan hal etilishi o`rta asrlar sharoitida nodir va 
favqulodda voqea bo`lsada, har holda Ulug`bekning bunday islohoti 
mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana savdosi uchun 
keng yo`l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni 
oshirish maqsadida "tamg`a" boji ham birmuncha oshirildi, ya'ni hozirgi til 
bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan foydalanildi. 
Ulug`bek (1394-1449) tarixda ko`proq davlat arbobi sifatida emas, 
bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Uning dong`i 
dunyoga ketgan, astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu yerda 
biz 
Ulug`bekning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
faoliyatiga 
alohida 
e'tibor 
bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida 
qunt 
qilinadi, 
busiz 
rivojlanish 
bo`lmasligini 
hokimlar 
yaxshi 
tushunishgan. Sug`orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg`ot, navo, 
chig`ir, charxpalak, qaynama, sharshara, osma ko`prik, handoq, tazar va 
sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi. 
O`sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan 
chambarchas bog`liqligi yaxshi ma'lum edi. Soliq yig`imi qancha yuqori 
bo`lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning 
pastligi aholi uchun qulay bo`lgani bilan, davlatning boshqaruv, mudofaa 
va boshqa maqsadlariga doimo to`g`ri kelavermaydi. Shularni yaxshi 
tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha me'yorida saqlash va uni 
yig`ishning ma'lum adolatli usullarini qo`llanganlar. Masalan,Ulug`bek 
hukmronligi davrida g`alla g`aram qilinmasdan avval soliq to`plash 
qat'iyan man' etilgan, chunki dehqon hosil yig`ib olgachgina real soliq 
to`lash imkoniga ega bo`ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili 
pishishiga qarab bo`lingan: 
1) saraton (iyun-iyul); 
2) sumbula mezon(avgust va sentabr); 
3) qavs(noyabr). 


79 
Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig`ish paytida soliqchilar 
dehqon, chorvador yoki bog`bonga nisbatan zug`um o`tkazmasligi, 
jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush janjalgacha olib bormasligi 
zarur qilib qo`yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo`lgan 
daxlsizligi ta'minlangan. 
Umuman, soliq bo`yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan 
kishonlab, ularga nisbatan qattiq choralar ko`rishga soliqchilarning haqqi 
yo`q edi. 
Soliq miqdori va to`lov tartibini buzmaslikka, suiiste'mollikning 
oldini olishga harakat qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim ma'murlar 
jazoga tortilgani ma'lum. 
Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, 
Hindiston, Tibet va boshqa ko`pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib 
borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini 
alohida ta'kidlab o`tish kerak. Elchilar "Buyuk ipak yo`li" xafvsizligini 
ta'minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar. 
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va 
savdoning 
rivojlanishi, 
tovar-pul 
munosabatlari, 
milliy 
valuta 
mustahkamligiga bevosita bog`liq. Ma'lumki, pulning uchta asosiy vazifasi 
mavjud:1) qiymat o`lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg`arma vositasi. 
Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo`lmasa, iqtisodiyot 
posongisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga olib, vaqti-vaqti bilan pul 
islohotlari o`tkazib turiladi. 1428 yili Ulug`bek tomonidan o`tkazilgan 
islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo`ldi. Muomaladagi fulusiy pullar 
almashtirildi.
Ulug`bek davridagi islohotlar tovar pul munosabatlari rivojiga 
muhim hissa qo`shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling