IQTISODIY TARIX FANIGA KIRISH
1-Mavzu:
Jahon iqtisodiy tarixini oʼrganish
yoʼnalishlari. Qadimgi dunyo iqtisodiyotining rivoji.
Oʼrta asrlarla Yevropaning iqtisodiy rivojlanishi.
Yangi davrda industrial tizimni vujudga kelishi
(XVIII asr). Industrial sivilizatsiya shakllanishi
davrida Yevropa iqtisodiy taraqqiyot (XIX acp).
Yangi davr аqsh (XVIII asrning oxiri - XIX asrning 70
y.gacha)
IQTISODIY TARIX FANIGA KIRISH
Tayanch atamalar va iboralar:
iqtisodiy tarix, predmet, me-
tod, tarixografiya, “fransuz agrar tarixi”, “yangi iqtisodiy tarix”,
davrlashtirish.
■ Reja:
1.1. Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi.
1.2. Iqtisodiy tarix fanining predmeti, metodlari va vazifalari .
1.3. Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi.
1.1. Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi
“Iqtisodiy tarix” fani G‘arbiy Yevropada
XIX asrning ikkinchi
yarmida yuz bergan shiddatli iqtisodiy jarayonlar ta’sirida yuzaga
keldi va u “Siyosiy iqtisod”dan ajralib chiqdi. U XIX–XX asrlardan
boshlab Yevropa universitetlarida mustaqil fan sifatida o‘qitila
boshlandi, bundan tashqari, bularning hammasi rahbar xodimlarni
tayyorlash hamda siyosiy sohada islohotlarni oqilona va samarali
amalga oshirish uchun xizmat qildi.
Shu tariqa, 1895 yilda London universiteti qoshida iqtisodiyot
va siyosiy bilimlar maktabi tashkil etilib unga ixtisoslashtirilgan
kollej va 1896 yilda esa unga universitet qoshidagi alohida bo‘lim
maqomi berildi. Unga Buyuk Britaniyalik
iqtisodiyot tarixining
dastlabki namoyondalaridan biri bo‘lgan U.Xyuins boshchilik
qildi.
“Iqtisodiy tarix”
siyosiy fanlar, sotsiologiya,
huquq kabi fanlar
bilan birga barcha o‘quv rejalarida asosiy o‘rinni egalladi. 1901
yilda Birmingem universitetining sanoat sohasi bo‘yicha kadrlar
tayyorlashga yo‘naltirilgan savdo-sotiq
maktabi tashkil etilib,
unga keyinroq AQShning Garvard universitetida birinchi iqtisodi-
yot tarixi kafedrasiga asos solgan U.Eshli boshchilik qildi.