Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Sotsial-iqtisodiy geografiya


Download 345.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana26.02.2023
Hajmi345.24 Kb.
#1233293
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Мавзу иқт-иж

2. Sotsial-iqtisodiy geografiya – aholi va aholi punktlari geografiyasi, shaharlar 
geografiyasi (geourbanistika), qishloqlar geografiyasi, aholiga xizmat 
ko„rsatish sohalari (savdo, madaniy, maishiy, maorif va boshq.) geografiyasi, tijorat 
geografiyasi va h.k.
3. Sotsial geografiya tibbiyot geografiyasi, rekreatsiya geografiyasi, din 
geografiyasi, jinoyat geografiyasi, geopsixologiya, xulq-atvor geografiyasi, turmush 
tarzi geografiyasi va boshq.
4. Siyosiy geografiya – geosiyosat, limologiya, geokonfliktologiya, harbiy 
geografiya va boshqalar.
Shuningdek, mazkur fan tarmoqlari, o„z navbatida, turli hududiy ko„lamda (jahon, 
mamlakat, viloyat va h.k.) o„rganilishi mumkinligini, ammo fanni undagi ilmiy 
yo„nalishlar bilan chalkashtirish, yangi fanlar “ixtiro” qilish maqsadida uni haddan 
tashqari parchalab yuborish ham yaxshi emasligini ta‟kidlanadi. Bu tizim-tarkib 
g„oyasiga mantiqan ziddir. Chunonchi, aholi geografiyasini mayda bo„limlarga 
bo„lib, ayollar yoki erkaklar geografiyasi, sanoatda – kiyim kechaklar yoki non 
geografiyasiga o„xshash “fanlarni” yaratish kulgili. Tizim ko„rilayogan maqsad va 
vazifasiga ko„ra, o„zining mustaqilligi, yaxlitligini ma‟lum darajagacha saqlab qoladi. 


Shu bois, tizimni cheksiz maydalash uni bosh maqsadidan chetlashtiradi va bu tizim 
o„zgacha ma‟no va mohiyatga ega bo„ladi. Masalan, sanoat geografiyasida birlamchi 
bo„lib sanoat korxonasi, aholi punktlari geografiyasida bu maqomda alohida qishloq 
yoki shaharlarni olish mumkin. Shu nuqtai nazardan, ularni yanada ko„p qismlarga 
bo„lish maqsadga muvofiq emas.
4. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa fanlar bilan o„zaro aloqasi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya yagona, mukammal tizim ekan, fanning aynan shu 
ko„rinishda rivojlanishi uning ichki va tashqi aloqalarini kuchaytirishni talab etadi. 
Albatta, tizim nuqtai nazaridan uning ichki aloqalari muhimroq, ustuvorroq. Zero, 
ular fanning yaxlitligi, mustaqilligi, barqarorligini ta‟minlaydi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (ijtimoiy geografiya) bir qator fanlar bilan o„zaro 
aloqada bo„lib, uning tadqiqotlari va xulosalaridan keng foydalanadi. Xususan, 
bunday aloqador fanlar tizimini ikkiga ajratish maqsadga muvofiq: 
1) tabiiy fanlar – ya‟ni tabiiy geografik fanlar tizimi, geologiya, biologiya, 
tuproqshunoslik va tarmoqlar ekologiyasi;
2) iqtisodiy va ijtimoiy fanlar, ya‟ni jahon iqtisodiyoti, mikro va makroiqtisodiyot, 
sanoat iqtisodiyoti, agrosanoat iqtisodiyoti, transport iqtisodiyoti, menejment va 
marketing, tashqi iqtisodiy aloqalar va xalqaro munosabatlar, statistika, axborotlar 
texnologiyasi va informatika, falsafa, tarix, mamlakatlar milliy iqtisodiyoti, iqtisodiy-
geografik fanlar tizimi, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti, ijtimoiy ekologiya, 
sotsiologiya va xalqaro huquq.
Ko„rinib turibdiki, “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fani ko„plab fanlar bilan uzviy 
aloqada bo„lsa-da, bu fanlar bilan qo„shilib ketmaydi va mustaqil fan bo„lib, 
jamiyatni hududiy tashkil etish va boshqarishni majmuali o„rganishi bilan ajralib 
turadi.

Download 345.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling