Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
Sh.Furye kishilik jamiyatining tarixiy rivojlanishini o`rganishga
o`zining katta hissasini qo`shdi. F.Engels "Anti Dyuring" asarida shunday degan edi: "O`tmishning asosiy etap (bosqich)larida Sh.Fur'ening genialligi keng namoyon bo`ldi. U jamiyat o`z rivojlanishida yovvoyilik, patriarxalchilik, varvarlik va tsivilizatsiya (madaniyat) bosqichlarini bosib o`tganligini ko`rsatib berdi". Bunday taqsimot garchand ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasini hisobga olgan bo`lsada, lekin ishlab chiqarish munosabatlarining xarakterini va moddiy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish usulining turlichaligini inkor etadi. Shuning uchun varvarlikka quldorlik va feodalizm kabi turlicha ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatlar kiritiladi. Sivilizatsiya davrini esa u kapitalizm vujudga kelishi bilan bog`laydi. Lekin shuni aytish kerakki, uning qarashlariga xos xususiyat har bir davrning asosiy omili sifatida faqat ishlab chiqarish darajasinigina emas, balki inson ehtiroslari va tabiati uyg`unligini ham alohida ajratib ko`rsatishdir. Shunday qilib, ana shu holatlar muayyanligining vujudga kelishi o`z navbatida tsivilizatsiyalar o`rniga har tomonlama rivojlangan assotsiatsiyalar (uyushmalar) tashkil topishiga sabab bo`ladi. Kapitalizmni tanqid qilish Sh.Furye ta'limotining eng kuchli jihatidir. Jamiyatning yangi sotsial tashkiloti barpo etilmasa, ishlab chiqarishning rivoji mehnat ahliga baxt emas, balki kulfat keltiradi, deydi u. "Burjua tsivilizatsiyalarining o`ziga xos xususiyati,- deb yozadi olim, - tartibsiz ishlab chiqarishdan iborat. Boylik ko`paymoqda, ammo ishlab chiqaruvchi inson ana shu ko`payib borayotgan boylikdan bahramand bo`layotgani yo`q" (Sh.Furye. Izbranno`ye sochineniya. T.II, M.,1954, str.68). U aholining ayrim qismi behuda, parazit hayot kechirib, ezilgan mehnatkash xalqning ekspluatatsiya qilinishi hisobiga yashayotganini aytish bilan birga, bunday jamiyat aholining barcha qatlamlarini to`liq 240 ta'minlash imkoniga ega emas degan xulosaga keldi. Sh.Furye ayniqsa kapitalistik savdo nuqsonlarini, undagi tovlamachilik, olibsotarlik va muttahamlikni fosh etadi. "Agar biz Sen-Simonda,- deb yozgan edi. F.Engel's, tafakkurning genial kengligini, shuning natijasida uning qarashlarida eng so`nggi sotsialistlar nomuntazam iqtisodiy fikrlari deyarli hammasining kurtaklari bayon etilganini ko`rsak, Sh.Furye mavjud ijtimoiy tuzumni tanqid qilmaganligini, bu tanqidda sof fransuzcha o`tkir zehnning, analizning g`oyat chuqurligi bilan qo`shilganligini ko`ramiz, u burjua dunyosining jamiki moddiy va ma'naviy nochorligini toqatsizlik bilan fosh qilib tashladi..." Haqiqatan, ham Sh. Furye o`z asarlarida nafaqat mavjud jamiyatni balki klassik iqtisodiy maktab vakillari yuqori baho berayotgan erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotni ham va umuman klassiklarni o`zlarini ham keskin tanqid qiladi. Uning fikriga ko`ra erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot savdogarlar va savdo agentlar sonini keraksiz darajada oshirib yuborgan bo`lib bu esa asosiy kamchiliklarni e'tibordan chetda qoldirgan. Sh. Furye sivilizatsiya jamiyatning kamchiliklari deb quyidagilar belgilaydi: ijtimoiy xaos; aholi nufuzini ortib borishi; kambag`allikni kuchaytiruvchi industrializm va boshqalar. Lekin Sh.Furye kapitalizmni har tomonlama tanqid qilgan bo`lsada, boshqa xayoliy sotsializm namoyan-dalari singari u ham islohotlar yo`li, tashviqotni kengaytirish bilan ekspluatatsiya, adolatsizlikka qarshi kurashib, "odil jamiyat" sari bormoqchi bo`ldi. Kelajak jamiyatning asosiy yacheykasi bir necha ishlab chiqarish assotsiatsiyalaridan iborat falanga (jamoa)dir. Falanganing har bir a'zosi mehnat qilish huquqiga ega bo`lib, mehnat zavq bag`ishlashi, kishilarning ehtiyojiga aylanishi kerak. Sh.Fur'e o`sha paytda mashaqqat deb hisoblangan mehnat qanday qilib inson uchun xuzur-halovatga aylanishi mumkin degan masalani o`rtaga qo`yadi. U burjua huquqi sistemasini tanqid qilib, mehnat qilish huquqini birinchi o`ringa qo`yadi, mehnat qilish huquqi bo`lmasa qolgan hamma huquqlarning qadri yo`q deb hisoblaydi. Uning mehnat musobaqasi to`g`risidagi, mehnatni insonning g`ayrat-shijoati namoyon bo`ladigan ijodiy jarayonga aylantirish haqidagi g`oyalari ijobiy ahamiyatga egadir. Angliya - sanoat to`ntarishini amalga oshirgan birinchi mamlakat bo`lib, kapitalizm u yerda tez va dadillik bilan rivojlandi. Bu hol tabiiy, Angliya xayoliy sotsializmining o`ziga xos xususiyatini belgilab berdi. U xususiy mulkchilikning barcha ko`rinishlarini inkor etib, fransuz sotsialistlarining industriallar jamiyati, turli uyushmalariga moyilligi yo`q edi. Siyosiy iqtisodni proletariat manfaatlariga xizmat qildirishga harakat kommunistik jamoalar tashkil etish tajribalarini qo`llash va nihoyat tinch 241 yo`l bilan yangi "odil jamiyat"ni qurish imkoniyatlarini isbotlashga urinish bu maktabga xosdir. Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishi Robert Ouenning (1771-1858 yy.) hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog`liqdir. U Shimoliy Uelsda hunarmand oilasida dunyoga keldi. Maktabni tugatgach, o`zi mustaqil shug`ullangan, yoshlik yillaridayoq mehnatkashligi, tadbirkorligi bilan ajralib turgan. R.Ouen 1800 yildan boshlab Pyu-Lenark (Shotlandiya) dagi yigiruv korxonasida boshqaruvchi bo`lgan, o`sha yillarda unda insoniyatni qutqarishni maqsad qilgan islohotchilik g`oyalari shakllanadi. Biroz keyinroq (1820 yildan boshlab) xayoliy sotsializmga xos bo`lgan fikrlar va tashviqotga asosiy e'tiborni qaratadi. R.Ouenning "Jamiyatga yangicha qarash yoki xarakterni shakllantirish haqida tajribalar", "Yangi axloqiy dunyo kitobi", "Adolatni almashuv bozori", "Ulug` milliy hunar ittifoqi" asarlarida uning sotsialistik loyihalari bayon etilgandir. U kapitalistik jamiyatni tanqid qilib, uning xalqqa qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha mulkni umumning mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik yo`qoladigan, mehnat jafo-zulmatdan baxt- saodatga aylanadigan kommunistik jamoalar tuzish fikriga keldi. Shu maqsadga halaqit beradigan uchta to`siq bor deydi u. Bu uchta illat: xususiy mulk, din va burjuacha nikohdir. Biroq olim kapitalistik taraqqiyotning obyektiv qonunini tushunmadi, sinflar kurashini inkor etdi. Yangi tuzum yangi yo`l bilan yoki tinch yo`l bilan quriladi va unga tinch yo`l bilan o`tiladi, deb ishondi. R.Ouenning loyiha va ijtimoiy dasturlari fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, ancha aniq va amaliyligi bilan ajralib turadi. U ishchilar mehnatini yengillashtiradigan yoshlar va qariyalar mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, rag`batlantirishni tashkil etgan, u Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan edi. R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, u burjua siyosiy iqtisodini inkor etgan fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o`z nazariyalarini yaratishda Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan keyin qiymatning asosiy manbayi deb mehnatni hisobladi. Xususiy mulk bilan bir qatorda mehnat bilan kapital o`rtasidagi qarama-qarshiliklar sababchisi deb pul hisoblandi. R.Ouen qiymatning sun'iy o`lchovi bo`lmish puldan voz kechib, mehnat harajatlarining ekvivalenti sifatida "ishchi pullarini" joriy etishni taklif etadi. U R.Ouen 242 kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib "ishlab chiqarish uyushmalarini" tashkil etishga harakat qildi. Lekin bu urinishlar behuda bo`lib chiqdi, chunki kapitalistlar o`z korxonalarini ixtiyoriy sotish haqida o`ylamagan bo`lsalar, kasaba uyushmalari sotib olish uchun imkoniyatlari yo`q edi. R.Ouen birinchilardan bo`lib T.Maltusning "aholi nufuzi" qonuniga qarshi chiqdi. U mehnatkashlarning og`ir ahvolga tushib qolishiga aholi soni ortib borishi emas, balki mavjud mahsulotlarning adolatsiz taqsimlanishi sabab bo`lmoqda, deb ko`rsatadi. R.Ouen xayoliy sotsializmi va uning islohotchilik faoliyati qarama- qarshi xarakterdadir. U ishchilarning manfaatlarini himoya qilib, boylik mehnatda yaratiladi, deb ko`rsatish bilan birga ayni vaqtda ishchilarga e'tiborsiz passiv rol belgilaydi, kapitalistlarni esa asosiy kamchilik qoniqarsiz tarbiyada deb oqlashga harakat qiladi. Lekin olim qarashlari va faoliyatida qarama-qarshiliklar bo`lishiga qaramay, uning ayrim tajribalari barbod bo`lgan bo`lsada, umuman olganda R.Ouenning g`oyalari ijobiy ahamiyatga ega bo`lib, Angliya ishchilar harakati taraqqiyotida katta rol o`ynadi. U o`zining ko`pgina asarlarida jamiyatni to`g`ri tashkil qilish konsepsiyalarini ilgari suradi. Ularning bachasida xar bir fuqoro uchun mehnatning majburiyligi, jamiyatning eng muxim tamoyillaridan deb hisoblanadi. Shuningdek R. Ouenning ishlab chiqarish uyushmalarida ishchi pullarini o`rni modiy boyliklar odilona taqsimlash masalalarini va umumman xususiy mulkchilikka berilgan baho o`sha davr uchun katta ahamiyatga molik edi. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling