Iqtisodiy ta'limotlar


Iqtisodiy fanlarning o`zaro aloqadorligi


Download 2.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/152
Sana02.12.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1780126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar

Iqtisodiy fanlarning o`zaro aloqadorligi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Manba: Новая экономическая теория (Политэкономия). Учебник М. Промоме-
дия.1995, стр. 30 
Ayniqsa hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga 
jo`shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to`g`risida imkoni 
boricha ko`proq bilishga intilmoqdalar. Xo`sh, ummon kabi keng 
iqtisodiyot fanini o`rganishda nimadan boshlamoq kerak, degan savol 
tug`ilishi tabiiy. 
Aniq-iqtisodiy fanlar, tar-
moqlar iqtisodiyot, korxon-
alar iqtisodiyoti, mamla-
katlar iqtisodiyoti va 
boshqalar 
UMUMIY 
IQTISODIY 
NAZARIYA 
Informatsion-tahliliy fanlar, 
iqtisodiy-matematik usullar, 
statistika xo`jalik faoliyati 
tahlili 
Maxsus iqtisodiy shakl va 
tashkilotlar iqtisodiyoti; 
moliya; kredit; marketing; 
tabiatdan foydalanish iqti-
sodiyoti va boshqalar 
Tarixiy iqtisodiy fanlar, 
iqtisodiy ta’limotlar tarixi, 
iqtisodiyot tarixi 



Bizningcha, bu ishni, shifokor davolanuvchini tuzatishni uning 
kasallik tarixidan boshlagani kabi, tarixdan boshlash zarur. Albatta, 
bugungi va ertangi kun muammolarini to`la hal etishda o`tgan asr 
iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, 
ammo, o`tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak 
to`g`risida to`g`ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. 
Aniqrog`i, velosipedni qayta kashf qilishga hojat qolmaydi, tarixiy tajriba 
shunisi bilan ham qimmatlidir. 
Ammo, shunday bo`ldiki, oxirgi 25-30 yil davomida bu fanlarga 
kam e'tibor berildi, hatto "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" qatag`onga uchradi, 
faqat mustaqillik yillari bu fanni oliy o`quv yurtlarida qaytadan o`qitish 
boshlandi. Bu o`z-o`zidan bo`lgani yo`q, albatta. 
Sovetlar tuzumi davrida ko`pgina fanlar, shu jumladan, iqtisodiyot 
fani sinfiylik, partiyaviylik mafkurasi asosida o`rganildi, marksizm-
leninizm g`oyalari birdan-bir to`g`ri ta'limot deb qabul qilindi va barcha 
masalalar yechilgan, tarixga, uzoq o`tmishga hech qanday hojat yo`q, 
degan umumiy qayfiyat yuzaga keldi. Sotsialistik va kommunistik jamiyat 
qurishda dasturilamal bo`lgan mafkuraga muqobil bo`lgan barcha fikrlar 
tanqidga uchradi; asosiy e'tibor markscha-lenincha iqtisodiy ta'limotni 
o`rganishga, kapitalizm, bozor munosabatlarining kelajagi yo`qligini 
zo`rma-zo`raki "isbotlash"ga qaratildi. 
Ammo, bu yo`l tarix sinovidan o`tmadi. Iqtisodiyotda sinfiy, 
mafkuraviy tamoyillar ertaklardagi qum saroylari kabi vayron bo`la 
boshladi. Tabiatning yomon ob-havosi bo`lmaganidek, tarix ham bo`lib 
o`tgan yaxshi yoki yomon voqealar uchun hech kim oldida tavba-tazarru
qilmaydi. 
Hozirgi davr olimlari avvalgi mualliflardan ko`ra ko`proq biladilar, 
bu obyektiv jarayon, ammo shunisi ham ayni haqiqatki, biz ular tufayli 
ham shu narsalarni bilamiz. 
Yana shuni ham alohida ta'kidlab o`tish kerakki, sobiq SSSR 
davrida qaysi fanni o`qish, qanday dastur v` darslik asosida o`qitish 
"markaz"ning to`la ixtiyorida bo`lgan. Tarjima qilish ham shu yo`sinda 
olib borilgan. Oxir-oqibat o`zbek tilida biror jiddiy asar yaratishga yo`l 
berilmagan. 
Ayniqsa, 
Sharq, 
xususan 
O`rta 
osiyolik 
olimlar, 
donishmandlar va allomalarning iqtisodiyot va boshqa fanlarga qo`shgan 
hissasi doimo kamsitib kelingan. 
Mustaqil taraqqiyot yo`liga o`tgan o`zbekistonlik olimlar oldida, 
ko`pgina fanlar kabi, iqtisodiyot fani borasida ham katta ishlarni amalga 
oshirish vazifasi turibdi. Yangi dastur, o`quv qo`llanma va darsliklar 



yaratish eng muhimdir. Iqtisodiyot insoniyat tarixi kabi qadimiydir. 
Iqtisodiyotga oid fikr, g`oya, qarash, nazariya va ta'limotlar ham ko`p ming 
yillik tarixga ega. Lekin ularning asosiy qismi yozuv paydo bo`lganidan 
so`ng, yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan. Bu manbalar, ulardagi 
g`oyalar avvalo insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o`rganish va 
kelajak uchun saqlash savobli bo`lsa, ulardagi nodir fikrlarni hayotga tatbiq 
etish ham nazariy, ham amaliy ahamiy`t kasb etadi, katta tarbiyaviy 
ahamiyatga ega. 
Iqtisodiyot baynalmilal xodisa bo`lib, uning oldida turgan vazifalar 
barcha xalqlar va mamlakatlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish 
davomida turlicha natijalarga erishganlar. Hozirgi davrda ham bozor 
iqtisodiyotining prinsiplari hamma uchun bir xil bo`lishiga qaramasdan 
natijalar turlichadir.XVIII asr oxirida klassik iqtisodiy maktab vakillari 
Adam Smit va David Rikardo obyektiv, ya'ni inson xohishiga bog`liq 
bo`lmagan, ammo, ular tomonidan o`rganilishi mumkin bo`lgan qonunlar 
asosida amal qiluvchi xo`jalik tizimi to`g`risidagi ta'limotni yaratdilar. 
Ularning fikricha, davlatning iqtisodiy siyosati bu qonunlarga xilof 
bo`lmay, aksincha, bu qonunlarga suyanishi kerak, ana shunda iqtisodiyot 
ravnaq topadi va aksincha. Demak, bu qonun va qonuniyatlarni bilish, 
ulardan amaliyotda to`g`ri foydalanish hayot talabi bo`lib bormoqda. Uzoq 
o`tmishdagi ko`pgina o`gitlar, hayotiy tajribalar, allomalarning fikri va 
g`oyalari hozirgi kunda asqotmoqda, ularni o`rganish va eng muhimi 
hayotga tadbiq etish zarur. 
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi deyarli to`rt ming yillik rivoji davomida 
bir qancha bosqichlarni bosib o`tdi. Ularning turli yo`nalishlari va 
maktablari mavjud (1-chizmaga qarang). 
Hozirgi davrda O`zbekiston Respublikasidagi 60 dan ortiq oliy 
o`quv yurtlarining ko`pchiligida, iqtisodiyot universiteti, in-stituti, ayrim 
fakul'tet va guruhlarida "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" iqtisodiy zarur fan 
sifatida o`qitilmoqda. Ayrim akademiya, kollej, iqtisodiy yo`nalishdagi 
litsey, o`rta maktablarda "Iqtisodiyot tarixi" va "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" 
ham maxsus fan sifatida o`qitilmoqda. Ammo bu fanlarni o`qish va 
o`qitish bilan bog`liq bo`lgan uslubiy ishlar aslini olganda bir kafedrada 
olib borilmoqda. 
1963 yili, Toshkent Xalq xo`jaligi instituti, hozirgi iqtisodiyot 
universitetida taniqli iqtisodchi olim SAIDAHMAD G’ULOMOVICH 
G’ULOMOV (1910-1994) tashabbusi bilan tashkil etilgan, hozircha 
O`zbekistondagi, hatto Markaziy Osiyodagi yagona "Iqtisodiy tarix" 
kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan baholi qudrat dastur, o`quv 



qo`llanmalari va boshqa materiallar tayyorlanmoqda va nashr etilgan. 
Kafedra rasman bo`lmasa ham amalda uslubiy markazga aylangan. Ammo 
yaratilgan materiallar sifatini jahon andozalari darajasiga ko`tarish vazifasi 
turibdi.
1992 yili kam tirajda chop etilgan ma'ruzalar matni, 1997 yili 
chiqqan o`quv qo`llanma allaqachon tarqalib, yangi darslik yaratish zarur 
bo`lib qoldi. 

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling