Iqtisodiy ta'limotlar


Fransiyada vujudga kelgan J.B.Seyning


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

 
9.2.Fransiyada vujudga kelgan J.B.Seyning 
iqtisodiy ta'limoti. "Sey qonuni" 
Fransiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarning rivoji Jan Batist 
Sey (1767-1832) nomi bilan bog`liq. Bo`lajak olim Lionda savdogar 
oilasida tug`ildi va keyinchalik yirik fabrikantga aylandi. U yaxshi ta'lim 
oldi, ammo savdo sohasida ancha erta xizmat qila boshladi. O`zi o`qidi. U 
inqilobni qo`lladi. Napoleon Bonapart hukumatida moliya sohasida ishladi. 
Uning birinchi asari "Siyosiy iqtisod risolasi" 1803 yilda chiqdi va hayoti 
davomida besh marta qayta nashr qilindi, qayta ishlandi va uning bosh 
asari sifatida qoldi. 1817 yilda "Siyosiy iqtisod katexizisi" (Katexizis - 
grekcha "nasixat", "qo`llanma" mazmuniga ega), 1828-30 yillarda olti 
tomlik "Siyosiy iqtisod kursi" kitobi ham chop etildi. Bu kitoblarda u 


185 
sanoat burjuaziyasi tarafdori, merkantilizm dushmani va iqtisodiy 
liberalizmni qo`llab-quvvatlovchi olim sifatida ma'lumdir. 
Sey Smit ta'limotini targ`ib etish va sistematik izohlash bahonasida 
uning ilmiy jihatdan ancha bo`sh g`oyalarini rivojlantirdi va tartibga soldi. 
D.Rikardo bu olimning ilmiy merosiga yuqori baho berdi va uning, ya'ni 
"Sey qonuni" ni tan olgan. 
Olimning tadiqot predmeti sifatida avvalo jamiyatning moddiy 
farovonlik problematikasi qaraladi, boylikning manbayi esa millatning 
iqtisodiy potensialiga bog`liqdir.
Tadqiqot uslubida esa aniq fanlar (mas.,fizika) tajribasidan 
foydalanish kerak deydi. Metodologik jihatdan bu universal va hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo`lgan qonun, kategoriya va nazariyalar tan olnishi zarur 
- deganidir. Taniqli iqtisodchi J. K.Gelbreyt fikricha, "Sey qonuni"ni tan 
olish yoki olmaslik XX asrning 30-yillarigacha iqtisodchilarni 
ahmoqlardan ajratish belgisi sifatida qaralgan. Bu qonunda bozor 
iqtisodiyoti sharoitida jamiyat sinflari manfaatlarining uyg`unligi( 
garmoniyasi) asosiydir. Lekin uning fikrlarida o`ta soddalik va yuzalik 
alomatlari ko`pdir. 
Sey siyosiy iqtisodni uch qismga bo`ladi: ishlab chiqarish, taqsimot 
va iste'mol. Bu klassifikatsiya takror ishlab chiqarish jarayoni unsurlari 
o`rtasidagi yuzaki bog`lanishni aks ettiradi. Taqsimot va iste'molning 
iqtisodiyot fanining mustaqil bo`laklari sifatida ajratilishi va ularning 
mustaqil soha sifatida ishlab chiqarish bilan yenma-en qo`yilishi ijtimoiy 
ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o`rtasidagi haqiqiy aloqalar buzib 
ko`rsatiladi, chunki ma'lum tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari doim 
taqsimot va iste'molning ma'lum tarkibini vujudga keltiradi.
Sey Smitni qo`llaydi, ammo ko`p masalalarda u 
bilan kelishmaydi. Masalan, uningcha qiymat bir 
qancha omillarga bog`liq qilib qo`yiladi: tovarning 
subektiv foydaliligi, uning ishlab chiqarish chiqimlari, 
talab va taklif. Seyda kapitalning ekspluatatsiya 
mohiyati butunlay yo`q va bu jarayon ishlab chiqarish 
omillari nazariyasi bilan almashtiriladi. Ammo, u 
iqtisodiy liberalizm (laissez faire) pritsinsipi, "kichkina 
va arzon davlat" va uning iqtisodiyotga aralashuvini 
keskin qisqartirish tarafdori sifatida Smit bilan hamohang. Sey bu sohada 
fiziokratik an'analarga yaqin bo`lgan. Uning iqtisodiy liberalizm tamoyili 
Napoleonning iqtisodiy siyosatiga to`g`ri kelmas edi (kontinental blokada 
siyosati 
Angliya 
bilan 
iqtisodiy 
aloqalarni 
keskin 
cheklagan). 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling