Iqtisodiy ta'limotlar
Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyati
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
4.3. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyati
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ham iqtisodiy g`oyalar muhim o`rinni egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida ayniqsa tijorat, savdo masalalari ancha mukammal yoritilgan. A.Navoiy asarlarida savdogarlik ishi ma'qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi qattiq tanqid qilinadi. A.Navoiy davlat arbobi sifatida mamlakatni tinch saqlash, obodonlashtirish ishiga katta hissa qo`shdi. U tirikligida mingta inshoot qurishga va'da bergan va va'dasining ustidan chiqqan, ko`pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko`prik, rabot va boshqalarni o`z hisobidan 80 qurdirgan. Mehnatning inson va jamiyatdagi o`rniga, do`stlikka yuksak baho bergan. Alisher Navoiy (1441-1501) shoir va davlatning yetakchi vaziri sifatida nom qozongan. Navoiyning mana bu sifatlari uning ijtimoiy- iqtisodiy, falsafiy qarashlarida yaqqol ko`zga tashlanadi. Navoiy o`z davrining progressiv kishisi sifatida gumanistik va vatanparvarlik mafkurasi ramkasidan otilib chiqdi. U o`z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini barkamollashtirish uchun kishilarda gumanistik vatan-parvarlik xislatlarini uyg`otish kerak ekanligini erta tushunib yetdi. Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari - bu 1469 yilda Husayn Boyqaroning taxtga kelishiga bag`ishlangan "Hiloliya" asaridir. Husayn Boyqaroning taxtga kelishini Navoiy zulmat qorong`uligini yoritadigan "hilol", ya'ni uch kunlik oy bilan tenglashtiradi. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy qudrati mustahkamlanishiga, aholining ijtimoiy, moddiy ahvoli yaxshilanishiga, feodal urushlarga barham berilishiga, mamlakatda tinchlik o`rnatilishiga ishongan. Navoiy Husayn Boyqaroni shohlar shohi deb maqtaydi. Lekin Navoiy, maqtash bilan birga muhim ijtimoiy-iqtisodiy fikrlarni ham ilgari suradi. Hukmdorni maqtash Navoiy tomonidan qo`llanilgan taktik bir usul edi. Uning asosiy strategik maqsadi esa mamlakatning iqtisodiy-siyosiy ahvolini yaxshilashga, yagona markazga, markazlashgan, qudratli davlat barpo qilishga qaratilgan edi. Navoiy Husayn Boyqaroning taxtga kelishidan mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy, sotsial-siyosiy va madaniy-oqartuv sohalarida yuksak o`zgarishlar amalga oshirilishiga katta umid bog`laydi. Navoiy shaxsning tarixdagi roliga katta e'tibor berib, mamlakat iqtisodiy ahvoli shu mamlakat hukmdorining aql-idroki va qobiliyatiga bog`liq deb hisoblaydi. Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa, iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, u boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo`ladi, agar teskarisi bo`lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo`ladi, deydi. Navoiy boshsiz tana bo`lmaganidek, podshosiz davlat ham bo`lmaydi deb tarixda realist sifatida nom qoldirdi. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling