Iqtisodiy ta'limotlar


S.Sismondining iqtisodiy qarashlari


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

11.2. S.Sismondining iqtisodiy qarashlari, 
uning mayda ishlab chiqarish nazariyasi 
Jan Sharl Leonardi Simond Leonard de 
Sismondi (1773-1842) Shveytsariyada tug`ilgan, 
fransuz klassik siyosiy iqtisodini nihoyasiga 
yetkazuvchi va ayni vaqtda mayda siyosiy 
iqtisodning asoschilaridan biridir. U mu'tabar 
protestant pastor oilasida tug`ilib voyaga yetdi. 
protestantlar kollegiyasini bitirib chiqdi, Jeneva 
universitetida o`qidi. siyosat bilan unchalik ko`p 
vaqt shug`ullangani yo`q, Fransiya ma'naviy va 
siyosiy fanlar akademiyasining a'zosi etib 
saylandi. S.Sismondi iqtisod va tarix fanlari 
sohasida katta ishlarni amalga oshirib, boy 
ilmiy-adabiy meros qoldirdi. "Toskani qishloq xo`jaligining ko`rinishi" 
(1801 y.), "Savdo boyligi yoki siyosiy iqtisod prinsiplari va ularning savdo 
qonunchiligida 
qo`llanilishi 
to`g`risida" 
(1803 
y.), 
"Italiya 
respublikalarining tarixi" (1807 y.), 1818 yilda esa "Edinburg 
J.Sh.Sismondi


219 
ensiklopediyasi" uchun "Siyosiy iqtisod" maqolasini tayyorladi, lekin 
"Siyosiy iqtisodning yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufuziga 
munosabatlari to`g`risida" (1819 y.) kitobining nashr qilinishi uning 
shuhratini yanada oshirdi. Keyingi yillarda "Siyosiy iqtisoddan etyudlar" 
(1837 y.) va fundamental tarixiy asarlar hisoblangan "Fransuzlar tarixi" (31 
tom), "Rim imperiyasi qulashining tarixi", "Italiya ozodligi tiklanishining 
tarixi" va boshqa asarlari nashr qilindi. 
S.Sismondi g`oyalarining shakllanishi, sanoat to`ntarishi davri 
bilan, shuningdek mayda ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy kuchsizlanishi 
bilan bog`liq bo`lib, bu esa o`z navbatida kapitalizmning feodalizm 
ustidan, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning mayda ishlab chiqarish 
ustidan g`alabasini anglatar edi. 
S.Sismondi ijodini o`rganish metodini ayrim xususiyatlarini klassik 
iqtisodiy maktab vakillari bilan tenglishtirishimiz mumkin. Aynan o`ziga 
xos uslubiyot iqtisodiyot faniga quyidagi yangiliklarni olib kirdi. 
Birinchidan, Klassiklardan farq qilib, hukumatlar boylikni 
taqsimlash va tartibga solishni boshqarishni o`z qo`llariga olishlariga 
xayrihohlik 
bildiradi. 
Unda 
aynan 
hukumat 
ishlab 
chiqarishni 
kengaytirmasdan "uchinchi shaxslar" manfaatlariga mos yo`l ochib beradi. 
Ikkinchidan, siyosiy iqtisodda ilmiy abstraksiya usulini qabul 
qilmaslik. S.Sismondi, A.Smit izdoshlarini abstraksiyaga berilib insonlarni 
umuman unutganliklarini, natijada fan ularni izlanishlarida turli 
amaliyotlardan ajralib qoldi deb xulosa qiladi. 
Uchinchidan, A.Smitning "iqtisodiy inson" doktrinasini inkor etish. 
S.Sismondi klassiklarning har bir alohida olingan inson manfaatlari 
umumiy manfaatlarini shakllanishiga sababchi degan fikrga umuman 
qo`shilmaydi. Uning fikricha, har qaysi inson o`zining shaxsiy 
manfaatlarini o`zgalar hisobiga amalga oshirish bilan mavjud turli 
imkoniyatlarni ishga solar ekan, bu yerda har sanoatchining erishgan 
yutug`i o`z navbatida o`zga sanoatchini xonavayron bo`lishiga olib keladi. 
To`rtinchidan, ilmiy texnika progresini jadallashuvi jamiyat 
ravnaqidagi obyektiv zaruriyatligini tan olmaslik. quyidagi uslubiy holatni 
izohlab S.Sismondi shunday deydi: "Garchan mashinalar ixtirosi insonlar 
uchun katta qulaylik bo`lsada, ammo ular (mashinalar) yaratgan foydani 
adolatsiz taqsimlanishi, kambag`allar uchun ofat keltiradi". 
Beshinchidan, iqtisodiy tahlilda funksional usulni qo`llash 
maqsadga muvofiqligini e'tirof etish. Bu holat siyosiy iqtisodda tobora 
yangi tus olayotgan sabab va oqibatni tan olish demakdir.


220 
Oltinchidan, iqtisodiy tahlilda iqtisodiy faktorlar bilan birga 
noiqtisodiy faktorlarning ham o`rin olishi. Din, tarbiya, vijdoniylik va 
boshqalar insonlarning bir maqsadga yaqinlashtiriuvchi faktorlar deb 
belgilanadi. 
S.Sismondi 
mayda 
ishlab 
chiqarish 
pozitsiyalarida 
turib, 
kapitalizmni tanqid qilib, mayda tovar ishlab chiqarishga qaytishni orzu 
qildi. 
Uning qarashlari rivojida ikki bosqich ko`zga tashlanadi. Avval 
boshda S.Sismondi A.Smit ta'limotining, klassik siyosiy iqtisodning 
tarafdori bo`lib chiqdi. U o`zining dastlabki asarlaridan biri - "Savdo 
boyligi to`g`risida..." kitobida (1803 y.) sanoat to`ntarilishining ijtimoiy-
iqtisodiy mazmuni va imkoniyatlarini yuksak baholadi. S.Sismondi 
Angliyaga ikkinchi marta borib kelganidan keyin kapitalizmni, shuningdek 
klassik maktabni qattiq tanqid qila boshladi. 
"Siyosiy iqtisodning yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufuziga 
munosabatlari" (1819 y.) kitobi uning shuhratini yanada oshirdi. 
S.Sismondi odamlar baxt va tenglikni ta'minlash uchun birlashdilar, degan 
fikrga asoslanadi. U mayda ishlab chiqarishni ko`klarga ko`tarib maqtaydi, 
mehnatkashlarning manfaatlarini himoya qilishga intiladi, hammaga 
hamdardlik bildiradi, fabrikaga oid qonunlarni tabriklaydi, bolalar 
mehnatining ekspluatatsiya qilinishini qoralaydi. Kapitalizmni ijtimoiy 
adolatdan mahrum bo`lgan jamiyat deb ma'lum qiladi. S.Sismondi 
iqtisodiy qarashlarining sistemasida daromad to`g`risidagi ta'limot alohida 
o`rin olishini kitob nomining o`ziyoq ko`rsatib turibdi. U taqsimotning 
ko`pdan-ko`p muammolari to`g`risida fikr bildiradi. Kapitalni, krizislarni, 
mahsulotni realizatsiya qilish masalalarini tadqiq etadi, jamiyatni 
o`zgartirishning mayda burjuacha dasturi (programmasi) ni ilgari suradi. 
A.Smitning ta'limotida mehnat qiymat va boylikning birdan-bir 
manbayi deb tahlil qilingan edi. Zarur ish vaqti tushunchasi birinchi bor 
joriy etildi. S.Sismondi pul ichki qiymatga ega bo`lgan mehnat 
mahsulotidir va shu sababli qiymatning umumiy mezoni tarzida namoyon 
bo`ladi, degan to`g`ri xulosaga keldi. Pulning qadrsizlanishi ortiqcha 
qog`oz pullar muomalaga chiqarilishi haddan oshib ketishining natijasi
deb talqin etiladi. Ammo u pulning vujudga kelishi jarayonini, uning 
vazifasini tadqiq etmaydi. S.Sismondi iste'mol qiymat o`rtasidagi 
ziddiyatni ko`ra bilgan bo`lsa ham, ammo uning mohiyatini tushunmaydi. 
U qiymatdan chetga chiqishni qiymat qonunining buzilishi deb hisoblaydi. 
S.Sismondining ta'biricha, ijtimoiy fan ikki qismdan: oliy siyosat va 
siyosiy iqtisoddan iborat, agar siyosat davlat tartibining qanday vujudga 


221 
kelishini o`rgatsa, fuqarolarni diyonat va din ruhida tarbiyalasa, siyosiy 
iqtisod xo`jalikni qanday boshqarishni, ijtimoiy tartibni saqlashni 
hukumatga tavsiya qilishi kerak. Umuman siyosiy iqtisod ma'naviy fan 
bo`lib, u odamlarning his-tuyg`ulari, ehtiyojlari va ehtiroslarini o`rganishi 
kerak. S.Sismondining fikricha, "odamlarning moddiy farovonligi, inson 
tabiati" siyosiy iqtisod predmeti bo`lishi kerak, "odamlarning moddiy 
farovonligi" esa davlatga bog`liq. S.Sismondi siyosiy iqtisod predmetini 
davlatning iqtisodiy siyosati bilan ayni bir narsa deb bildi, uni sinflardan 
ustun turadigan fan, deb talqin etdi. Ishlab chiqarish munosabatlarini, 
iqtisodiy qonunlarni bilish zarurligini inkor qildi. U insonning fe'l-atvorini 
birinchi o`ringa qo`ydi. 
S.Sismondi uslubiyoti (metodologiyasi)ga 1. Ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni subyektiv-idealistik talqin etish; 2. Ilmiy abstraksiya usulining 
yo`qligi; 3.Tarixdan tashqari yondashuv; 4. Ayirboshlash konsepsiyasi 
xosdir. Mayda burjua nazariyotchisi bo`lgan S.Sismondi iqtisodiy 
qonunlarning obyektiv xarakterini tan olmadi. U kapitalistik iqtisodiyot 
notekis rivojlanishini haqli ravishda ko`rsatgan bo`lsa ham, bu narsa 
iqtisodiy qonunlar amal qilishining o`ziga xos tarzda namoyon bo`lishi 
ekanligini ko`ra bilmadi. U o`zining rahmdillik bilan (sentimental) qilgan 
tanqidini ijtimoiy fanning alohida usuli darajasiga ko`tarishga intildi. 
S.Sismondi insonni unutib, abstraksiyaga berilgan A.Smit va uning 
tarafdorlarini qattiq tanqid qildi. U kapitalizm ko`p mamlakatlarda amal 
qila boshlagan bo`lishiga qaramay, kapitalistik rivojlanishdan voz kechish 
mumkinligini asoslamoqchi bo`ldi. U iste'mol ishlab chiqarishdan ustun 
degan fikrga asoslandi. Butun iste'molni shaxsiy iste'moldan iborat deb 
bildi. 
S.Sismondi kapitalizmni antagonistik jamiyat deb bildi va shu bilan 
klassik iqtisodiy maktabning namoyandalaridan ilgarilab ketdi. U 
kapitalizmning o`ziga xos xususiyatini - boylikning oz sonli kishilar 
qo`lida to`planishi va ko`pchilik mehnatkash aholining chor-nochor kun 
kechirishini, jamiyat bilan xususiy sohibkorning manfaatlari bir-biriga mos 
emasligini, qishloq xo`jaligining savdodan va sanoatdan orqada 
qolayotganini ko`rsatdi. S.Sismondi burjua boyligining ko`payishini bosh 
vazifa deb va iqtisodiy taraqqiyot mezoni deb hisoblashdan voz kechdi, 
"kapitalizmning ziddiyatlari" masalasini birinchi bo`lib maydonga tashladi 
va shunday qilib tahlilni yanada davom ettirish vazifasini qo`ydi. 
Klassik maktabga qarama-qarshi o`laroq mayda tovar ishlab 
chiqaruvchilarning xonavayron bo`layotganini, "ortiqcha" aholi paydo 
bo`layotganini, mashinalar ishchilarni siqib chiqarayotganini ko`rsatdi, 


222 
biroq, kapitalizm ziddiyatlarining asl sababini payqay olmadi. S.Sismondi 
klassik maktabning krizislar bo`lishi mumkin emas va kapitalizm 
ziddiyatlar nimaligini bilmaydi degan mulohazalarini tanqid qildi. Uning 
tarixiy xizmati mana shundan iborat. 
Shu bilan birga S.Sismondi kapitalizmning ilg`or mazmunini, uning 
feodalizmdan ustunligini tushunmadi. U kapitalizmni ro-mantiq tarzda 
g`ayri ilmiy asosda tanqid qildi, kapitalistik tuzumning imkoniyatlariga 
mayda burjuaziya nuqtayi nazaridan baho berdi. U kapitalizmni tartibga 
solish, mayda hunarmandlarning sex tuzumi tarzida orqaga qaytish 
ehtimoli bor, deganlarida ham mayda burjuacha romantizm namoyon 
bo`ldi. S.Sismondi revolutsiyaga qarshi, u kapitalizmni isloh qilish, uni 
tiyib turish tarafdori. 
Milliy daromad va kapital S.Sismondining iqtisodiy qarashlari 
sistemasida yetakchi muammodir. U o`zining "Siyosiy iqtisodning yangi 
ibtidolari" asarining dastlabki uch bobini ayni shu muammoga 
bag`ishlaydi. A.Smitdan keyin S.Sismondi ham daromadlarning uch turini: 
foyda, renta va ish haqini alohida ajratib ko`rsatadi, dastlabki ikki turni 
umumlashtirib, ustama qiymat tushunchasidan foydalanadi, ularni ichki 
mahsulotdan chegirma deb hisoblaydi. Biroq S.Sismondi shu tariqa 
qo`shimcha qiymat nazariyasini maydonga tashladi deb aytish uchun asos 
yo`q. U ish haqi ishchi mahsulotining jami qiymatiga teng bo`lishi kerak 
deb aytish bilan birga shu zahotiyoq kapitalistning kapital yaratish 
sohasidagi "dastlabki mehnati" uchun unga odilona mukofot deb, rentani 
esa yerning ehsoni deb e'lon qiladi. A.Smitning iqtisodiy taraqqiyot 
davomida ish haqi oshishi xususidagi umidiga S.Sismondining 
qo`shilmaganligi uning ijobiy jihatidir. 
Yakka tartibdagi daromadlardan S.Sismondi "boyliklardan olingan 
foyda" va ishchi ish haqining yig`indisi bo`lmish milliy daromad 
muammosiga o`tadi. Bu milliy daromad bilan yalpi mahsulotni aynan bir 
narsa deb bilganligi, uning asosiy nazariy xatosidir. Agar u birlamchi 
mahsulotda A.Smitning izidan borib uch qismdan: xom materialning va 
mehnat qurollarining o`rni qoplanishini, ish haqi va foydani ajratgan 
bo`lsa, yig`indi mahsulotdan faqat so`nggi ikki qismni ajratadi. Doimiy 
qism yo`q bo`lib ketadi. 
Kapital deganda S.Sismondi ishlab chiqarish zapaslarini (ishlab 
chiqarish vositalarini) tushunadi. U kapital jamg`arilishini tejamkorlik 
bilan bog`laydi. S.Sismondi asosiy mashinalar, ish qurollari va aylanmalar, 
urug`lik, xom ashyo, ish haqi kapitalini bir-biridan ajratib, A.Smitning 
hamma xato va yutuqlarini takrorlaydi. U kapitalni doimiy va o`zgaruvchi 


223 
kapitalga ajrata bilmadi. Oxir-oqibatda S.Sismondi kapitalning milliy 
daromaddan farqini izohlay olmadi va buning ustiga A.Smitning shu ikkisi 
o`rtasidagi tafovutni nazariy jihatdan isbotlash yo`lidagi intilishlarini 
pisand qilmay, orqaga qadam tashladi. 
S.Sismondi kapitalistik aholi nufuzi jarayonini tahlil etishga harakat 
qildi. U iqtisod fanida birinchilardan bo`lib foydani ko`paytirish 
manfaatlari yo`lida mashinalarni joriy etish ishsizlar vujudga kelishiga olib 
boradi, ishsizlarning mavjudligi esa ishlab turganlarning ahvolini 
yomonlashtiradi degan, faktni tan oldi. Ammo, S.Sismondi ortiqcha aholini 
kapitalistik fabrika mexanizmining zarur tarkibiy qismi deb bilmadi. 
S.Sismondi kapitalistik fabrika chor-nochor ishchini kelajakka boqqanda 
"kelgusi shanbadan narini" ko`rmaslikka o`rgatganligini, undagi axloqiy 
tuyg`ularni siyqalashtirib yuborganligini ishsizlar paydo bo`lishining 
sabablaridan biri deb hisobladi. U din ishchilarning "nojo`ya nikoh"larini 
qoralamayotganligini aytib, dinga hujum qildi. 
"Uchinchi shaxslar" nazariyasi S.Sismondi nazariy qarashlarida 
asosiy o`rinni egallaydi. U ishlab chiqarish va ijtimoiy daromad 
hajmlarining birligini ijtimoiy mahsulotni to`la-to`kis realizatsiya 
qilishning asosiy sharti deb hisoblaydi. Bunday tenglikka avtomatik tarzda 
o`z-o`zidan erishilmaydi deb hisoblaydi, u aksincha yirik sanoatning 
rivojlanishi ishlab chiqarishning muqarrar ravishda iste'moldan o`zib 
ketishiga olib boradi. Kapitalizm o`zi uchun hal etilmaydigan muammoni 
qiymat va "ustama qiymat"ni realizatsiya qilish muammosini keltirib 
chiqaradi, yalpi ortiqcha ishlab chiqarish krizisi kapitalizmga xos 
xususiyatdir. S.Sismondining o`ylashicha, ichki kapitalistik bozor qisqarib 
boradi, chunki ishchilarning daromadlari kamayadi. Kapitalistlar o`z 
daromadining bir qismini iste'mol qilmaydi, balki jamg`aradi, mayda ishlab 
chiqaruvchilar xonavayron bo`ladi va ularning iste'moli kamayadi. 
Vaziyatni tashqi bozorlar yengillashtirishi mumkin. Ammo bunday 
bozorlarni qidirish tobora qiyinlashadi. Kapitalizm maqbul emas va 
mumkin ham emas. 
S.Sismondi 
"uchinchi 
shaxslar", 
ya'ni 
mayda 
ishlab 
chiqaruvchilarga 
madad 
berishga 
umid 
bog`laydi. 

burjua 
mamlakatlarining hukumatlarining hukumatlariga murojaat etib, ular 
kapitalistik rivojlanishni to`xtatsinlar deb so`raydi. Jamiyat mayda ishlab 
chiqarishga qaytgan taqdirdagina go`yo mo`l-ko`lchilik boshlanar emish. 
S.Sismondining tutgan o`rni - takror ishlab chiqarish asosiy qonunlarini 
tushunmaslik natijasidir. Ishlab chiqarish bilan iste'mol o`rtasidagi 
ziddiyatni, shaxsiy iste'molning takror ishlab chiqarish ziddiyatini, shaxsiy 


224 
iste'molning takror ishlab chiqarish jarayonlari uchun muhimligini tan 
olganligi S.Sismondi o`rtaga tashlagan konsepsiyaning ijobiy jihatidir. 
S.Sismondi iqtisodiy krizisni daromadlar o`rtasidagi nomuvofiqlik 
deb tushunadi, ayrim olimlar chinakam ilmiy nazariya kapitalizm 
sharoitida ishlab chiqarish bilan iste'mol o`rtasidagi nomuvofiqlikni tan 
oladi, biroq unga tobe' o`rin beradi deb ta'kidlagan edi. Yetarli iste'mol 
qilmaslik nazariyasi krizislar arafasidagi davrda ishchilarning iste'mol 
quvvatining oshib borishi, yetarsiz iste'mol qilish esa kapitalizmdan avval 
ham mavjudligi, ammo krizislar faqat kapitalizmning belgisi ekanligi va 
surunkali bo`lmasligi vaziyatini izohlay olmaydi. Iqtisodiy krizislarning 
haqiqiy sababi ishlab chiqarishning ijtimoiy xarakteri bilan iste'molning 
xususiy xarakteri o`rtasidagi ziddiyatdir. 
S.Sismondi kapitalistik yo`ldan voz kechishni taklif qildi, 
kapitalizmni tartibga solishga, ishchilar bilan kapitalist o`rtasida 
patriarxalchilik 
munosabatlarini 
o`rnatishga, 
ishchilarni 
foydani 
taqsimlashda qatnashtirishga, ishsizlar va nogironlar haqida g`amxo`rlik 
qilishga va buning uchun maxsus fondlarni vujudga keltirishga, mayda 
ishlab chiqarishni saqlab qolish va qo`llab-quvvatlashga, manufakturaga 
bo`lgan yirik mulkchilikni ko`p sonli kapitalistlar o`rtasida taqsimlashga 
chaqirdi. U yollanma ishchilarni ham mulkdorlar sinfi safiga qo`shishni 
orzu qildi. S.Sismondi davlatning yordamiga umid qildi. 
Uning ijtimoiy tadbirlar dasturi mayda burjuacha va reaksion 
xayolparastlik xarakteriga egadir. S.Sismondi obyektiv tarixiy jarayonga 
to`sqinlik qilishga urindi. Shu sababli, u reaksioner bo`lib qoladi, o`z 
mulohazalarini Fransiyada hali ham kuchli bo`lgan feodal tuzum 
himoyachilariga qo`l kelishini sezmaydi. 
XIX asr oxirlarida rus narodniklari S.Sismondining xulosalarini 
ko`klarga ko`tarib maqtaganliklari sababli Lenin S.Sismondining iqtisodiy 
qarashlarini batafsil va mufassal tahlil etish zarur deb bildi. Chunki 
S.Sismondining xulosalarini bunday maqtash marksizmning iqtisodiy 
ta'limotini yoyishga halaqit berar edi. U o`zining "Iqtisodiy romantizm" 
ta'rifiga doir" asarida S.Sismondining mayda burjua siyosiy iqtisodchisi 
ekanligini isbotladi, uning qarashlari ichki ziddiyatli va noizchilligini, 
klassik maktabdan o`zib ketish yo`lidagi urinishlari zaifligini ko`rsatdi. 
S.Sismondining iqtisodiy nazariya ba'zi masalalarini o`rtaga qo`yishdagi 
xizmatini V. Lenin tarixiy pozitsiyalarda turib tan oladi, biroq ayni vaqtda 
uning qarashlarining mayda burjuacha xarakterini, uning metodologiyasi 
ilmiy emasligini, amaliy dasturining reaksion xarakterini ochib tashlaydi. 
V.Leninning iqtisodiy romantizmni obyektiv va ilmiy asoslab, tanqidiy 


225 
tahlil qilganligi, iqtisodiy ta'limotlar tarixida S.Sismondi va liberal 
narodniklarning o`rnini aniq belgilash imkonini berdi, sinfiy kurashni 
rivojlantirishga katta ta'sir ko`rsatdi. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling