Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining shakllanishi


Jon Styuart Mill o’zining “Siyosiy iqtisod asoslari”


Download 138.58 Kb.
bet4/7
Sana31.03.2023
Hajmi138.58 Kb.
#1311633
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining shakllanishi

Jon Styuart Mill o’zining “Siyosiy iqtisod asoslari” (1848-y.) ishida almashish qanday bahoda amalga oshishini ko’rsatdi. Millning xulosasiga ko’ra, almashish bahosi talab va ehtiyoj qonuni asosida belgilanadi va har bir mamlakatni eksportdan oladigan foydasi import to’lovlarini qoplash imkoniyati darajasida bo’ladi. Bu xalqaro qiymat qonuni yoki ―Xalqaro qiymat nazariyasi‖ Millning katta xizmatidir. Xalqaro qiymat nazariyasi shuni ko’rsatadiki, mamlakatlar o’rtasida tovar almashishni mo’tadillashtiruvchi baho mavjud. Bu bozor narxi, talab va ehtiyojga bog’liq.
Burjuaziya siyosiy iqtisodi klassik nazariyasi taraqqiyoti haqida yangi so’zni Gotfrid Xaberler aytdi va u nafaqat mehnatni, balki ishlab chiqarishning barcha omillarini aniqlashtirib berdi.
Hozirgi zamon xalqaro savdo oqimi tuzilishi va yo’nalishlari haqidagi tasavvurlarga shved iqtisodchi olimlari Eli Xeksher va Bertil Olin asos soldilar. Ularning taqqoslama ustunlik haqida tushuntirishlaricha, u yoki bu mamlakatda ma’lum mahsulotlarga egalik munosabati ishlab chiqarishning ta’minlanish omillari darajasiga bog’liq. E.Xeksher va B.Olin ishlab chiqarish omillari – mehnat, yer, kapital, shuningdek, u yoki bu tovarlarga ichki turli talablar bahoni tenglashtirishi teoremasini olg’a surdilar. 1948-yilda amerikalik iqtisodchilar P.Samuelson va V.Stolper Xeksher-Olin teoremasi isbotini takomillashtirdilar.
Ya’ni ishlab chiqarish omillari bir turliligi, texnikalar bir xilligi, xalqaro tovar almashishda tovarlarni to’liq safarbarligi va raqobat mamlakatlar o’rtasida narx omillarini tenglashtiradi.
Bundan keyingi tashqi savdo nazariyasi taraqqiyoti amerikalik iqtisodchi
V.Leontyevning ―Leontyevning o’ziga xos fikrlari‖ nomli ishida o’z ifodasini topdi. O’ziga xos fikrlar shundan iboratki, Leontyev Xeksher-Olin teoremasidan foydalanib, urushdan keyingi davrda Amerika iqtisodiyoti kapitaldan chiqarish turlariga ixtisoslashganini ko’rsatib berdi. Boshqacha aytganda, Amerika eksporti importga qaraganda bir muncha mehnat talab va kam xarjroq.
Bu xulosa AQSh iqtisodiyoti haqida avvalgi tavsavvurlarni chippak-ka chiqardi. Umumiy xulosaga ko’ra, u hamisha kapitalni keragidan ortiqligi bilan xarakterlanadi va Xeksher-Olin teoremasiga binoan,AQSh kapital talab tovarlarni import emas, eksport qilishi kutilardi.
V.Leontyev kashfiyoti keyingi yillarda keng aks-sado berdi. Turli mamlakatlar iqtisodchilari ―Leontyevning o’ziga xos firklari‖ mavzusida bahsmunozaralarga kirishdilar. Natijada, tenglashtiruvchi ustunlik nazariyasi yanada rivojlandi. U texnika progressi va uning taqsimotda notekisligi, iqtisodiy vositalarni fermenli emasligi, ish haqi masalasida va boshqalarda mamlakatlar o’rtasidagi farqlarni o’z ichiga oladi.
G’arb tadqiqotlarida xalqaro savdo muammolari, shuningdek, multiplikator (ko’paytiruvchi) tashqi savdo nazariyasi ham keng yoyildi. Bu nazariyaga muvofiq tashqi savdo (ayniqsa, eksportda) milliy daromad o’sish dinamikasi, bandlik hajmi, iste’mol va investitsion faollikka samarali ta’sir qiladi.
Har bir mamlakatda multiplikator ma’lum son bog’liqligiga qarab, ma’lum koeffitsiyent turida aks etishi va hisoblab chiqilishi mumkin. Boshlang’ich eksport buyurtmasi mahsulot ishlab chiqarishni bevosita ko’paytiradi, turgan gap, buyurtmani bajaruvchi sohalarda ish haqi ham ko’payadi. So’ngra ikkilamchi iste’mol sarflari harakatga keladi.
Bevosita ishlab chiqarishni joylashtirishga oid ilmiy g’oyalar, dastavval, Germaniyada yaratilgan. Masalan, nemis mulkdori Iogan Genrix Tyunen XIX asrning 20-30-yillarida o’zining qishloq xo’jaligi tarmoqlarini joylashtirish
bo’yicha ilmiy fikrlarini maxsus asarida bayon qildi (“Изолированноегосударство” – Alohida davlat, 1826-y.). Tyunen
g’oyasining asosiy mohiyati yagona shahar, ya’ni iste’mol markazi atrofida qishloq xo’jalik mahsulotlarini ma’lum tartibda yetishtirishni hududiy tashkil qilishdan iborat. U bu g’oyani amalga tatbiq qilish uchun xo’jalik bilan shahar yoki bozor (uning misolida bu shahar – Meklenburgdagi Rostok) o’rtasidagi masofa, qishloq xo’jalik mahsulotining narxi, qiymati va yer rentasiga asoslanadi. Yer rentasi esa unga qo’yilgan mablag’ va olingan daromad nisbati bilan belgilanadi.
Yuqoridagi shartlar yordamida I.Tyunen shahar atrofida qishloq xo’jaligi tarmoqlarining joylashuv tizimini yoki hududiy majmuasini yaratadi. Bu tizim adabiyotda ―Tyunen halqalari‖ nomi bilan mashhur. Chunki, turli mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashgan har xil tarmoqlar iste’mol markazi atrofida halqasimon joylashadi.
―Tyunen halqalari‖ quyidalarni o’z ichiga oladi:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling