Iqtisodiy ta'limotlar


-BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

12-BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA 
MUQOBIL (AL'TERNATIV) FOYALAR 
12.1. X1X asrning birinchi yarmidagi xayoliy 
sotsializmning o`ziga xos xususiyatlari 
 
Xayoliy sotsialistik g`oyalarning dastlabki ko`rinishlarida, ya'ni 
Platon asarlaridan boshlab T.Mor va T.Kompanelli asarlarining barchasida 
xususiy mulk tanqid qilib kelindi. 


234 
Bu olimlar jamiyatni qayta tuzishni taklif qilib nisbatan adolatli, 
rivojlangan jamiyatni asoslab berishga intildilar. Lekin, bularning barchasi 
xayoliy sotsializm shakllanishi arafasidagi dastlabki g`oyalar edi, xolos. 
Xayoliy sotsializmning haqiqiy rivojlanish davri XIX asrning birinchi 
yarmiga to`g`ri keladi. Bu davrda G’arbiy Yevropa kapitalistik 
munosabatlar rivojlanib, sinfiy ziddiyatlar oshkor bo`ldi. Ayniqsa, klassik 
iqtisodiy maktab vakillarining asosiy asarlarining ta'siri ko`pgina 
maktablarga bo`lgani kabi xayoliy sotsialistlar qarashlariga ham jiddiy 
ta'sir o`tkazdi. Shuningdek, bu davrda sanoat to`ntarilishining yakunlanishi 
va Yevropa mamlakatlarida yuz bergan jiddiy iqtisodiy o`zgarishlar ham 
xayoliy sotsialistlar A.Sen-Simon, Sh.Furye va R.Ouenlar o`z asarlarida 
ko`rsatib, mavjud kapitalizmni ichki xususiyatlarini kengroq ochib 
berishga intildilar. Bu olimlar guruhi iqtisodiy fan rivojiga katta hissa 
qo`shib, ilk bor kapitalistik munosabatlar abadiy emasligini, unda iqtisodiy 
inqirozlar mavjud bo`lishini ko`rsatib berdilar. Shu jumladan ular ham 
klassiklar kabi texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ilmiy kashfiyotlar va 
jamiyat ishlab chiqarishini umumjahon rivojini iqtisodiy siyosatning asosiy 
maqsadi deb hisobladilar. Bundan tashqari, xayoliy sotsialistlar tabiiy tartib 
konsepsiyasiga amal qilib jamiyat va alohida olingan insonning ideal 
ijtimoiy tuzulishi modelini ilgari surdilar. 
Xayoliy - sotsialistlar klassik iqtisodiy maktab vakillaridan farq 
qilib, xususiy mulkchilikni va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini 
tanqid qiladilar, jamiyatning barcha a'zolariga baxt keltiradigan yangi 
jamiyat yuzaga keladi,deb ishchilarni ishontiradilar. Ular yangi jamiyat 
adolatli ijtimoiy tuzum loyihalarini bayon etib iste'mol va taqsimotni qayta 
tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan balki ishlab chiqarishni tubdan 
o`zgartirishni taklif qildilar. 
Shuningdek, ularning ijtimoiy adolatni targ`ib qilishga qaratilgan 
g`oyalari aynan adolatsizliklardan voz kechishi zarur degan fikrlari asosida 
nafaqat xayoliy balki bozor iqtisodiyotiga qarshi karash ko`rinishini oladi. 
Va nihoyat, XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan xayoliy sotsialistlar 
ta'limotlarida bozor iqtisodiyotiga muqobil qarashlari turlicha namoyon 
bo`ladi. Bu o`rinda ushbu maktab vakillarining birinchidan, individual 
(yakka) faoliyatni kollektiv mehnat faoliyati bilan almashtirish 
mexanizmini qanday izohlashlari bilan, ikkinchidan mehnatkashlarni 
jamoa tashkilotlariga birlashish tamoyillari xususiyatlarini qay tarzda 
tushuntirishlarida o`z aksini topadi.
Bu shart-sharoitga e'tibor berib Sh.Jid va Sh.Rist o`z asarlarida 
quyidagicha yozishadi: "Sen-Simon va uning izdoshlari haqiqiy 


235 
kollktivizm tarafdorlari bo`lib, ular jamoat tashkilotlariga millatning 
hamma a'zolarini kirgizishga harakat qildilar va bunday birlashuvni 
tepadan boshlashni taklif qiladilar, ya'ni milliylashtirish va boshqa 
jarayonlarni endi siyosiy xokimiyat o`z qo`liga oladi. 
R.Ouen va Sh.Furye hamda ularning izdoshlari "Sotsialist-
assotsiatsiyachilar" bo`lib, Sen-Simonchilardan farqli o`laroq indivit to`da 
(massa) ichida yo`qolib ketmasligini istatadi. Ularni mayda avtonom 
guruhlar yordamida saqlab qolishni taklif qilib, birlashuv jarayonini 
yuqoridan emas balki quyidan borishini maqsadga muofiq deb 
hisoblaydilar". (Ш.Жид, Ш.Рист “История экономических учения”. М., 
Экономика,1995.Стр.170)
Nihoyat, xayoliy sotsializm nomoyondolari o`zlarining benuqson 
ijtimoiy tuzumlarni turlicha: Sen-Simon industrializm, Furye garmoniya, 
Ouen esa kommunizm deb atadilar. Lekin ularning barchasi ekspluatatsi-
yaning yo`q bo`lishi, aqliy va jismoniy mehnat o`rtasidagi qarama-
qarshilikning bartaraf etilishi hamda xususiy mulkning yo`q bo`lishi 
to`g`risidagi fikrlarni bir xil takrorladilar. XVIII - asrning oxiri XIX - 
asrning boshlarida G’arbiy Yevropada ishlab chiqarishning hukmron shakli 
manufaktura bo`lib, fabrika ishlab chiqarishi endigina shakllanayotgan edi. 
Kapitalizmning moddiy sharoitlari va ishchilarning jamiyatning asosiy sin-
fi sifatida shakllanishi dastlabki bosqichlarda edi. 
Xayoliy sotsialistlar ijtimoiy adolatli jamiyatga o`tish yo`llarini 
aniq ko`rsata olmadilar, lekin ular sinfiy manfaatlar qarama-qarshiligini 
ta'kidlab o`tdilar. Ular ishchilar sinfiga ezilgan jabrlanuvchi sinf sifatida 
qarab, asosiy e'tiborni ongni rivojlantirishga, o`z g`oyalarini tashviqot qilib 
kommunalar, "falansterlar" orqali hayotga tadbiq etishga qaratdilar. 
Mehnatkashlarni ozod etishning moddiy sharoitlari yaratilmaganligi tufayli 
xayoliy sotsialistlar bo`lajak jamiyatning fantastik loyihalarini taklif 
etdilar. Ular o`zlarini sinflardan yuqori qo`yib, jamiyatning barcha a'zolari 
manfaatlarini ifoda etayotganliklarini ko`rsatmoqchi bo`ldilar. Shuningdek, 
siyosiy kurash, revolutsiyalarni rad etib, ijtimoiy adolat g`oyalarini tash-
viqot qilish yo`li bilan jamiyatni qayta tuzishni orzu qildilar. Mana shu-
larning barchasi g`oyalarning xayoliy bo`lib qolishiga sababchi bo`ldi. 
Biroq, xayoliy sotsializm o`zining cheklanganligiga qaramasdan, kapital-
izm oyoqqa turayotgan bosqichda progressiv ta'limotlar qatorida alohida 
o`rin egallaganligini aytishimiz lozimdir. 


236 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling