Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
T.Maltus yashagan davr Angliyada sanoat inqi-
lobi amalga oshayotgan yillar bo`lib, qayta ishlab chiqaruvchilar ommaviy qashshoqlashdi, ishsizlar armiyasi ko`paydi, ishchilarning iqtisodiy ahvoli tobora yomonlashdi. Xuddi shu holatlarga baho berish, uni izohlash, bu ahvolning sababi nimada ekanligini tushuntirish Maltusga nasib etdi. Uning asosiy asarlari quyidagilar: "Aholi nufuzi qonuni to`g`risidagi tajriba" (1798), "Yer rentasining tabi- ati va o`sishi to`g`risidagi tajriba" (1815), "Siyosiy iqtisod prinsiplari" (1820 yilda yozilgan va avvalgi kitobni qayta ishlab, ikki jildli asarga aylantiril- gan). Bu asar uning do`sti D.Rikardoning "Siyosiy iqtisodning boshlanishi" asaridan uch yil keyin chiqqan bo`lib, nazariy metodologik jihatdan undan keskin farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus lendlordlar manfaatini himoya qiladi, ammo yer egalari va kapitalist- fabrikantlarning manfaatlari mos kelsa va ishchilarga qarshi qo`yilsa, ularning ikkalasini qo`llab-quvvatladi, hukmron sinflarni oqladi, omman- ing ochyalang`ochligi va og`ir ahvolida ularning hech qanday aybi yo`qligini isbotlamoqchi bo`ldi. Mavjud tizimni takomillashtirish keraklig- ini u xayoliga ham keltirmadi, buni o`ziga xos utopiya deb hisobladi. Asosiy iqtisodiy masalalarni yagona bir omil asosida oddiy-gina tushuntirishga harakat qilinadi. Tadqiqot predmeti sifatida avvalo ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish yo`li bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko`paytirish masalasi qaraladi. Shu bilan birga, birinchi marta iqtisodiy o`sish muam- mosini aholining o`sishi bilan bog`lashga harakat qilingan. Avvalgi T.R.Maltus 191 tadqiqotlarda aholi o`sishi o`z-o`zidan milliy xo`jalik rivojiga olib kelishi (va aksincha) masalasi qo`yilgan bo`lsa, bu olim muammoga o`ziga xos ravishda yondoshadi. Tadqiqot usulida iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan olgan holda, iqtisodiy o`sish sur'atlari bilan aholi soni o`rtasida o`zaro aloqador- likni ilmiy jihatdan isbotlashga o`rinining o`ziga xos yo`llari mavjuddir. Jahonga ma'lum bo`lgan Ch.Darvin, D.Rikardo va boshqalarning qarashlari unga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Bu olim metodologiyasining yangiligi va ahamiyati shundaki, un- dan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qashshoqlik sabablarini aniqlash va undan chiqish uchun amaliy xulosalar chiqarish mumkin, yashash min- imumi sifatida belgilanadigan tirikchilik vositalari va aholi o`sish soni o`rtasidagi oddiy nisbatni isbotlashga harakat qilinadi. M. Blaugning ta'kidlashicha, Maltus bo`yicha insoniy jamiyatni sotsial qonunlar (sotsial islohotlar) yordamida har qanday ongli takomil- lashtirishga urinish yengib bo`lmas insonlar ommasi tomonidan surib tash- lanadi va shu sababli har bir odam o`zi haqida o`zi jon kuydirmog`i va o`zining xatolari uchun to`la javob berishi kerak. Aholi nufuzi nazariyasi Maltus go`yoki tarixiy manbalarga asos- lanib, insoniyatning nihoyatda tez o`sganligini isbotlashga urinadi. Bu o`sish tirikchilik vositalari, kamchiligi kasalliklar, urushlar, chaqaloqlarni o`ldirish, tug`ilishni ixtiyoriy tartibga solish yo`li bilan sekinlashtiril- maganda ahvol bundan ham yomon bo`lar ekan. Maltus tabiat bilan hamohang o`simlik va hayvonlarning cheksiz ko`payishi va yashash uchun kerakli mablag`lar o`sishi yo`nalishlarini tadqiq etadi. Agar insonlar har 25 yilda ikki marta ko`payib, geometrik progressiya asosida ortib borsa (1, 2, 4, 8, 16, 32, 64, 128, 256 va hokazo), tirikchilik vositalari eng qulay sharoitlarda ham arifmetik progressiya aso- sidagina ko`payishi mumkin (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 va hokazo). Bunday sharoitda 200 yildan so`ng aholi sonining tirikchilik vositalariga nisbati 256 : 9, 300 yildan so`ng esa 40096 : 13 bo`ladi va hokazo (2-jadvalga qarang). Tirikchilik vositalariga nisbatan doimo tezroq ko`payishga intilishi "aholining nufuz qonuni"dir, bu qonun jamiyat paydo bo`lgandan buyon mavjud bo`lib, doim va kudratli harakatdadir. Aholining ortiqcha qismi za- rurat tufayli ochlik, yalang`ochlik va qirilishga mahkum etilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling