Iqtisodiy ta'limotlar
Senior, Bastiya, Keri va boshqalarning iqtisodiy ta'limotlari
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
9.4. Senior, Bastiya, Keri va boshqalarning iqtisodiy ta'limotlari Klassik maktab g`oyalarini boyitishga Angliyada N.Senior, Fransiyada F.Bastia, AQSHda G.Keri, Germaniyada tarixiy maktab namoyandalari katta hissa qo`shdilar. Bular ichida N.Senior alohida o`rin egallaydi. Nassau Vilyam Senior (1790-1864) Londondagi mashhur Oksford universitetining siyosiy iqtisod kafedrasi professori, "tiyilish" va "so`nggi soat" nazariyalarining muallifi sifatida mashhur bo`ldi. N.Senior g`oyalari "Siyosiy iqtisod fani ocherklari" (1836) va "Fabrika qonunchiligi to`g`risidagi xatlar"da bayon etilgan. U o`zining qiymat nazariyasida qiymatni baho bilan bir narsa deb hisoblaydi va qiymat talab bilan taklifga bog`liq, deydi. U mehnat (ishchilarning "qurboni") bilan bir qatorda kapitalistning "tiyilishi"ni ham qiymatning manbayi deb e'lon qiladi. 197 "Tiyilish" nazariyasi. Bu nazariyada N.Senior kapitalni kapitalistning berayotgan "qurboni" deb hisobladi. Uning ta'kidlashicha kapitalist o`z kapitalini ishlab chiqarish sohasiga qo`yganda (investitsiya) o`zining shaxsiy iste'molidan go`yo ma'lum davr "tiyilib" turadi, mehnat esa o`z navbatida ishchining dam olish va tinchlik evaziga qilgan "qurboni" deb qabul qilinadi. Shuning uchun ish haqi va foyda kapitalist va ishchi bergan tegishli "qurbonlar" uchun bab-baravar mukofot emish. N.Senior Rikardoning qiymatni ish vaqti bilan belgilashiga qarshi chiqadi, uningcha foyda kapitalistning "mehnati"dan, foiz esa uning sabr- qanoatidan hosil bo`lishini kashf qildi. N.Seniorning yana bir "kashfiyoti" uning "so`nggi soat" nazariyasidir. Sanoat to`ntarilishi va mashinalarning kirib kelishiga qaramasdan, ishchilarning ish soatlari nihoyatda yuqori bo`lib, shu sababli XIX-asrning 30 yillarida Angliyada 10 soatlik ish kuni uchun kurash kuchayib ketdi. N.Senior esa o`sha davrda mavjud bo`lgan 11.5 soatlik ish kunini qisqartirishning "ilojsizligini" nazariy jihatdan asoslashga urinib, shu ish kunining 10.5 soatida sarflangan kapitalning qiymati yangidan vujudga keladi, faqat oxirgi bir soatidagina foyda yaratiladi, deb uqtirdi. Shu sababli ish kunini 10 soatgacha qisqartirish foydaning yo`q bo`lib ketishiga, bu bilan birga esa ishlab chiqarishni rivojlantirishga har qanday qiziqishning yo`q bo`lib ketishiga olib borgan bo`lar edi, deb da'vo qildi. Bu bilan u sohibkorlarni ochiqdan-ochiq himoya qiladi. XIX asrning 40-50 yillarida fransuz va xalqaro ishbilarmonlar orasida F.Bastianing (1801-1850) nomi va uning iqtisodiy qarashlari keng ommalashdi. U boy fransuz ishbilarmoni oilasida tug`ildi. Bastiya 40- yillari bir qancha pamfletlar chiqarib, ularda erkin savdo foydasiga proteksionizmni inkor etuvchi, vino ishlab chiqaruvchilar manfaatini himoya qiluvchi, sotsialistik g`oyalarga qarshi bo`lgan qarashlarni faol targ`ib etdi. Bu pamfletlar g`oyasi mazmun jihatdan original bo`lmasada, yorqin yozilish shakli bilan ajralib turadi. F.Bastianing eng asosiy g`oyasi jamiyatdagi ijtimoiy antagonizmning mavjudligini inkor etishdir. Uningcha, o`sha davrdagi jamiyat dunyodagi "eng go`zal, mukammal, mustahkam butunjahon assotsia-siyalaridandir. Barcha qonuniy manfaatlar uyg`unlashgandir". F.Bastia 1850 yilda "Iqtisodiy garmoniyalar" kitobini chop etdi. Unda u garmoniya (uyg`unlik)ning asosini almashuv va sof, hech narsa bilan cheklanmagan raqobatda ko`radi. F.Bastia o`z g`oyasini isbotlashda Seyning fikridan foydalangan bo`lib, xizmatlar nazariyasi bunga mos keladi, ya'ni almashuv, xarid - savdo o`zaro teng "xizmatlar"ni almashish 198 demakdir. Sey bo`yicha bu "xizmatlar" nafaqat odamlar, balki buyumlar va tabiat kuchlari tomonidan ko`rsatilsa ham, Bastia jamiyat hayotining qanday sohasida bo`lmasin, faqat shaxsiy xizmatlarni ustun qo`yadi. "Xizmat" deganda ishlab chiqarish davomida real mehnat sarfinigina emas, balki shu xizmatdan foyda keltiruvchi har qanday harakat, faoliyat va kuch tushuniladi. Bundan shu narsa aniq bo`lib qoladiki, qimmat yaratishda ishlab chiqarishga faqat ishchilar emas, balki kapitalist va yer egalari ham katta "xizmat" ko`rsatadilar. Kapitalistning "xizmati" unga foiz olish imkoniyatini berishini F.Bastia shunday ko`radiki, kapitalist kapitalni avans yoki ssuda tarzida sarflab, iste'molni orqaga suradi va uni kapitalistning "qurboni" deb hisoblaydi. Bu yuqorida biz keltirgan Seniorning tiyilish nazariyasining o`zidir. "Tiyilish" so`zi o`rniga "orqaga surish" so`zi qo`yilgan, xolos. Mehnat va kapital o`rtasidagi uyg`unlik, ya'ni garmoniyani yanada to`laroq isbotlash maqsadida Bastia o`zining kapital jamg`arilishi "qonuni"ni yaratdi va unda Rikardoning foyda va ish haqining bir-biriga qarama-qarshi ekanligi to`g`risidagi ta'limotini inkor etishga harakat qildi. F.Bastianing bu "qonuni"ga ko`ra, mehnat va kapital manfaatlari oliy darajada hamohangdir. Oqibatda kapitalistning foydasi va ishchining maoshi bir vaqtda va bir miqdorda oshib boradi, hatto ishchilarning hissasi kapitalistlarnikidan tezroq o`sar ekan, demak, oqibatda kapitalistning foydasi nisbatan kamayadi. U bu fikrni isbotlashga urinib ham o`tirmaydi. Uningcha foyda normasi va kapitalistlarning milliy daromaddagi hissasi masalalarini qorishtirib yuborgan. Foyda normasining pasayib borish tendensiyasi ishchilarni ekspluatatsiya qilishning kuchayishi bilan mos kelishi mumkin, demak kapitalistlarning milliy daromaddagi hissasi ham oshib borishini kutish mumkin. F.Bastia o`zining bu nazariyasi yordamida kapitalistlar va yer egalari o`rtasidagi qarama-qarshiliklarni hal etadi. U yer rentasini yer egasining yoki uning ota-bobolarining shu yerni ishlash va yaxshilash xizmati uchun berilgan mukofot deb hisoblaydi. Shunday qilib kapital va yer egaligi o`rtasidagi uyg`unlik shu bilan hal etiladiki, yer rentasi yerga qo`yilgan kapital foizining bir ko`rinishiga aylantiriladi. Bunday izohlash yer rentasining iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatini inkor etadi, uning foydadan hech qanday farqi qolmaydi. Ishlanmagan yerlardan olinadigan renta umuman bu sxemaga mos kelmaydi. Demak, Bastianing izohi bo`yicha o`sha davrdagi burjua jamiyati turli sinflar o`rtasidagi o`z xizmatlari bilan almashib turuvchi "uyg`unlashgan hamkorlik" jamiyati tarzida namoyon bo`ladi. Iqtisodiy 199 erkinlik bu xizmatlar almashuvining ekvivalentligining garovi hisoblanadi, chunki bu erkinlik nomutanosib harakatlarning oldini oladi. Proteksionizmni cheklanmagan erkin raqobat bilan almashtirish esa sotsialistlarning jamiyatni mukammalroq iqtisodiy jamiyatga aylantirish to`g`risidagi chaqiriqlariga qarama-qarshi qo`yiladi. 1775-85 yillardagi mustaqillik uchun Shimoliy Amerika va Angliya o`rtasidagi kurashda qozonilgan g`alaba tufayli AQSH davlati vujudga keldi. Hokimiyat tepasiga yangi sinf - burjuaziya o`tirdi. AQSH burjuaziyasi ingliz burjuaziyasidan anchagina farq qilar edi. AQSHdagi hukmron sinf 1865 yilgacha qullikni saqlab qoldi va ingliz siyosiy iqtisodiga zid ravishda o`z siyosiy iqtisodini yaratishga tayyor edi. Biroq AQSHda siyosiy iqtisod klassik asosda vujudga kelmadi. Buning sababi shuki, XIX asrning 20-30 yillarida AQSHda kapitalizmning nisbatan tez rivojlanishi ishchilar harakatining vujudga kelishiga va tez o`sishiga olib keldi. Ayni vaqtda ish tashlashlar bo`lib turdi. Siyosiy kurashning keskinlashuvi vulgar siyosiy iqtisod uchun zamin yaratdi. Bundan tashqari klassik siyosiy iqtisod AQSHda qulchilikning saqlanib qolishini tanqid qi- lar edi. Shu sababli AQSHda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy fikr klassik maktabga qarshi chiqdi. Bu g`oyalar Genri Charl'z Keri (1793-1879) tadqiqotlarida o`z aksini topdi. Yirik noshirning o`g`li bo`lgan G.Keri kommersiya sohasida katta yutuqlarga erishdi. Boyib olgach, yirik fabrikantga aylandi va iqtisodiy tadqiqotlarga kirishdi. U bir qancha iqtisodiy asarlar muallifi edi. 1837-40 yillarda uning "Siyosiy iqtisod prinsiplari" va 1857-59 yillarda "Ijtimoiy fanlarning asoslari" nomli asarlari chop etildi. Bu asarning qisqacha varianti 1865 yilda "Ijtimoiy fanlar uchun qo`llanma" nomi bilan chop etildi. Yuqorida eslangan F.Bastia shu amerikalik olimdan ilhomlandi. G.Ch.Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSH kapitalizmini madh etdi. Uning asosiy asari "Manfaatlar uyg`unligi" (1872) kitobidir. G.Kerining qarashlari Angliyaga qarshi ruhda edi. U Rikardon- ing ta'limoti va Maltus aqidalarini rad qildi. G.Kerining metodologiyasi subyektiv idealizm va mexanitsizm bi- lan obyektiv iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlariga almashtirish bilan xa- rakterlanadi. G.Keri hamma iqtisodiy kategoriyalarni ta'riflab berishga intildi. U qiymatni insonning tabiatga hukmronligi o`lchovi deb, predmetga ega bo`lish uchun bartaraf qilish zarur bo`lgan qarshi harakat deb ta'rif berdi. U 200 narxni predmetning o`zini ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb hisobladi. Kapital odamlarning tabiat kuchlarini boshqarish imkoniyatini olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol deb tushundi. G.Keri D.Rikardoning yer rentasi nazariyasini tanqid qilib, uni yalpi kurash naz- ariyasi (ya'ni Rikardo shu nazariya yo`li bilan go`yo sinflar o`rtasida uru- shni avj oldirdi), deb hisobladi va Rikardoni "kommunizm otasi" deb, unga xuruj qildi. G.Kerining o`zi esa rentani yer egalarining mehnati uchun mukofot deb hisoblab, uni foiz bilan aynan bir narsa deb tushundi. Kerining iqti- sodiy ta'limotida burjua jamiyatida "barcha chin va haqiqiy manfaatlarin- ing to`la-to`kis uyg`unligi" mavjudligini isbotlamoqchi bo`ldi. U taqsimot qonunini o`z nazariyasiga asos qilib oldi. G.Keri proletariat bilan burjuazi- ya manfaatlarining bir xilligini go`yo kapitalistik jamiyatda mehnat unum- dorligi oshishi bilan ish haqi ham oshib boraveradi, shuning natijasida ish- chi bilan kapitalistning iqtisodiy ahvolidagi tafovut asta-sekin kamayadi, degan qoida bilan asoslamoqchi bo`ldi. G.Keri kapitalistik jamiyatda aholining nisbiy ko`payishi va ek- spluatatsiya kuchayishi faktlarini mutlaqo inkor qilib, ishchilar sinfi fa- rovonligining oshib borishi texnika taraqqiyoti bilan bog`liq. XIX asrda Kerining qarashlari, uning antagonistik jamiyatdagi manfaatlar uyg`unligi nazariyasi ko`pchilikka ma'lum bo`lib, burjuaziya siyosiy iqtisodini Gegellashtirishga katta ta'sir ko`rsatdi. "Manfaatlar uyg`unligi" nazariyasining asosiy qoidalarini hozirgi zamon siyosiy iqti- sodi qaytadan tiklamoqda. G.Keri yuqorida biz bayon etgan kapitalistik munosabatlarning bekamu ko`stligi, sinfiy manfaatlarning hamohangligi va boshqa "uyg`unliklar" to`g`risida ko`p yozdi. Lekin uning g`oyalari Bastiadan bi- roz farq qiladi. Keri qullikni qo`lladi (bu davrda AQSHning janubida hali qul plantatsiyalari mavjud edi). Proteksionizm siyosati ham himoya qilindi, chunki AQSH hali yosh davlat sifatida sanoati pastligi tufayli unga muhtoj edi, chunki Angliya sanoati bilan ochiq raqobatda yengishi qiyin bo`lgan. Shular tufayli Smit va Rikardolarning fritrederlik (erkin savdo) siyosati to`g`ri kelmay qoldi. Ayniqsa, Rikardoning burjua jamiyatidagi sinflar o`rtasidagi manfaatlarning qarama-qarshi ekanligi ko`pchilikka ma'qul bo`lmay qoldi. Kerining fikricha Rikardoning tuzumida dushmanlik ruhi bo`lib, millat, sinf, ijtimoiy guruhlar o`rtasida urush keltirib chiqaradi. Va- holanki, bu guruhlar o`rtasida bekamu ko`st uyg`unlik mavjud emish. Kerining "Manfaatlar uyg`unligi nazariyasi" asosida uning "taqsimot qonuni" yotadi, unga ko`ra mehnat unumdorligining o`sishi bilan 201 ishchilar hissasi absolut va nisbiy jihatdan ussa, kapitalistlarniki esa aksin- cha pasayadi (tanish gaplar). Shunday yo`l bilan mehnat va kapital o`rtasidagi antagonizm yo`q qilinadi. Bunda yaxshi ma'lum tezis - unumli kapital g`oyasidan foydalaniladi (unga ko`ra tadbirkor qonuniy foyda olishi kerak). G.Kerining g`oyasi bo`yicha tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga ketgan amaliy mehnat miqdori bilan emas, balki ma'lum sha- roitda sarflangan ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi (bu fikr ham ilgari eslangan). Ammo, mehnat unumdorligining o`sishi bilan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun, shu jumladan ishlab chiqarish vositalariga sarf-harajatlar kamayadi. Bu esa, G.Keri bo`yicha kapitalning qimmati pasayishiga olib keladi. Ishlab chiqarish vositalari kapital bilan bir deb qaraladi. Oqibatda foiz ham, kapital egasi oladigan mahsulot hissasi ham pasayadi, shunga mos ravishda mehnat qimmati va uning mahsulotdagi hissasi oshib boradi. Bu g`oyalarning hammasini qo`llash qiyin (bu haqda yuqorida ham aytilgan), chunki foiz qiymatning bir qismi bo`lib, avvalgi mehnatga hech qanday aloqasi yo`q. Mehnat unumdorligining o`sishi ishchilarning tiri- kchilik vositalari qiymati pasayishi bilan bog`liq, bunda ishchi kuchi qiymati ham pasayadi, kapitalistning milliy daromaddagi hissasi esa oshib boradi. Keri kapitalist va yer egasi "manfaatlari uyg`unligi"ni isbotlab ber- ishga intiladi. Bunda ham u Rikardoga qarshi chiqadi, ayniqsa, unumdorli- gi past yerlarni ishga tushirishga mone'lik bildiradi. Keri Bastia kabi rent- ani aslida kapitalga foiz shakli sifatida qaraydi, dehqonchilik xususiyatlarini inkor etadi. Keri "millatlar uyg`unligi" haqida ham gapirib, jahon ishlab chiqarishini mahalliy markazlarga taqsimlash zarurligini aytadi, chunki bu yerlarda qishloq xo`jaligi va sanoat tabiiy holda uyg`unlashgan. Shularni hisobga olib, Keri Buyuk Britaniyaning sanoat va mustamlakachilik mo- nopoliyasiga qat'iy qarshi chiqadi, boshqa davlatlarni agrar xom ashyo manbayiga aylantirish siyosatini inkor qiladi va shu maqsadda proteksion- izmni keng qo`llash kerak, deydi. Shunisi qiziqqi, burjuaziya manfaatlarini himoya qilib, gohida fritrederlik (F.Bastia), ba'zida proteksionizm (Ch.Keri) "uyg`unlik"ning doimiy sharti deb e'lon qilinaveradi. Nasriddin Afandi aytganidek: "Xohlang unisini, hohlang bunisini oling..." 202 XULOSA Klassik maktab rivojining bu bosqichi D.Rikardo, J.B.Sey, T.Maltus va boshqalarning g`oyalari muhimdir. Rikardo Smitdan keyin yashaganligi sababli fabrika ahamiyatini to`g`ri tushundi. Klassik g`oyalarni to`la qo`llagan holda, uning o`ziga xos fikrlari mavjud. Masalan, renta nazariyasi hozirgacha ahamiyatini yo`qotmagan. Uning mehnat taqsimoti va tashqi iqtisodiy aloqalar g`oyasi nisbiy afzallik prinsipiga asoslanadi. Savdoda fritrederlik qo`llab- quvvatlanadi, "Sey qonuni" ni ma'qullaydi. Bu davrdagi iqtisodiy qarashlarda J.B.Sey alohida o`rin egallaydi, uning "bozorlar qonuni" deyarli bir asr hukmronlik qildi, uning ishlab chiqarish uch asosiy omillari hozirgacha ahamiyatini yo`qotmagan. T.Maltusning "aholi nufuzi nazariyasi", arifmetik (tirikchilik ne'matlari o`sishi) va geometrik (aholi soni) progressiyalari, "tuproq un- umdorligi pasayib borish qonuni" katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Mal- tusga xos xususiyat shuki, u inqirozlar bo`lishini tan oladi, ammo ular vaq- tincha bo`lishini ko`rsatadi. Seniorning "tiyilish" va "so`nggi soat" nazariyalari sohibkorlar (kapital egalari) va mehnatkashlar o`rtasida hech qanday ziddiyat yo`q de- gan muammoni yechishga bag`ishlangan. Xuddi shunday fikrlar Fransuz Bastiya va amerikalik , Keriga tegishli, ular iqtisodiyotda to`liq garmoniya, uyg`unlik mavjud degan g`oyalarni ko`tarib chiqadilar. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling