Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining shakllanishi
I halqa – bog’dorchilik, sabzavotchilik va qisman sut chorvachiligi; II halqa
Download 138.58 Kb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining shakllanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alfred Veber“Sanoat shtandorti to’g’risida” nomli asarini chop ettirdi.
- Bu foyda, A.Veber fikricha, asosan, xomashyo, mahsulotni realizatsiya qilish, transport va ishchi kuchiga ketgan xarajatlar nisbati hamda asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatidan tashkil topadi.
- Natijada, sanoat shtandortini belgilovchi ikkita omil – transport va ishchi kuchi (mehnat resursi) olindi.
- Valter Kristaller
- Avgust Lyosh
I halqa – bog’dorchilik, sabzavotchilik va qisman sut chorvachiligi;
II halqa – o’rmon xo’jaligi (o’sha davrda o’tin uchun); III halqa – kartoshka, arpa yetishtirish va urug’chilik; IV halqa – yuqori unumdor g’allachilik va sut-go’sht chorvachiligi; V halqa – g’allachilik; VI halqa – yaylov chorvachiligi. I.Tyunen birinchi bo’lib yerdan foydalanish masalalarini ko’tarib chiqdi va ilmiy adabiyotga ―iqtisodiy makon‖ tushunchasini kiritdi. U o’zining abstrakt modelida mahsulotning bozorga – iste’molchiga arzon va sifati, buzilmagan holda yetkazib berishga katta e’tibor beradi. Shunday qilib, I.Tyunen qishloq xo’jaligi tarmoqlarini joylashtirishning dastlabki ilmiy poydevorini yaratuvchisi bo’ldi va shu ma’noda uni qishloq xo’jaligi geografiyasining asoschisi sifatida e’tirof etish mumkin. 1909-yilda Tyunenning vatandoshi – Alfred Veber“Sanoat shtandorti to’g’risida” nomli asarini chop ettirdi. U o’zining diqqat-e’tiborini sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillarga qaratdi. Shu maqsadda Veber omillarning ta’sir kuchiga qarab tabaqalashtirdi, asosiy hal qiluvchi omilni aniqladi. A.Veber – sanoat shtandortining asoschisidir. Shtandort esa – korxonaning o’rnashgan joyi yoki korxonaning optimal (standart) joylashgan nuqtasi ma’nosini anglatadi. Joylashtirish omili u yoki bu korxonani qurishda ko’zda tutilgan iqtisodiy samaradorlik, foyda nuqtai nazaridan baholanadi. Bu foyda, A.Veber fikricha, asosan, xomashyo, mahsulotni realizatsiya qilish, transport va ishchi kuchiga ketgan xarajatlar nisbati hamda asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatidan tashkil topadi. Keyinchalik u xomashyo va mahsulotni sotish bilan bog’liq omilni umumiy transport sarf-xarajatlariga kiritdi. Chunki, mahsulotning tannarxiga xomashyoni keltirish, mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog’liq xarajatlar ham kiradi. Natijada, sanoat shtandortini belgilovchi ikkita omil – transport va ishchi kuchi (mehnat resursi) olindi. Veber keyinroq ularga yana bir muhim omilni – aglomeratsiya omilini qo’shdi. Transport omiliga mahsulot yoki xomashyoning vazni, tashiladigan masofa, mehnat resursida ish haqi, aglomeratsiya omilida esa, korxonalarning bir joyda to’planishi hisobga olinadi. A.Veber ilmiy adabiyotda o’zining shtandort nazariyasi, ―joylashtirish omili‖ va ―aglomeratsiya samaradorligi‖ tushunchalarini kiritganligi bilan mashhurdir. Aglomeratsiya samaradorligi – bu asl mohiyatiga ko’ra mujassamlashuv (konsentratsiya) samaradorligi bo’lib, unga hozirgi kunda korxonalarning yiriklashuvidan, ya’ni miqyos, masshtab iqtisodi asosida emas, balki korxonalarning kooperatsiya va ixtisoslashuv natijasida erishiladi. I.Tyunen (qishloq xo’jaligi) va A.Veberning (sanoat shtandorti) g’oyalari abstrakt sharoitlarni hisobga olgan holda yaratilgan bo’lsa-da, ularning ilmiy ahamiyati hozirgacha yo’qolmagan. Bu olimlarning g’oyalarini ―omillar tahlili‖ shaklida umumlashtirish mumkin. Omillar esa hududda ayrim joylarni tanlab olish va pirovard natijada, hududiy mujassamlashuv va hududiy notekisliklarni yoki geografik tengsizlikni keltirib chiqaradi. Aholi joylashuvi, aholiga xizmat ko’rsatish sohalarining hududiy tashkil etish muammolari bilan nemis olimi Valter Kristaller shug’ullangan. U 1930-yillarda aholining hududiy tarqalishi va joylanishi masalalarini o’rganib, o’zining ―Janubiy Germaniya markaziy o’rinlari‖ nomli kitobini yozdi. Markaziy o’rinlar turli kattalikdagi shahar va boshqa aholi manzilgohlari bo’lib, ular o’ziga xos ta’sir doirasi, xizmat ko’rsatish radiusiga ega. Ideal holatda har xil miqyosdagi markaziy o’rinlar geografik muhitda oltiburchak shaklga ega va ular asalarining uyasini eslatadi. Kristaller uchun ham hudud barcha sharoitlar bo’yicha bir xil, ya’ni tep-tekis, aholi, aholi manzilgohlari, yo’l va boshqalar bir xil joylashgan. Ana shunday ideal manzaradan kelib chiqqan holda u o’zining ilmiy g’oyasini yaratdi. V.Kristaller nomi bilan ―Markaziy o’rinlar‖, iyerarxiya, shaharlar klassifikatsiyasi kabi tushunchalar, aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini joylashtirishga oid ilmiy fikrlar bog’liq. Boshqa, yosh va iste’dodli nemis olimi Avgust Lyosh o’zidan oldingi vatandoshlarining ilmiy ishlanmalarini umumlashtirib (u A.Veberning o’quvchisi edi), barcha xo’jalik tarmoqlarini joylashtirish to’g’risida ish olib bordi. A.Lyosh g’oyalarining mohiyati uning maxsus kitobida (ruscha nomi ―Географическоеразмещениехозяйства‖ –M., 1959) bayon etilgan. Kitobning asl nusxasi qo’lyozmasi 1940-yilda nashr qilingan. Download 138.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling