Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining shakllanishi


Z.M.Akramov, A.Soliyev, O.Ota-Mirzayev


Download 138.58 Kb.
bet2/7
Sana31.03.2023
Hajmi138.58 Kb.
#1311633
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining shakllanishi

Z.M.Akramov, A.Soliyev, O.Ota-Mirzayev, iqtisodchilar – S.Ziyodullayev,
K.I.Lapkin, I.Iskandarovlar rahbarligida ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil qilish, rivojlantirish va istiqbollarini majmuali o’rganuvchi yo’nalishlar va ilmiy maktablar shakllandi.
Bu yo’nalishlar:

  • tabiiy sharoit va tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash va mintaqaviy ekologik muammolar tadqiqoti;

  • aholishunoslik va aholi geografiyasi, shaharshunoslik;

  • sanoat tarmoqlari geografiyasi, agrosanoat majmuasi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va istiqbollarini tadqiq qilishdan iboratdir.

O’zbekistonda iqtisodchi va iqtisodiy geograflar tayyorlashda 1950-yilda tashkil etilgan O’zbekiston FA ishlab chiqarish kuchlarini o’rganish kengashi
(SOPC), keyinchalik O’zbekiston Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga qarashli Makroiqtisodiyot va ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar instituti hamda 1957yilda tashkil etilgan O’zbekiston FA Geografiya bo’limi, O’zbekiston Milliy universiteti ―Iqtisodiy geografiya‖ kafedrasi, 1972-yili tashkil etilgan Geografiya fakulteti qoshidagi aholishunoslik muammolari laboratoriyasi xodimlarining xizmatlari kattadir.
O’zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy geografiya fani rivojlanishida professor
Abdusami Soliyevning hissasini alohida ta’kidlash joiz. A.Soliyev 1943-yili Tojikiston Respublikasining Isfara tumanida tug’ilgan, 1969-yilda O’zMUning Geografiya fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatib, shu yilning o’zida aspiranturaga o’qishga kirgan. 1973-yili nomzodlik, 1986-yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
A.Soliyev o’zining sermahsul ilmiy-ijodiy faoliyatida iqtisodiy-ijtimoiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot fanlarining nazariy asoslari, iqtisodiy rayonlashtirish va mintaqaviy siyosat, sanoat, tibbiyot geografiyasi, aholi geografiyasi va demografiya, shaharlar geografiyasi va urbanizatsiya, turizm va jinoyatchilik geografiyasi muammolarini o’rganib, geografiya fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi. Atoqli olim respublikamizda mintaqaviy iqtisodiyot fanini shakllantirishiga, an’anaviy iqtisodiy geografiyaning, ayniqsa, ijtimoiy (sotsial) blokini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi.
A.Soliyev O’zbekistonda birinchi bo’lib geografiya fanining yangi yo’nalishlariga asos solgan va yetakchilik qilgan. Masalan, mustaqillik yillarida olim rahbarligida respublikamizda ―noan’anaviy‖ deb ataluvchi ko’pgina yo’nalishlarda (tibbiyot, jinoyatchilik, fan va ta’lim, turizm geografiyasi va b.) nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Shuningdek, A.Soliyevning rahbarligida sanoat, aholi, shaharlar va boshqa eng dolzarb masalalarga tegishli dissertatsiyalar ham himoya qilingan.
Professor A.Soliyev bir necha yillar davomida, ya’ni 2003-2016-yillarda O’zbekiston Geografiya jamiyatining prezidenti sifatida ham samarali ishlar olib bordi. Olim tomonidan quyidagi o’quv qo’llanma, darslik va ilmiy monografiyalar yaratilgan: ―Iqtisodiy geografiya asoslari‖ (1996); ―Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari‖ (1999); ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy muammolari‖ (2002); ―Mintaqaviy iqtisodiyot‖ (2003), ―Iqtisodiy va siyosiy geografiya asoslari‖ (2003), ―Tibbiyot geografiyasi‖ (2005); ―Turizm geografiyasi‖ (2005), ―Qishloq joylar demografiyasi‖ (2005), ―Qo’shma korxonalar geografiyasi‖ (2006), ―O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi‖ (2014) va boshqalar.
A.Soliyevning ilmiy maktabi respublikamiz oliy o’quv yurtlari va viloyatlarida tayanch, o’ziga xos markazlarni shakllantirishga muvaffaq bo’lgan. A.Soliyev 400 ga yaqin ilmiy ishlar, 30 dan ortiq monografiya, o’quv qo’llanma va darsliklar, ilmiy maqolalar e’lon qilgan, 40 ta fan nomzodi va 5 nafar fan doktorlarini tayyorlagan.

Download 138.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling