Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

P.J.Prudon


226 
ahloq, ijtimoiy adolat, etika va boshqa kategoriyalarni, shuningdek inson 
hayotining eng oliy ne'mati tenglik va tinchlikni asosiy deb hisoblash. 
Uchinchidan, ko`p yillar davomida yaratilgan ilmiy asarlarda 
iqtisodiy xodisalarga nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub qilib 
olinib, unga alohida e'tibor berildi. 
P.Prudon o`zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib 
chiqqan islohotchilik konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko`p 
masalalar xususidagi fikrlarni bayon etadi. mehnat taqsimoti, tovarning 
xususiyati, ish haqi, mulkchilik, daromad va takror ishlab chiqarish 
kabilarni ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o`zining eng muhim 
asarlaridan biri - "Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi...." da avvalgi mehnat 
taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan boylikning 
ko`payishiga 
imkon 
bersa, 
ikkinchi 
tomondan 
qashshoqlikka, 
kambag`allikka olib boradi. P.Prudonning mulohazalariga qaraganda, 
mehnat taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va 
zararli xususiyatla-rini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o`rinda 
ijtimoiy jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari 
yondashuv sezilib turadi. Prudon tovarning xususiyatini ham mana 
shunday pozitsiyalardan turib "tadqiq" qiladi. Uning fikricha, qiymatning 
abadiy g`oyasi mavjud, bu g`oya iste'mol qiymati talab va kamchilik bilan, 
ayirboshlash qiymati esa taklif va mo`l-ko`lchilik bilan belgilanadi. Talab 
bilan taklif o`rtasidagi kurashda tovarning qiymati yoki narxi belgilanadi. 
Nazariy jihatdan olganda bu haddan tashqari vulgar konstruksiyadir: 
qiymat ayirboshlashda vujudga keladi, u obyektiv asosdan mahrum. 
U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g`ayriilmiy 
pozitsiyalardan turib bayon etadi. Prudon ishchilarning ish haqini oshirish 
uchun kurashiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx-navoning yoppasiga 
ko`tarilishiga yoki muhtojlikning kuchayishiga olib borar emish. 
P.Prudon yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmini 
tushuna olmaydi. U kapital bilan mahsulotni aynan bir narsa deb talqin 
etib, butun kapitalning harakatini uning foiz keltiradigan qismi harakatidan 
iborat deb talqin etadi. Ssuda kapitalning harakatini Prudon qarz beruvchi 
bilan qarz oluvchi o`rtasidagi bitim deb hisobladi. U mahsulotning bir 
qismini kapitalist o`zlashtirib olishini ishlab chiqarish chiqimlari yoniga 
kapitaldan foydalanganlik uchun foiz qo`shish zarurligi bilan izohlaydi. 
Prudonning nazariy sistemasida foiz mehnatni ekspluatatsiya qilishning 
asosiy shakli tarzida namoyon bo`ladi. Shu bilan birga u protsent bilan 
yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmi o`rtasidagi o`zaro 
aloqani tushunmaydi. 


227 
P.Prudon "belgilangan qiymat" nazariyasini o`zining butun 
iqtisodiy negizi deb hisobladi. Bunda klassik maktabdan o`zib ketish 
pinhona istagigina emas, shu bilan birga ijtimoiy o`zgartirishlarning 
yo`llarini belgilash istagi ham namoyon bo`ldi. Tovar ishlab chiqarishini 
Prudon insoniy ozodlikning va har bir kishi shaxsiy mustaqilligining 
cho`qqisi deb biladi, mayda burjua nazariyotchisi bo`lgan Prudon bozor 
mexanizmining ba'zi bir salbiy jihatlarini: mollarning qalashib ketishini, 
nomunosiblikni, xonavayron bo`lish va shu kabilarni tan oladi. Prudon 
asosiy iqtisodiy ziddiyatlarni "qiymat"ning ichki ziddiyatlaridan: iste'mol 
va ayirboshlash qiymati g`oyalaridan iborat deb biladi. "Belgilangan yoki 
sun'iy" qiymat murosaga keltiruvchi timsol bo`lib ko`rinadi. Bunday 
qiymat ayirboshlashda vujudga keladi. U tovarning ijtimoiy boylik 
tarkibiga bemalol kirib borishini bildiradi. 
Binobarin tovar ishlab chiqarishining hamma qiyinchiliklarini 
bartaraf qilish uchun har bir tovarga yo belgilangan qiymat qo`yib qo`yish, 
yoki uning bozorda sotilishiga kafolat berish, tovar bilan pul o`rtasidagi 
ziddiyatni tugatish zarur. Prudon tilla bilan kumushni "belgilangan" 
qiymatga ega bo`lgan dastlabki tovarlar deb ataydi. 
P.Prudon daromad to`g`risidagi nazariyani siyosiy iqtisodda 
daromadning asosiy manbayi deb qabul qilingan mehnat, kapital va 
yerning mazmunini ko`rib chiqishdan boshlaydi. Uning fikricha, ishlab 
chiqarish jarayonining o`zi har uchchala elementning ishga tushurilishi 
natijasida yuz beradi. Lekin yer yoki kapital egasi o`zi hech narsa ishlab 
chiqarmasdan, o`z daromadini olishini va ayni vaqtda ishchi o`z mehnati 
natijasida hosil bo`lgan daromadining faqat kichkina bir qismini ish haqi 
sifatida olishni adolatsizlik deb baholaydi. P.Prudonning takror ishlab 
chiqarish nazariyasi uning daromadlar to`g`risidagi fikrlari asosida 
rivojlantiriladi. 
Takror ishlab chiqarish jarayoni olimning fikricha, hamjamiyatdagi 
ishlab chiqarish va iste'molning muvozanati asosida bo`ladi. Lekin 
amaliyotda mulkchilarning ishlamay qo`yganligi bu prinsipning buzilishiga 
va natijada J.B.Sey ko`rsatib o`tgan "iqtisodiy qonunni" ham buzilishi olib 
kelmoqda. 
P. Prudon ijtimoiy masalalarni hal qilishi zarur bo`lgan 
kapitalizmni isloh qilish loyihalarini o`zining ko`pgina asarlarida e'lon 
qiladi. Ushbu asarlarda ijtimoiy adolat konsepsiyasini asoslash bilan birga 
inqilobiy chiqishlar haqidagi har qanday fikrni inkor etadi. Olimning 
islohotchilik g`oyalarining ayrimlari S.Sismondi qarashlariga o`xshash 
bo`lib ular quyidagilarda o`z aksini topdi: 


228 
·"uchinchi shaxslar" ya'ni dehqonlar, xunarmandlar va mayda 
kustar ishlab chiqaruvchilarning jamiyatdagi o`rniga rahimdillik bilan 
hayrihohlik bildirish; 
·"mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarishni" iqtisodiyotdagi 
yetakchilik 
o`rnini 
e'tirof 
etish bilan 
ularning 
shart-sharoitlari, 
ta'limotlarida to`liq tenglikka erishish; 
·ijtimoiy adolat tamoyillariga mos ravishda jamiyat manfaatlaridan 
kelib chiqib ishlab chiqarish ishtirokchilariga teng daromad berish; 
·kapital va daromadlar bir kishi qo`li ostida konsentratsiya 
qilinishiga va ayniqsa mehnatni ekspluatatsiya qilishga yo`l qo`ymaslik. 
Bundan tashqari, faqat P.Prudon islohotchiligiga xos qo`yidagi 
g`oyalarni alohida ajratib ko`rsatishimiz mumkin: 
·pulni muomalada haraktini bekor qilib, uning o`rniga ishchi pullari 
banklarni muomalaga kiritish; 
·foizni yo`q qilish hisobiga foizsiz kreditlarni tashkil qilish; 
·xalq banklarini tashkil etish; 
·islohotlar amalga oshirish jarayonining xotimasi sifatida 
hukumatni bekor qilish. 
Islohotchilik konsepsiyalarida P.Prudon.Xalq bankiga katta umid 
bog`laydi. Uning banki sotsialist-rikardochilar taklif qilgan banklardan 3 
xil o`ziga xoslik bilan farq qilar edi: 
Birinchidan, undagi metall pullar dastlabki bonlar chiqarilishi 
sababli, pulga va tijorat voqealariga almashtirish yo`li bilan sekin-asta 
muomaladan chiqarilar edi.
Ikkinchidan, foizni birdaniga yo`q qilmasdan, balki yuqori qayd 
qilingan bosqichni amalga oshirishni 2%dan eng kam daraja-0,25% 
tushirish haqda sotilmagan tovarlarga oldindan ssuda berilishi.
Uchinchidan Xalq banki kapitalni o`ziga jalb qilmay yuzaga 
kelmasdan, balki aksincha, kapital bilan yuzaga keladi. 
P.Prudonning hukumatni bekor qilish g`oyasi islohotlarni amalga 
oshirish davrida sinflarning umumlashuvi va yagona mehnatkashlar, o`z 
mehnatini haqiqiy haqini oladigan sinfini yuzaga kelishi o`z navbatida 
hukumat faoliyatini keraksiz qilib qo`yadi (anarxizm g`oyasi). 
Prudon kapitalizmni isloh qilish loyihasida mayda tovar ishlab 
chiqaruvchining o`z moli sotilishiga kafolat olish, mayda do`kondorning 
foizsiz kreditning olish to`g`risidagi asriy orzusini, burjua ziyolisining 
kapitalizm sharoitida mutlaq mehnat erkinligi, qiymat qonuni asosida 
tenglik imkoniyati to`g`risidagi xomxayollarini ifodalagan edi. Prudonning 
"sotsializm"i tovar bilan pul o`rtasidagi aloqani soxtalashtirishga 


229 
asoslangan. Shu loyihaning muallifi xususiy ishlab chiqarishni tovarni 
saqlab qolishga, ammo pulni, ayirboshlashni, ayirboshlash qiymatini yo`q 
qilib tashlashga intilgan edi. 
Prudon va prudonizm o`z davrida ishchilar xarakatiga jiddiy hatar 
solganligi sababli proletar ta'limotining asoschilari Prudonning mayda 
ishlab chiqarish reformizmiga (islohotchiligiga) qarshi murosasiz 
kurashdilar. Uni proletariatga dushman va revolyusion harakatga halaqit 
beruvchi bir oqim deb fosh qildilar. Bu kurashni K.Marks XIX asrning 40-
yillari o`rtalaridayoq "Falsafa qashshoqligi" asarini tayyorlashdan boshladi 
va marksizm rivojining keyingi davrlarida ham shu kurash davom etdi. 
Prudon falsafada Gegeldan, siyosiy iqtisodda esa A.Smit bilan 
D.Rikardodan yuqori ko`tarila olmadi. Uning ijtimoiy dasturlarida 
mafkuraviy yo`nalishni fosh qilishda alohida vazifalar kelib chiqdi. 
Prudonizm mayda ishlab chiqarish muhitiga va uning puch xayollariga 
tayanib, uzluksiz ravishda o`zgarib boruvchi sharoitlarga moslashaverdi. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling