Iqtisodiy ta'limotlar
A.Sen-Simon, Sh.Furye va R.Ouen iqtisodiy qarashlari
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anri Klod de Rebrua Sen-Simon
12.2. A.Sen-Simon, Sh.Furye va R.Ouen iqtisodiy qarashlari
Fransiyada burjua inqilobidan keyin kapitalizm yana tez rivojlandi. Jamiyat oldida doimiy ravishda ko`ndalang bo`lib qolgan yangi savollarga fransuz mutafakkiri Sen-Simon birinchi bo`lib javob berishga urindi. Anri Klod de Rebrua Sen-Simon (1760-1825 yy.) Fransiya xayoliy sotsializmining namoyandasi bo`lib, 1789-1794 yillardagi fransuz inqilobi bilan zamondosh edi. U aristokratlar oilasidan kelib chiqqan bo`lib, quyidagi mashhur asarlarning muallifidir: "Sanoat sistemasi haqida", "Inson haqidagi fan ocherklari", "Sanoat yoki siyosiy, ma'naviy va falsafiy mulohazalar", "Yangi xristian- lik" va boshqalar. Sen-Simon maxsus iqtisodiy tadqiqotlarni amalga oshirmadi, balki asosiy e'tiborni ijtimoiy muammolarga qaratdi. U butun yaxshi jamiyat to`g`risidagi umidini aql-idrokka, ma'rifatga bog`ladi; u insonning aql- idrokini tarixiy jarayonning to`la hokimi va rahbari sifatida bildi, jamiyatni yaxshi tarzda qayta qurish yo`llarini tashviqot qilishni esa o`z ta'limoti amalga oshirilishining bosh vositasi deb hisobladi. Fransuz ma'rifatparvarlaridan farq qilib, Sen-Simon ishlab chiqarishdagi inson faoliyati, mulkchilik formalari kabi iqtisodiy faktorlarga katta baho berdi. U "Ilk davr", "qulchilik", "O`rta asrlar", "Hozirgi davr" va "Oltin asr"larni alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy for- matsiyalarni ko`rsatib o`tdi. "Hozirgi davr" (ya'ni XIX asrning ikkinchi yarmi) o`tish davri deb belgilanib, "...bu davrda, deb yozadi Sen-Simon, olimlar, tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar shakllanadi, ular qirol hukumati bilan birgalikda odil jamiyatni barpo etishlari kerak, bu esa o`z navbatida "Oltin asr"ga kirib kelishni ta'minlaydi." Sen-Simon o`zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib, hozirgi davrni o`rganib borish uchun o`tgan davrga nazar tashlash kerakligini aytib, "har bir alohida olingan davr mulohazasida juda yuzaki, hatto noto`g`ri xulosalarni beradi, so`nib borayotgan o`tmish qoldiqlari tug`ilib kelayotgan kelajak bilan qorishtirib yuboriladi", deb ko`rsatadi. Tarixiyligiga qaramay Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish kon- sepsiyasi idelistik edi, chunki uning asosini fan taraqqiyoti, ong va g`oyalar ravnaqi tashkil etardi. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling