Iqtisodiy ta'limotlar
Mehnat unumdorligi to`g`risidagi ta'limot
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
Mehnat unumdorligi to`g`risidagi ta'limot.
Mehnat unumdorligi - bu qayta ishlanayotgan material qiymatining oshuviga olib keladigan mehnatdir. Smitda bu masala ancha mukammal tahlil etilgan. Fiziokratlarda qiymatning manbayi u yoki bu konkret mehnat shakllari emas, qaysi sohada bo`lishining farqi yo`q, balki umuman mehnat ekanligini ko`rsatib berdi. Smitning fikricha, qiymat va foyda umumiy ijtimoiy mehnat bilan yaratiladi. Avvalo kapitalga almashuvni, ya'ni foyda yaratuvchi mehnat unumli deb e'lon qilinadi, maqsadidan qat'iy nazar odamlarning boshqa turdagi faoliyati unumsiz mehnat harajatlari deb aytiladi. Unumli va unumsiz mehnatning farqi shundaki, birinchisi kapitalga almashsa, ikkinchisi daromadga almashtiriladi. Bu tushunchadan boshqa fikr ham kelib chiqadi. Mehnat metafizik ravishda qaralib, tarixiy bo`lmagan hamma davrlarga xos kategoriya deb tushuniladi. Moddiy bo`lmagan ishlab chiqarishning hammasi unumsiz mehnat deb qaraladi, masalan, xizmat sohalari. Unga davlat chinovniklari, armiya, flot, shuningdek, ruhoniy, huquqshunos, vrach, yozuvchi, har xil 168 aktyorlar va boshqalar shu guruhga bevosita ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan toifa vakillari qo`shiladi. Demak, tovarda o`z aksini topgan mehnat unumli, xizmat sohalari unumsiz mehnat bo`lib chiqadi. Smitning tasdiqlashicha, davlat daromadining deyarli hammasi unumsiz elementlarni ta'minlash uchun sarf bo`ladi (bu gapda jon bor), shu sababli jamiyatda bunday guruhlar imkon boricha kam bo`lish kerak, deydi u. Kapital va takror ishlab chiqarish nazariyalari. A.Smitning kapital va takror ishlab chiqarish to`g`risidagi nazariyasida ancha katta ziddiyatlar mavjud. U ba'zida kapitalga to`g`ri baho berib, kapital yollanma mehnatni ekspluatatsiya qilish tufayli foyda keltiruvchi qiymat, deydi. Boshqa hollarda masalaga tarixdan tashqarida turib qaraladi va kapital bu ishlab chiqarish vositalari zahirasi (zapasi) bo`lib, ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun kerakli deyilgan. Fiziokratlar faqat qishloq xo`jaligida ishlatiladigan kapitalni unumli deb atagan bo`lsalar, Smit sanoat kapitalini ham unumli deb uqtiradi (bu uning progressiv tomoni). U savdo kapitali ham unumli deb hisoblaydi, chunki u sanoat kapitaldan ajralib qolgan emas, balki moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qo`shimcha qiymat - savdo foydasining manbayi. Oddiy tovar xo`jaligida kapital kategoriyasi yo`q. Kapital jamg`arish jamiyat boyligini oshirishning bosh sharti deb e'lon qilinadi. Unda asosiy rol tejamkorlikka qaratiladi, noo`rin sarf-harajatlar tanqid qilinadi, kapitalni isrof qilish, ya'ni buromadning daromaddan ortiqcha bo`lishiga qarshi bo`lgan (bu g`oyalar hozirda ham nihoyatda dolzarbdir). Kapitalistlar tomonidan yollanma ishchilarning qo`shimcha mehnat natijalarini o`ziniki qilib olish ijtimoiy xodisa bo`lib, ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida fond yaratish uchun zarur deb hisoblanadi. Kapitalning jamg`arilishi doim va cheksiz ro`y beradi, bu jamiyat uchun foydali ish deb baholanadi (bu investitsiyalar uchun asos bo`lib xizmat qiladi). Smitning kapital ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zahira kerak ekanligi to`g`risidagi qoidasi asosiy va aylanma kapital haqidagi tushunchaning boshi edi, bu atamalarni ham u kiritgan. Fiziokratlar (F.Kenye) boshlang`ich va yillik avans (bo`nak) tushunchalarini dehqonchilik kapitaliga qo`llagan bo`lsalar, Smit asosiy va aylanma kapitalni sohasidan qat'iy nazar barcha amaldagi kapitalga xos deb tushuntiradi. Ammo u aylanma kapital deganda tovar va pul kapitalini xato tushungan (bu muomala sohasiga xos kapital). Bu kapitalni hosil qiluvchi 169 moddiy elementlarga sotuvchilar qo`lidagi oziq-ovqat, materiallar va tayyor buyumlar hamda ko`rsatilgan taqsimlash va muomalaga kiritish uchun kerak bo`lgan pullar ham kirgan. Uning fikricha, aylanma kapital doimo muomalada bo`lishi kerak. Savdo-sanoat maqsadlari uchun mo`ljallangan mashina va mehnat qurollari, yerni yaxshilash (tozalash, drenaj qilish, o`g`itlash va boshqalar) uchun ajratilgan narsalar jamiyat barcha a'zolarining o`zlashtirgan va foydali qobiliyatlari asosiy kapitalga tegishli deb hisoblangan. Shunday qilib, Pettidan keyin Smit ham asosiy kapitalga xodimlarning mehnat malakasi va qobiliyatini qo`shdi. Bu masalani ancha chigallashtirdi, chunki malaka va qobiliyat kapital deb e'lon qilindi. Uning egasi esa foyda oluvchi bo`lib qoladi (ishchi har doim ham foyda egasi bo`la olmaydi, uni kapitalist yoki yer egasi oladi). Asosiy S va aylanma Y kapitalni solishtirib, ular o`rtasidagi farq shundaki, deydi Smit, birinchi S bir egadan ikkinchisiga o`tmay va yana aylanmay foyda keltiradi, ikkinchi Y esa egasi qo`lidan bir shaklda ketib, boshqa shaklda qaytib keladi va foyda keltiradi. Shunday qilib, asosiy kapital umuman aylanmaydi, aylanma (oborot) kapital esa doimo muomalada bo`ladi. Haqiqatda asosiy va aylanma kapital ishlab chiqarish kapitalining ikki ko`rinishidir. Ular bir-birlaridan qiymatlarining aylanish usullari bilan farq qiladi. Asosiy kapitalning qiymati konkret mehnat bilan bo`laklar bo`yicha ishlab chiqaruvchi tovarga ko`chiriladi, aylanma kapitalning qiymati esa to`laligicha shu tovarga o`tadi. Ijtimoiy kapitalni doimiy va o`zgaruvchan kapitalga bo`lish masalasi Smitga noma'lum bo`lib qolaverdi. A.Smit kapital jamg`arishga katta ahamiyat berdi, talon-torojlik jamiyat dushmani, tejamkorlik jamiyat homiysidir, deb e'lon qildi. Ammo u kapital jamg`arilishini ishchilar tomonidan oddiy iste'mol qilish sifatida ifodalaydi, qo`shimcha qiymatning kapitallashuvini esa faqat o`zgaruvchi kapitalga aylanish deb tushundi. Individual kapital doimiy va o`zgaruvchan qismlarga bo`lingan. Ammo u ijtimoiy kapitalni butunlay o`zgaruvchan kapitaldan iborat deb xato o`ylagan, ya'ni kapitalning unumli mehnatni ta'minlash uchun ketadigan qismiga tenglashtirgan. Smit shunday fikr yuritadi: kapitalistning tejamkorligi unumli xizmatchilarni ta'minlash uchun mo`ljallangan fondni ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida xizmatchilar sonini oshiradi, ular o`z mehnati bilan yaratgan tovarlar qiymatini oshiradi, undan so`ng qo`shimcha mehnat harakatga keladi, oqibatda yillik mahsulotga qo`shimcha qiymat qo`shiladi. 170 Smitning butun ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish nazariyasi uning qiymat nazariyasiga asoslangan. U ijtimoiy mahsulot qiymatining tarkibiy qismlari to`g`risida xato ta'limot yaratdi. Olimlar buni "Smit dogmasi" deb ataydilar. Smitning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulotning qiymati ish haqi, foyda va renta yig`indisiga teng, ya'ni daromadlar summasidir. Ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnat bilan birga ishlab chiqarish vositalari ham qo`llanilishini tushungan holda, Smit shunga qaramay ishlab chiqarish vositalari qiymatini oxir-oqibatda ish haqi, foyda va renta kabi daromadlarga bo`lish mumkin, deb o`yladi. Shunday qilib, u yalpi ijtimoiy mahsulot "qiymati"dan doimiy kapital S ni chiqarib tashlagan. qiymatdan uning tarkibiy qismi bo`lgan doimiy kapitalni inkor etish takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish imkonini yo`qqa chiqaradi. Har yili ishlab chiqarilgan mahsulot go`yo har yili to`la iste'mol qilingan bo`lib chiqadi. O`z-o`zidan ravshanki, bunday sharoitda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish emas, hatto oddiy ishlab chiqarish mumkin bo`lmay qoladi (doimiy kapital S ko`p yillar ish beradi). Smit takror ishlab chiqarish muammosini yechish uchun yo`l qidirib, o`z nazariyasiga yalpi va sof daromad o`rtasidagi farqni kiritadi. Muayyan mamlakatning yillik barcha mahsuloti yalpi daromad bo`lsa, sof daromad yalpi daromadning shunday bir qismiki, uni shu mamlakat aholisi o`z kapitalini sarflamay iste'mol zahirasiga qo`yishi mumkin. Smitning xatosi shuki, u yillik mahsulot qiymatini shu yili yangidan hosil qilingan qiymat bilan aynan bir deb o`ylagan (milliy daromad). Lekin yangidan hosil qilingan qiymat daromadlarga ajraladi, yillik mahsulot qiymati ishlatilgan ishlab chiqarish vositalari qiymati, ya'ni doimiy kapitalni ham o`z ichiga oladi. Bu xatolik Smitning qiymat to`g`risidagi ta'limotining kamchiligi va cheklanganligidan kelib chiqqan. Umuman, bu yerda gap kengaytirilgan emas, balki oddiy tarkor ishlab chiqarish to`g`risida fikr yuritiladi. Smit mehnatning ikkiyoqlama xarakterini tushunmasdan, abstrakt mehnat yangi qiymat hosil qilishini, aniq mehnat esa ishlab chiqarish vositalari qiymatini yangi yaratilgan mahsulotga o`tkazishini ko`rsata olmadi. Ijtimoiy mahsulot qiymatidan doimiy kapital qiymatini yo`qotib qo`ygan Smit kapital jamg`arilishini butun qo`shimcha qiymatning qo`shimcha ish haqiga aylanishi bilan teng degan xato xulosa chiqardi. U o`ylardiki, kapitalistik ishlab chiqarish rivoji bilan ishchilar va ularning iste'moliga talab ham bir xil sur'atda oshadi, chunki daromad va shaxsiy iste'mol ishlab chiqarish bilan parallel o`sadi (bir qancha mamlakatlarda shunday bo`lmoqda). 171 A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni asoslashga katta e'tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik ta'minlashni, davlatning iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab qilardi. Ammo mamlakatning mudofaa manfaatlari iqtisodiyotdan ustun ham bo`lishi mumkin degan fikri ham bor, ya'ni bu ba'zi paytlarda davlatning iqtisodga aralashuvi zarur deganidir. Smit iqtisodiyotda davlat sektorining samarasizligini ko`rsatib, "hukumat har doim va istisnosiz buyuk isrofgarchidir" deydi. Shu sababli davlatning faqat uch funksiyasi tan olinadi: 1) huquq-tartibot; 2)mamlakat xavfsizligini ta'minlash; 3)jamiyatga zarur bo`lgan (ammo xususiy sektor tomonidan tuzilmagan) ijtimoiy korxona va muassasalarni t'minlash. Umuman to`g`ri bo`lgan bu fikrlar, ya'ni davlatning iqtisodiyotga aralishish chegaralari keyingi paytda qayta ko`rib chiqilmoqda. U sex tartib-qoidalari, eskirgan qonunlar, korporatsiyalar va savdo monopoliyalari imtiyozlariga qarshi chiqdi, ya'ni hamma uchun bir xil imkoniyatni yoqladi. Xodisalarning stixiyali borishini va raqobatni har qanday cheklash iqtisodiy rivojlanishni albatta sekinlashtiradi. Ammo Smit davlatning ayrim funksiyalarini ijobiy baholadi, masalan, mamlakat ichki tartibini saqlash, tashqi harbiy xavf-xatardan asrashni xo`jalik rivojining zaruriy shartlari deb hisobladi. Davlat moliyaviy faoliyatiga alohida ahamiyat berilgan. Smit o`z asarining beshinchi, oxirgi kitobini davlat budjeti va davlat qarzlariga bag`ishlagan. U faqat butun jamiyat manfaatlariga mos keladigan davlat xarajatlarinigina qo`llab-quvvatladi, "arzon davlat" tezisini ilgari surdi. Smit zamonaviy davlatning soliq siyosatining nazariy asoslarini yaratdi. Soliqlar fuqarolarning kuchi va imkoniyatiga mos kelishi, ishga yaroqli har bir kishiga alohida belgilanishi kerak, soliq imkoni boricha arzon, uning shakli va olinish vaqti esa to`lovchi manfaatiga mos kelishi zarur (shu g`oyalarga to`la amal qilayotgan davlatlar rivoj topayotir). Sanoatchilar manfaatlarini himoya qilgan olim lendlordlar, ya'ni yirik yer egalariga belgilangan soliq immunitetiga (imtiyozga) qarshi chiqdi. Yer rentasi davlat solig`i qo`yiladigan eng qulay obyektdir. Smit foydadan olinadigan soliq samarasiz degan xulosa chiqardi. Korxona egasi foydani saqlash uchun o`z mahsulotiga yuqori baho qo`yish bilan soliq og`irligini iste'molchi ustiga yuklaydi. U ish haqidan olinadigan soliq ham mahsulotga loyiq emas deb hisoblaydi. Bu soliqni ham korxona egasi to`laydi, chunki tirikchilik minimumini ta'minlashi kerak. Smit merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi proteksionizmga (davlat tomonidan cheklashlar, soliq, bojxona va boshqalar), tashqi 172 savdodagi har qanday cheklashlarga qarshi edi. Olimning siyosati feodalizm qoldiqlariga katta zarba bo`ldi. Olimlar Smitga baho berib, "ilg`or burjuaziyaning buyuk mafkurachisi" degan edilar. Lekin u aslida bozor iqtisodiyotining mafkurachisi sifatida nom chiqardi. Smit nochor ahvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun quyidagi uch omilni ko`rsatib bergan edi: 1) mamlakatda tinchlik, osoyishtalik bo`lishi va saqlanishi; 2) me'yordagi yengil soliqlar tizimi; 3) davlat iqtisodiyot ishlariga hadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga oshaveradi. Bu qoidalar bizning mamlakat xo`jaligiga ham bevosita oid fikrlar hisoblanadi. A.Smitning tadqiqotlari yakunida ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni aks ettirilgan, ammo u F.Kenyedan farqli ravishda buni alohida chizma - "Iqtisodiy jadval" shaklida bermaydi, lekin uning shaklini og`zaki, so`zma-so`z ifodalaydi, shunga asoslanib bu sxemani chizib ko`rsatish va ikkalasini solishtirish imkoniyati paydo bo`ladi (8.1- chizmaga qarang). Chizmadan shuni ko`rish mumkinki, F.Kenyeda oddiy takror ishlab chiqarish jarayoni aks etgan bo`lsa, A.Smitda oddiy (xususiy) hol va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonlari mavjud. A.Smit erkin savdo (ing. "free trade") konsepsiyasini ilgari surdi (Fritrederlik). Xalqaro tashqi savdoda qaysi mahsulotlarni chiqarish (ek- sport) va keltirish (import) masalasi qo`yiladi. Agar biror bir davlat bizni biz ishlab chiqara oladiganga qaraganda nisbatan arzonroq tovar bilan ta'minlay olsa, uni sotib olish ancha qulayroqdir, uning o`rniga ba'zi so- halardagi afzallikka ega bo`lgan tovarni chiqarish yaxshi natija beradi. Bu holat A.Smitning mutlaq afzallik tamoyili asosida yotadi. Bunda tabiiy sharoit, iqlim, yer-suv, qazilma boyliklar ko`zda tutiladi. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling