Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

A.K.Sen-Simon 


237 
Lekin uning idealistik tarixiy konsepsiyasida ayrim materialistik 
fikrlar ham yo`q emas. Jumladan, Sen-Simon shaharlar, sanoat va 
savdoning rivojlanishi burjuaziyaning shakllanishiga sabab bo`lganligini, 
iqtisodiy holat esa, mulkchilikka tobe' bo`lgan, o`ziga xos ijtimoiy-tarixiy 
formalarni vujudga keltirishini aytib o`tadi. "Hokimiyat va boshqaruniv 
belgilovchi qonun ham, - deb yozadi u, - mehnat farovonligini to`liq 
ta'minlay oladigan mulkchilik va undan foydalanishni belgilovchi 
qonundek katta ahamiyatga ega emas" (Haqiqatdan ham, hozirgi vaqtda 
respublikamiz va qo`shni mustaqil respublikalar iqtisodiy taraqqiyotida 
mulkchilik va mulkchilik formalari haqida qabul qilingan qonunlar 
ahamiyati kattaligini eslang). 
Sen-Simnning bo`lajak adolatli jamiyati industrial sistema deb 
nomlanib, u industrial jamiyat yirik sanoat ishlab chiqarishi bazasi asosida 
rivojlanadi, sanoat - alohida reja asosida, boshqaruv esa yagona industrial 
markaz orqali amalga oshiriladi deb hisoblagan edi. 
Sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyoti va mahsulotlarni 
taqsimlash olimlar tomonidan olib boriladi. Katta tajribaga ega bo`lgan 
sanoat kapitalistlari boshqaruvni tashkil qilish bilan mashg`ul bo`ladilar, 
ishchilar esa ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun astoydil mehnat 
qilishlari zarurdir. 
Sen-Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda, ayniqsa 
sanoatda anarxiyaga (hokimiyatsizlikka) yo`l qo`yilmasligiga va reja 
asosidagi markaziy boshqaruvga katta e'tibor berishni taklif etadi. Sen-
Simon qarashlariga ko`ra, erkin raqobatga asoslangan ijtimoiy tuzim bu 
tugab borayotgan feodalizmdan yangi ideal jamiyatga o`tish davridagina 
emas, balki inqilobiy harakatlardan holi minch va tez sur'atlarda ijtimoiy 
tenglikka asoslangan "industrial jamiyat"ga o`tish davri hamdir. Adolatli 
"industrial jamiyat" qurilishi haqidagi o`zining mulohazalarida u ilmu-fan 
va ilg`or nazariyalarga yuqori baho berib, bo`lg`usi yangiliklarni tarixiy 
muqarrar deb hisoblaydi. Shu bilan bir qatorda Sen-Simon o`zining 
"industrial jamiyat" ida boshqa xayoliy sotsialistlar kabi qarama-qarshi 
sinflarni yo`qolib ketishi va xokimiyat tomonidan siyosiy funksiyalarga 
nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta e'tibor berishini taxmin qiladi. Lekin 
shuni alohida qayd etish zarurki, xayoliy sotsializmning boshqa barcha 
vakillardan farq qilib Sen-Simon sotsializmda xususiy mulkchilik 
bo`lishini inkor etmaydi, balki aynan xususiy mulkchilik va undan 
foydalanishni tartibga soladigan qonun zarurligini ko`rsatib o`tadi. 
Shuningdek, olim o`z qarashlarida anarxiyaga insonlarga ziyon 
yetkazuvchi boshqaruv deb qarab uni tanqid qiladi. U mavjud o`zgarishlar 


238 
tezlik bilan rivojlanib davlatning to`liq kamolatini ta'minlaydi, insonlar 
esaerishishlari mumkin bo`lgan tenglik va ayniqsa mo`l-ko`lchilikka faqat 
shu "industrial jamiyat" yordamida yetib boradilar deydi. Garchi Sen-
Simon yangi ijtimoiy tuzumning haddan tashqari mujmal manzarasini 
tasvirlagan, shu jamiyatga borishning noto`g`ri yo`lini ko`rsatgan bo`lsa 
ham, uning ba'zi taxminlari katta kelajakka molik edi. U proletariatning 
nazariyotchisi emas edi va shu sababli uning tarixiy rolini tushunmadi. 
Ayni vaqtda u ishchilar ahvolining naqadar og`irligini ko`rdi. "Mening 
maqsadim,- deb yozgan edi u, - Yevropadagina emas, butun dunyoda ham 
shu sinfning qismatini yengillashtirishdan iborat". U davlatni "odamlarni 
boshqarish quroli"dan ishlab chiqarishni tashkil etish, fan va san'at 
taraqqiyotini ta'minlash, ya'ni "narsalarni boshqarish quroli"ga aylantirish, 
tartib, osoyishtalikni nazorat qilishni esa jamoatchilikka topshirish kerak 
degan g`oyani ilgari surdi. Sen-Simonning yangi industrial sistemasi 
sotsialistik jamiyat emas edi, chunki unda xususiy mulkchilik, kapital 
jamg`arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud edi.Bu esa o`z 
navbatida umumxalq mehnatiga asoslangan rejali keng ishlab chiqarishni 
inkor etadi. 
Sen-Simon asarlarining asosini kapitalizmni tanqid tashkil etadi. U 
ishlab chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat, xalq ommasining 
qashshoqlashuvi va ishchilarning ayanchli ahvoldaligini kapitalizm illati 
deb hisoblaydi. Olim ishchilar, kapitalistlar va savdogarlarni bir sinf 
vakillari deb, ularni industriallar deb atadi. Feodal jamiyatining hokim 
sinflari bo`lgan dvoryanlar, ruhoniylar va boshqa amaldorlarni esa 
befoyda, keraksiz sinflar deb hisobladi. Shuni aytish kerakki, Sen-Simon 
kapitalizmni ilmiy ravishda tanqid qilmadi. U burjua jamiyati bo`ysunishi 
zarur bo`lgan iqtisodiy qonunlarni e'tibordan chetda qoldirdi. 
Sen-Simon ta'limotlarini tashviqot qilishda 
uning shogirdlari O.Rodrig, V.Anfonten va 
O.Bazarlar katta rol o`ynadilar. Ular "Sen-Simon 
ta'limoti" kitobini nashr qildirib, uning nazariy 
qarashlarini boyitdilar. lekin bu olimlar ham burjua 
jamiyatining asosiy sinflari va ular o`rtasidagi 
sinfiy kurash mohiyatini to`liq tushunmadilar, 
natijada XIX asrning 30-yillariga kelib, Sen-Simon 
maktabi tor doiraga aylandi va tarqalib ketdi. 
Fransuz xayoliy sotsializmining yana bir 
yirik namoyandasi Fransua Mari Sharl Furyedir (1772-1837 yy.). U 
Bezanson shahrida savdogar oilasida dunyoga kelib, butun hayoti 
S.Simon


239 
mobaynida savdo bilan shug`ullandi. Bo`sh vaqtlarida o`z ma'lumotini 
to`ldirib, mustaqil ravishda fizika, astronomiya va falsafa fanlari bilan 
shug`ullandi, ijtimoiy tadqiqotlarni amalga oshirdi. Sharl Furye o`zining 
"To`g`ri harakat va mushtarak taqdirlar nazariyasi", "Umumiy birlik 
nazariyasi", "Savdo qallobligi haqida", "Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy 
dunyo" nomli asarlari va qator maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin 
tanqid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi. 
Uning tasvirlashicha, inson o`zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas 
illatlaridan tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy tuzum o`rnatish kerakki, bu 
tuzum insonning kamol topishiga, ehtiroslarini to`liq namoyon qilishiga, 
ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bersin. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling