Iqtisodiy ta'limotlar


Asosiy tushuncha va iboralar


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

Asosiy tushuncha va iboralar 
A.Smit; "Xalqlar boyligi"; mehnat taqsimoti; "iqtisodiy odam"; 
egoizm; "ko`rinmas qo`l"; "muomalaning buyuk g`ildiragi"; qiymatning 
mehnat nazariyasi; sinflar; ishlab chiqarish omillari va daromadlar 
to`g`risidagi nazariya; unumli va unumsiz mehnat; milliy boylik va Smit 


176 
dogmasi; iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari; mutlaq afzallik nazariya-
lar. 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.Klassik iqtisodiy maktabning Angliyada vujudga kelishi qanday 
ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarda ro`y berdi? 
2. Sanoat to`ntarilishi bilan bog`liq bo`lgan siyosiyijtimoiy va iqti-
sodiy o`zgarishlar nimalardan iborat? 
3. A.Smitning bosh iqtisodiy asari qachon yozib tugallandi va 
undagi asosiy iqtisodiy g`oyalar nima? Olimning tadqiqot metodologiyasi 
nimaga asoslanadi? 
4. Nima uchun A.Smit manufaktura ishlab chiqarishining mafku-
rachisi bo`lib qoldi? 
5. Mehnat taqsimotining ustunlik tomonlari nima va kamchiligi ni-
mada? 
6. A.Smitning pul, qiymat, daromadlar, ish haqi, kapital va takror 
ishlab chiqarish to`g`risidagi ta'limotlariga qisqacha izoh bering. 
7. "Smit dogmasi" nima? Uning kamchiligi nima? 
8. "lassez faire" va "ko`rinmas qo`l" tamoyillari nimani anglatadi? 
9. Xalq boyligi qanday omillarga bog`liq? 
10. Nochor ahvolga tushgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun nima 
qilmoq kerak? 
11. Mutlaq afzallik prinsipi nimadan iborat? 
Otang bozor, onang bozor.
Maqol. 
9-BOB. D.RIKARDO, J.B.SEY, T.MALTUS VA 
BOSHQALARNING IQTISODIY TA'LIMOTLARI (3-bosqich) 
9.1. D.Rikardoning iqtisodiy ta'limoti 
Ingliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyandasi David Rikar-
do (1772-1823) Petti va Smitning iqtisodiy g`oyalarini yanada rivojlantirdi. 
U Londonda sohibkor dallol yahudiy oilasida tug`ildi, 14 yoshidan otasiga 
yordamchi bo`ldi. Ikki yil Amsterdamda (Gollandiya) savdo maktabida
ta'lim oldi. Yoshligidayoq birjadagi qulay operatsiyalar 


177 
tufayli katta boylik to`pladi (1793-1812). 
Boyigach, tabiiy fanlar bilan, keyinchalik siyo-
siy iqtisod bilan shug`ullandi. U matematika, 
fizika, 
ximiya 
va 
biologiyani 
mustaqil 
o`rgandi. D.Rikardo dastlab birja dalloli, key-
inroq matematika o`qituvchisi bo`ldi, ikki mar-
ta sherif (politsiya boshlig`i) etib saylandi
1819-1823 yillarda Angliya parlamentining 
a'zosi edi. Parlament minbaridan o`zining 
ilg`or iqtisodiy fikrlarini tarqatish maqsadida 
foydalandi, 
erkin 
savdoni 
talab 
etdi, 
proteksionizm va pul muomalasi sohasidagi 
davlat siyosatini tanqid qildi. 
Tarixiy manbalarga qaraganda, D.Rikardo 1799 yilda kurortda 
A.Smitning "Xalqlar boyligi..." asarini ko`rib qoladi va unda bu fanga 
ishtiyoq paydo bo`ladi. Bu fan bilan mashg`ulot uning uchun asosiy sohaga 
aylanadi. U hammani qiziqtirgan eng asosiy muammolarga javob berishga 
harakat qildi. U jamiyat moddiy boyligi o`sishi uchun ijtimoiy ishlab 
chiqarish va taqsimotning qanday sharoitlari eng qulay va optimal degan 
masalaga to`xtaladi. D.Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosida pul 
muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi, 
xalqaro mehnat taqsimoti to`g`risida funadamental fikrlar berdi. Iqtisodchi 
J.S.Mill bilan do`stona munosabatda bo`lgan. 
Smitdan keyinroq yashagan D.Rikardo sanoat inqilobi natijalarini 
to`laroq tushundi, uning fikrlari nisbatan teran bo`lib, klassik iqtisodni 
nihoyasiga yetkazdi; u sanoat davrining iqtisodchisi edi. Uning dastlabki 
"Oltin ajdahosi to`g`risida uch xat" (1809 y.) va boshqa asarlari pul va pul 
muammolarini tahlil qilishga bag`ishlandi. Millning tazyiqi bilan 1817 
yilda uning asosiy asari bo`lgan "Siyosiy iqtisod va soliq solishning 
boshlanishi" chop etildi. 1824 yilda yozilgan "Milliy bank tuzishning 
rejasi" asari esa uning vafotidan keyin bosilib chiqdi. 
Rikardo umrining oxirgi 4 yilini Angliya parlamenti a'zosi sifatida 
o`ziniig iqtisodiy g`oyalarini amalga oshirish uchun sarfladi. Parlamentda 
"non qonunlari"ni bekor qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish, erkin savdo va 
erkin matbuot, yig`ilishlar erkinligini qo`llovchi nutqlar bilan chiqqan. 
1821 y. u tomondan siyosiy iqtisod klubi tashkil etilgan. 
Tadqiqot predmeti sifatida "daromadlar taqsimotini boshqaruvchi 
qonunlarini aniqlash"dan iboratidir. Ishlab chiqarish (moddiy ne'matlar) 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling