Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Download 345.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana26.02.2023
Hajmi345.24 Kb.
#1233293
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Мавзу иқт-иж

tabiiy fanlar: tabiiy geografiya (landshaftshunoslik, poliogeografiya);
ijtimoiy fanlar: sotsial-iqtisodiy geografiya, aholi geografiyasi, siyo-siy 
geografiya, tarmoqlar geografiyasi (sanoat geografiyasi, qishloq xo„jaligi 
geografiyasi, transport geografiyasi va boshqalar);
tabiiy-sotsial fanlar: majmuaviy geografiya (tibbiyot geografiyasi, sotsial 
ekologiya, geoekologiya, rekreatsiya geografiyasi);
tarixiy geografiya, toponimika, metageografiya, kartografiya singari muhim 
sohalar.
R.D.Jonston Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tarkibida iqtisodiy, sotsial (tor ma‟noda, 
ijtimoiy jarayonlar va aholini geografik o„rganish), siyosiy, madaniy, tarixiy va 
regional sotsiogeografiya kabilarni ajratib ko„rsatgan (R.D.Jonston, 1989).
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqot obyekti va predmeti haqida turli xil 
fikrlar mavjud. Ilmiy adabiyotlarda geografiyaning ijtimoiy tarmog„i obyektini 
quyidagicha aniqlashtirish holatlari uchraydi:
-inson hayoti va faoliyatiga tegishli hududiy mutanosiblik (bu yerda tabiiy hududiy 
mutanosiblik ham mavjudligini unutmaslik kerak);
-hududiy majmualar, bu ham, albatta, inson bilan bog„liq ravishda;
-hududiy (territorial, geografik), ijtimoiy (iqtisodiy, sotsial, siyosiy va boshqa) 
tizimlar;
-iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning umumiy tadqiqot obyekti;
-atrof-muhitning inson tomonidan o„zgartirilgan qismi yoki antroposfera;
-iqtisodiy rayon va boshqalar. A.Y.Skopinning fikriga ko„ra, iqtisodiy geografiyaning 
obyekti antroposfera (ekosfera) bo„lib, bu yerda xo„jalik faoliyati rivojlanadi
tadqiqot predmeti esa, tizimli yondashuvlar asosida geoiqtisodiy muammolar 
yechimini izlash va antroposferaning transformatsiyasini o„rganishdir.
1960-1970-yillarda geografiya – hududiy tizimlar haqidagi fan degan qarashlar 
yuzaga keldi. Lyudvig fon Bertalanfi fikriga ko„ra: “Tizim bu doimo o„zaro 


munosabatda bo„lib turadigan elementlar majmuasidan iborat”. Y.G.Saushkin 
“Iqtisodiy geografiya – hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning shakllanishi, faoliyati 
va rivojlanish jarayonlari hamda ushbu tizimlarni boshqarish haqidagi fan”, deb 
ta‟kidlagan. A.I.Chistobayev, M.D.Sharigin, V.V.Voronin va boshqalar “iqtisodiy va 
ijtimoiy geografiya hududiy ijtimoiy tizimlarni o„rganadi”, degan fikrni ilgari 
surishgan.
A.S.Soliyevning fikriga ko„ra, har qanday fan alohida fan sifatida faoliyat olib borishi 
uchun, avvalo, u o„z tadqiqot obyektiga, o„zining predmetiga ega bo„lishi kerak. Bu 
yerda obyekt serqirra borliq, hodisa yoki voqealar bo„lib, u birgina fan uchun emas, 
balki ko„p fanlar birikmasi uchun xizmat qiladi. Masalan: aholi, ayni paytda, 
iqtisodchilar, demograflar, etnograflar, sotsial geograflar va boshqa fan vakillarini 
qiziqtiradi. Ammo har qaysi fan namoyandasi aholini o„z tomonidan o„rganadi. 
Jumladan, iqtisodchilar uchun aholi – bu asosiy ishlab chiqaruvchi kuch, mehnat 
qiluvchi subyekt sifatida ko„riladi; etnograflar uchun aholini qiziqtiruvchi tomoni 
uning milliy urf-odati, kiyinishi, an‟analaridir. Demograf esa, aholini biosotsial 
kategoriya sifatida o„rgana-di, ya‟ni u aholining tabiiy va migratsion ko„payishi 
(tug„ilish, o„lim, ko„chib yurish), nikoh, ajralish va boshqa tomonlarini ilmiy asosda 
tahlil qiladi. Demak, “obyekt” keng qamrovli tushuncha, predmet esa nisbatan tor 
ma‟noda bo„lib, u shu obyektning qaysi tomoni o„rganilishini bildiradi. Iqtisodiy va 
ijtimoiy geografiyaning obyekti bo„lib ishlab chiqarish kuchlari, ularni hududiy 
tashkil etish, hududiy sotsial-iqtisodiy tizimlar xizmat qiladi. Shubhasiz, bu obyekt 
bilan iqtisodchilar ham shug„ullansa-da, geograflar, asosan, hududiy sotsial-iqtisodiy 
tizimlarning (yoki majmualarning) turli rayonlarda ijtimoiy va hududiy mehnat 
taqsimoti jarayonida vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqarish qonuniyatlarini 
o„rganadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya predmetining asosini ishlab chiqarish kuchlarining 
turli darajadagi tarmoq, tarmoqlararo va hududiy shakllanishi, rivojlanishi va 
boshqarilishini takomillashtirishdan iborat jarayonlar tashkil qiladi. Bu jarayonlar 
nihoyatda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va muammolarni o„z ichiga oladi. 
Ular tabiiy muhit va tabiiy resurslar majmuasi, aholining demografik xususiyatlari va 


joylashish tizimlari – kichik qishloq (ovul)dan to urbanizatsiyaning eng rivojlangan 
shakllari (megalopolis)ga qadar, mehnat resurslari, bandlik va ishsizlik, migratsiya 
jarayonlari, moddiy ishlab chiqarishning yetakchi sohasi sanoat va uning 
tabaqalashgan tog„-kon, yoqilg„i-energetika, metallurgiya (qora va rangli), 
mashinasozlik, kimyo, o„rmon-sellyuloza, yengil, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari, 
qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish majmuasi (dehqonchilik va chorvachilik), transport 
tizimi va uning mamlakat, mintaqaviy, xalqaro mehnat taqsimotidagi integratsion 
aloqalarning rivojlanishidagi roli, infratuzilmalar majmuasi (ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish), xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro iqtisodiy integratsiya 
hamda jahon xo„jaligi tarmoqlarini (mahalliy, mintaqaviy, xalqaro) hududiy tashkil 
qilish va fan-texnika taraqqiyoti bilan bog„liq rivojlantirish, takomillashtirish, 
mintaqaviy va umumbashariy muammolardan iborat.

Download 345.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling