Iqtisodiy ta'limotlar
Asosiy tushuncha va iboralar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va mulohaza uchun savollar
- 10-BOB. JEYMS MILL, J.MAK-KULLOX VA BOSHQALARNING IqTISODIY FOYALARI (4-bosqich)
Asosiy tushuncha va iboralar
Rikardo; nisbiy afzallik prinsipi; diferensial renta; fritrederlik; Sey, "bozorlar qonuni", ishlab chiqarishning uch asosiy omili; foydalilik; Mal- tus; arifmetik va geometrik progressiya; "aholi nufuzi nazariyasi"; tuproq unumdorligi pasayishi qonuni; inqirozlar; senior; tiyilish; so`nggi soat naz- ariyalari; Bastiya, Keri; iqtisodiy uyg`unlik. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1.D.Rikardoning asosiy asaridagi iqtisodiy g`oyalar nimadan ibo- rat? 2.Nima uchun Rikardo fabrika davrining mafkurachisi deb hisobla- nadi. 3.Nisbiy afzallik prinsipi nimani anglatadi? 203 4."Proteksionizm" va "Fritrederlik" o`zaro nima bilan farq qiladi? 5.J.B.Seyning asosiy qonuni nimani bildiradi? Izohlab bering. 6.Sey fikricha inqirozlar bo`lishi mumkinmi? 7.T.Maltus "aholi nufuzi nazariyasi"dagi asosiy g`oya nima? 8."Tuproq unumdorligi pasayib borish qonuni" oqibatlari qanday bo`lishi mumkin? 9.Nima uchun "Uchinchi shaxslar nazariyasi" vujudga keldi? 10. Seniorning "tiyilish" va "so`nggi soat" nazariyalari mohiyatini ochib bering? 11.Bastma va Kerining iqtisodiy uyg`unlik g`oyalarida qanday umumiyliklar bor? Ko`rpangga qarab oyoq uzat. Maqol. 10-BOB. JEYMS MILL, J.MAK-KULLOX VA BOSHQALARNING IqTISODIY FOYALARI (4-bosqich) Angliyada klassik maktabni boshqa tarzda izohlovchilar orasida Jeyms Mill (1773-1836) muhim o`rinni egallaydi. Bu olimni Jon Stuart Mill o`g`li bilan adashtirib yubormaslik kerak, uning iqtisodiy g`oyalari ham quyida ko`riladi. "Rikardo maktabining tanazzuli, - deb yozgan edi K.Marks, - mana shu kimsadan boshlanadi". J.Mill qiymat, ish haqi va foydani o`ziga xos yo`l bilan talqin etdi. U ishchilarning ish haqini oshirish yo`lidagi iqtisodiy kurashi o`rinsizligini iqtisodiy jihatdan asoslamoqchi bo`ladi. J.Mill kapitalistning foydasi bilan yollanma ishchining maoshi o`rtasidagi qarama-qarshilikni rad etib, yer rentasini tanqid qilgan edi. U Rikardoning renta to`g`risidagi nazariyasini davom ettirib, yer rentasining davlat tomonidan qo`shib olinishi, ya'ni haqiqatda yerni milliylashtirish (natsionalizatsiya) qilinishini talab qilib chiqdi (Sovet davrini eslang). J.Mill o`zining "Siyosiy iqtisod elementlari" (1821) asarida qiymatning mehnat nazariyasiga butunlay qarshi chiqdi va qiymatning manbayi sifatida J.Mill 204 faqatgina jonli mehnatni emas, balki ishlab chiqarish vositalarida mavjud bo`lgan mehnatni ham hisobga olishni talab qildi. Bu xulosaga asoslanib kapitalistlar va yollanma ishchilar o`rtasidagi ekspluatatsiya inkor qilinib, ularni "teng tovar egalari" sifatida qabul qilishni taklif qildi, bu esa ularning har biri ishlab chiqarilgan mahsulotning o`ziga tegishli foyda ulushini olishining to`g`ri ekanligini isbotlashga asos bo`ldi. London dorilfununining siyosiy iqtisod professori Jon Ramsey Mak-Kullox (1789- 1864) ham klassik maktabning so`nggi nomoyondalaridan hisoblanadi. U "Siyosiy iqtisodning boshlanishi" (1825) kitobida qiymatning mehnat nazariyasini rasman tan olsa ham, ammo ishchigina emas, shamol ham, bug` ham, koks ham, mashina ham mehnat qiladi, degan g`oyani ilgari surdi. Bunga aosolanib u foyda qiymatning jamg`arilgan mehnat yoki kapital "ishi" tufayli yaratilgan qismidir, deb tushuntiradi. Merkantilistlar kabi u ham foyda ayirboshlash jarayonida vujudga keladi, deb da'vo qiladi. J.Mak-Kullox Maltusning "Aholi nufuzi" qonunini to`la quvvatladi. Agar avvalgi iqtisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga intilgan bo`lsalar, XIX asrning 30-50 yillarida iqtisodchilar o`rtasida klassik maktabdan ochiqdan-ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo`ldi. Bu davrda sanoat to`ntarilishi nihoyasiga yetdi, sinfiy differensiatsiya amalga oshdi. Sinfiy kurash keskinlashayotgan sharoitda (Angliyada chartizm, Fransiyada Lion to`quvchilarining qo`zg`oloni, 1848 yil inqilobi va boshqalar) hukmron sinflar uchun sotsialistlar tomonidan kapitalizmni tanqid qilish va ishchilarning ijtimoiy talablarini asoslab berish uchun ko`pincha foydalanadigan qiymatning mehnat nazariyasi, Rikardoning foyda, kapitalist va ishchilar ish haqining qarama-qarshiligi ta'limoti va boshqa g`oyalari katta xavf tug`dirar edi. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling