“Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o‘sish va milliy boylik”


Download 52.13 Kb.
bet2/2
Sana15.10.2023
Hajmi52.13 Kb.
#1704064
1   2
Bog'liq
TEST

SAVOL – JAVOB
1.Iqtisodiy taraqqiyotning asosiy mazmuni ta’riflab bering.
Javob: Pastdan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikga tomon to’xtovsiz to’lqinsimon harakati
2. Ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi nima deyiladi ?
Javob: Ekstensiv iqtisodiy o‘sish
3. “Intensiv iqtisodiy o‘sish” atamasini izohlab bering.
Javob: Ishlab chiqarish omillarini rivojlantirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi.
4. Milliy boylik deganda nimani tushunasiz?
Javob: insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari
5. Milliy boylikni shartli ravishda uchta yirik tarkibiy qismga ajrating.
Javob: 1. Moddiy-buyumlashgan boylik. 2. Nomoddiy boylik. 3. Tabiiy boylik.
6. Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan ashyoviy – buyum ko‘rinishga ega bo‘lgan qismi nima deyiladi ?
Javob: Moddiy-buyumlashgan boylik
7. Tabiiy boylik nima ? Javob: Milliy boylikning tabiatda mavjud bo‘lib, insoniyat tomonidan foydalanishga jalb qilingan tabiat ashyolari va kuchlari (er, qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va boshqalar).
8. Ma’naviy boylik nima ? Javob: Ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy boyliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalari.
9. Takror hosil qilinadigan resurslarga misollar keltiring.
Javob: O‘rmonlar kesilgan daraxtalr o‘rniga yangilarini o‘tqazish mumkin, tuproq qoplami misol bo‘la oladi.
10. Takror hosil qilinmaydigan resurslarga misollar keltiring.
Javob: tabiiy sharoitlarda ularni hosil qilish uchun minglab va hatto millionlab yillar talab qilinadigan neft, ko‘mir, temir rudasi va hokazolar kiradi.
11. “Taraqqiyot muayyan bir narsa, voqea hodisa va jarayonlarning ma’lum tomonga, ya’ni pastdan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka tomon yo‘naltirilgan harakatining bir ko‘rinishidir”. Ushbu ta’limot kimga tegishli.
Javob: Nemis mumtoz falsafasining yirik namoyondasi Gegel
12. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy o’sish masalasi bo‘yicha shakllangan nazariyalarni asosan ikki yo‘nalishga ajratish mumkin. Bular qaysilar.
Javob: Birinchisi, klassik nazariya; ikkinchi yo‘nalishi J.M.Keyns va keynschilar nazariyasi
13. Yangi klassik nazariyaning asoschilari kimlar ? Javob: A.Marshal, L.Valras va M.Fridman
14. Kimning iqtisodiy o’sishga bergan ta’rifi iqtisodiy o‘sish bilan iqtisodiy taraqqiyotning mazmunini chalkashtirib yuborgan?
Javob: S.Kuznets
15. U iqtisodiy o‘sish bosqichlari bilan bir qatorda jamiyatning tarixiy evolyutsiyasini yaratishga xarakat qilgan. U jamiyat va iqtisodiyot bosqichlarini aniqlashda uch belgiga ajratgan. Gap kim haqida ketyabdi ? Javob: U.Rostou
Download 52.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling