Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik


Kontokorrekt shakl «Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish» - Usmonov A.R


Download 0.81 Mb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1415538
1   2   3   4
Bog'liq
Bugalteriya

Kontokorrekt shakl «Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish» - Usmonov A.R


Sana



Operatsiyalarning mazmuni

Debet

Kredit

Summa

1 Dekabrga qoldiq

-

08.12

1

Tovarlar olib kelish uchun naqd pul berildi.

4430

5010

100000

11.12

2

Olib kelingan tovarlar chakana savdoga qabul qilindi.

2910

4430

80000

13.12

3

Ishlatilmay qolgan pul mablag‘lari qaytarildi.

5010

4430

20000

Dekabr oyi bo‘yicha jami

100000

100000

1 Yanvarga qoldiq

-

-

-

Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko‘ra 3 xil bo‘ladi:
1. Xronologik hisob registrlari.
2. Tizimli hisob registrlari.
3. Kombinatsiyalashgan registrlar.
Xronologik hisob registrlarini o‘ziga xos xususiyati shundaki, undagi yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning qisqacha mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va summasini xronologik tartibda aks ettirib boriladi. Masalan, «Jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali» xronologik hisob registriga misol bo‘lib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘llaniladi.
Tizimli hisob registrlari jarayonlarni ma’lum bir belgilari bo‘yicha tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo‘ladi.
Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikkiyoqlamayozuv usuli vujudga kelganidan boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Buxgalteriya daftarlari bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamma betlari raqamlanadi, bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Oxirgi varaqning orqasida bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlangan holda quyidagi yozuv aks ettirilgan bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan schyotlar uchun betlar ajratiladi. Sintetik schyotlar uchun tegishli analitik schyotlar ochilgan bo‘lsa, bosh daftarda betlar ajratilayotganda e’tiborga olmoq zarur.
Masalan, savdo korxonasini chakana savdodagi tovarlari 2920 sintetik schyotida yuritiladi. Aytaylik, shu savdo korxonasiga qarashli 3 ta magazin mavjud. Bunday holatda bosh daftarda har bir moddiy javobgar shaxs uchun alohida varaqlar qoldirilishi va umumiy tovarlar hisobi aks ettirilishi uchun ham varaqlar ajratilgan bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida mundarija ham bo‘lib, unda hisobi yuritiladigan schyotlarning aks ettiriladigan varaqlari tartib raqami ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Buxgalteriya hisob registri daftarining boshqa registrlardan afzalligi quyidagilardan iborat:
Hisob ma’lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi;
Hisob ma’lumotlari saqlanishi mustahkam ta’minlanganligi.
Buxgalteriya daftarining kamchiliklari ham bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Buxgalteriya xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga xalaqit beradi, sababi, daftarda korxonada hisobi yuritiladigan hamma schyotlar joylashgan. Buxgalteriya xodimlari o‘zlariga biriktirilgan schyotga tegishli ma’lumotlarni aks ettirish uchun daftar bo‘shashini kutishi kerak bo‘ladi.
Buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, hisob ishlarini mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi.
Buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga xalaqit beradi.
Birinchidan, daftardan galma-galdan foydalanish natijasida vaqt yo‘qotiladi: ikkinchidan, buxgalteriya daftarining hajmi katta bo‘lib, tegishli varaqni topib, undan foydalanishni sekinlashtiradi. Buxgalteriya daftarlarining hamma varaqlari ham hamma vaqt foydalanilaverilmaydi. To‘ldirilmagan varaqlar esa kelgusi hisobot davri uchun foydalanilmaydi va hisob registrlari bilan bog‘liq xarajatlarni oshishiga olib keladi.
Buxgalteriya daftarlari bir hisobot yili uchun mo‘ljallangan.
Buxgalteriya registrlari ulardagi yozuv turiga ko‘ra, kombinatsiyalashgan shaklda ham bo‘ladi.
Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda aks ettiriladi. Bunday registrlarning afzalligi quyidagilardan iborat:
Hisob ishlari ixchamlanadi.
Buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladigan registrlar miqdorini qisqartiradi.
  • Xronologik va tizimli yozuvlar umumlashtirilgan hamda kombinatsiyalashgan hisob registrlariga jurnal-order misol bo‘ladi.
  • Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma’lumotlar hajmiga ko‘ra ikki turga ajratiladi.
  • 1.Sintetik registrlar.
  • 2. Analitik registrlar.

Sintetik registrlar sintetik hisob ma’lumotlarini aks ettirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga bosh daftar, jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali, jurnal-orderlar va boshqalar misol bo‘ladi.
Analitik registrlar analitik hisob ma’lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llanilib, ularga «Materiallar», «Asosiy vositalar», «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar, mashinalar va boshqa mulklar hisobi bo‘yicha yuritiladigan kartochkalar misol bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang‘ich hujjat ham shaklan, ham mazmunan har tomonlama tekshirilgandan so‘ng, qayta ishlanadi. Dastlabki hujjat ma’lumotlari asosida, buxgalteriya registrlari to‘ldiriladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling