Iqtisodiy ta'limotlar


Iqtisodiyotda matematik uslublar (A.O.Kurno, I.G.Tyunen)


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

 
10.2. Iqtisodiyotda matematik uslublar (A.O.Kurno, I.G.Tyunen) 
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko`rinib turibdiki, X1X 
asrning o`rtalarida iqtisodiyot fanida inqiroz holatlari kuzatildi. 
Mafkuraviy yondoshuvni talab qiluvchi g`oyalar tobora kuchayib bordi. 
Siyosiy munozaralarda iqtisodiy ta'limotlardan o`z xohishlaricha 
foydalanish holatlari faollashdi. Iqtisodchi olimlarning obro`yi eng past 
darajaga tushib qoldi. Shu davrda mafkuradan holi bo`lgan tatqiqotlarga 
ehtiyoj sezildi. Xuddi shu davrda iqtisodiyotda matematik uslublarni 
qullash bo`yicha dastlabki tadqiqotlar paydo bo`ldi, bu "marjinalistik 
inqilob" gacha ro`y bergan iqtisodiyotdagi yangi yo`naltirishdir. 
Ko`pgina iqtisodiy xodisa va jarayonlar o`z tabiatiga ko`ra 
miqdoriy xarakterga ega. Odatda iqtisodiy ko`rsatkichlar orasida miqdoriy 
bog`lanish mavjud, masalan, agar ulardan biri o`zgarsa, ma'lum qonun 
asosida o`zaro bog`langan bir yoki bir nechta boshqa ko`rsatkichlar ham 


208 
o`zgaradi. Agar bir tovarga baho oshsa, odatda unga bo`lgan talab 
ko`pincha pasayadi. Bu bog`lanish xarakterini odatda qandaydir funksiya 
bilan ifodalash mumkin. 
Taxminan xuddi shunga o`xshash g`oyalar XVIII asrdayoq ayrim 
olimlar orasida paydo bo`ldi va iqtisodiyotni, iqtisodiy xodisalarni 
o`rganish uchun matematika fanini qo`llash kerak degan fikr yuzaga keldi, 
shunday tadqiqiy intilishlar boshlandi. Keyinchalik esa nazariy iqtisodning 
ayrim bosh masalalarini hal etishda bu usul keng qo`llanila boshladi. 
Iqtisodiy tadqiqotlarda matematik uslublarni ongli ravishda va 
muttasil qo`llagan dastlabki olim fransiyalik Antuan Oyusten Kurnodir 
(1801-1877). Kurnoga kelgusida shon-sharaf keltirgan "Boylik nazariyasi 
matematik prinsiplarining tadqiqoti" asari 1838 yilda bosilib chiqdi. Uning 
hayoti davrida bu asar olimlar o`rtasida deyarlik qiziqish uygotmadi va uni 
ishi yurishmagan "iqtidorli fan fidoyisi" sifatida eslab qoldilar. Ammo bu 
unchalik to`g`ri bo`lmagan fikrdir, chunki u oliy maktab professori, o`quv 
yurtlarining ma’muri lavozimida tinch-osoyishta va ta'minlangan hayotni 
boshidan kechirdi. Lekin u yaxshi va to`q hayot bilan birga, o`zining 
asarlari va g`oyalariga bo`lgan sovuq munosabatni ham doim sezib turdi. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling