Iqtisodiy ta'limotlar
Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
12.4. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari
XIX asrning o`rtalarida iqtisodiy ta'limotlar tarixida yangi bir yo`nalish - marksizm vujudga keldi. K.Marksning nomi ko`pchilikda inqi- loblar bilan bir deb qaraladi. Haqiqatdan ham bu fikrda jon bor, chunki u F.Engel's bilan birgalikda proletariatning kapitalizmga qarshi kurashi za- rurligini isbotlovchi nazariyaga asos soldi, buni tasodifiy hol deyish qiyin, chunki shu davrda kapitalistik xo`jalik rivoji, sanoat to`ntarilishining ayrim (Angliya va G’arbiy Yevropa) mamlakatlarda nihoyasiga yetganligi, sano- atning iqtisodiyotda yetakchi rolni egallashi, ishchilar sinfining jamiyat- dagi mavqeining keskin oshganligi, kapitalistik jamiyatning feodalizmdan ustunligi namoyon bo`lishi bilan birga uning bir qancha illatlari ham mavjudligi (ishsizlik, ish vaqtining uzunligi, maoshning kamligi, iqtisodiy inqirozlar, mulkiy va sinfiy tabaqalashuvning tobora kuchayishi, mustam- lakachilik va boshqalar) prinsipial yangi ta'limot paydo bo`lishiga asos bo`ldi. O`z davrida burjua olimlari deb atalgan tadqiqotchilar (Sismondi, Prudon, qisman Smit, Rikardo), xayoliy sotsialistlar va boshqalar kapitalis- tik tizimning bir qancha negativ tomonlarini ochib bergan edilar. Ana shu illatlar bu davrda keskin kuchaydi, mehnat va kapital, ishchilar va sohibkorlar o`rtasidagi qarama-qarshilik tobora ortib bordi. 1831-34 yillar Fransiyada Lion to`quvchilari, 30-40 yillarda Angliyadagi vuddistlar va chartistlar harakati ishchilar sinfining mustaqil sinf sifatidagi chiqishlari edi. 1844 yilda Sileziya to`quvchilarining qo`zg`oloni Germaniyadagi inqi- lobiy harakat darakchisi bo`ldi. 1848 yilda burjua inqilobi tufayli marksiz- mning vujudga kelish jarayoni yanada kuchaydi. Avvalgi davrdagi iqti- sodiy talablar asta-sekin siyosiy tus ola boshladi. Vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoit va avvalgi davrdagi bir qancha iqtisodiy g`oyalar asosida, birinchi navbatda klassik iqtisodiy maktab, utopik sotsializm ta'limotlari tufayli marksizm shakllan- di. Kapitalistik tuzum, hozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodining bekamu ko`st emasligi, uning ijobiy tomonlari bilan birga hal etilishi shart bo`lgan muammolarining ham mavjudligi yangi iqtisodiy ta'limot paydo bo`lishiga turtki bo`ldi. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling