Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Download 345.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana26.02.2023
Hajmi345.24 Kb.
#1233293
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Мавзу иқт-иж



2-Mavzu. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA FANINING 
TADQIQOT OBYEKTI VA PREDMETI 
Reja: 
1. “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanining obyekti va predmeti.
2. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning maqsad va vazifalari.
3. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning ichki tuzilishi.
4. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa fanlar bilan o„zaro aloqasi.
Tayanch so‟zlar: Geografiya falsafasi, Tarmoqlar geografiyasi, Mintaqaviy 
geografiya, 
Geografik 
tadqiqot 
metodlari, 
“Human 
geography”, 
“Antropogeographie”, “Kulturgeographie” (ma’daniy geografiya),tabiiy fanlar, 
ijtimoiy fanlar, tabiiy-sotsial fanlar, tarixiy geografiya. 
1. “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanining obyekti va predmeti. Ma‟lumki, 
“Geografiya” fanining tarmoqlaridan biri – iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 
iqtisodiyot, sotsiologiya, tarix, siyosatshunoslik fanlari kabi ijtimoiy fanlar qatoriga 
kiradi. O„z navbatida, geografiyaning alohida yo„nalishlari orasida texnikaviy 
(masalan, kartografiya) fanlar ham mavjud. Shu bois, geografiya tabiiy fanlar 
turkumidan o„rin egallasa-da, uning tarkibida ijtimoiy va texnikaviy yo„nalishdagi 
fanlarni ham uchratish mumkin1.
Peter Haggett o„zining “Geographie: Eine Globale Synthese” kitobida geografiya 
fanining to„rt asosiy tarmog„ini ajratadi:
1. Geografiya falsafasi
2. Tarmoqlar geografiyasi
3. Mintaqaviy geografiya
4. Geografik tadqiqot metodlari
Ko„plab olimlar geografiyani fanlar tizimi deb hisoblashsa, ayrimlari “Geografiya” 
fanining alohida fan deb ta‟kidlashadi. Faylasuf olim B.M.Kedrov fanlar tizimini ikki 
guruhga ajratgan edi. Bular: bilish haqidagi umumiy fanlar (falsafa, mantiq) hamda 
tabiiy, aniq va texnik fanlar (geologiya, biologiya, kimyo, fizika, matematika va 
boshqalar). Xo„sh, zamonaviy fanlar tizimida geografik fanlar qanday o„rin tutadi? 


Geografiya yagona fanmi? Yoki bir necha alohida fanlardan tashkil topganmi? Bu 
haqida bir qancha qarashlar mavjud. Chunonchi, rus olimi B.B.Rodoman: (1999), 
“Geografiya – umumiy ekologik qarashlar va hududiy tadqiqot usullarining 
birlashuvidan vujudga kelgan yagona fan”, deb hisoblaydi. Britaniyalik olim 
R.D.Jonstonning (1997) fikri ushbu qarashlardan birmuncha boshqacharoq. 
Jumladan, olim: “Ijtimoiy geografiya tabiiy geografik fanlarga nisbatan boshqa 
ijtimoiy fanlar bilan ko„proq uzviy aloqadordir, ya‟ni tabiiy va ijtimoiy (Iqtisodiy va 
ijtimoiy geografiya) geografiya – bu ikki boshqa-boshqa fanlardir”, – deya ta‟rif 
beradi.
Shu o„rinda yana shunday savol tug„ilishi tabiiy: geografiya tabiiy fanlar qatoriga 
kiradimi yoki uni ijtimoiy fanlar tarkibiga kiritish o„rinlimi? Bu borada ko„pchilik 
olimlar hamfikr bo„lib, tabiiy geografiya tabiiy fanlar, ya‟ni biologiya, geologiya 
singari tabiatni o„rganuvchi fanlardan biri bo„lsa, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 
ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi. Boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o„laroq geografik 
fanlar xuddi tarix singari jamiyatning barcha jabhalarini o„rgansa-da, biroq uning 
tadqiqot obyekti juda keng bo„lib, u tabiat va jamiyatni o„zaro bog„laydi. Shu o„rinda 
aytish joizki, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya jahonning turli mamlakat va 
mintaqalarida turlicha nom bilan ataladi. Chunonchi:
- ingliz tilida so„zlashuvchi davlatlarda “Human geography”, ya‟ni Inson 
geografiyasi, Ijtimoiy geografiya;
- nemis tilida so„zlashuvchi davlatlarda “die Humangeographie” (ijtimoiy) yoki 
“Antropogeographie” (anthropo – grek tilida inson ma‟nosini anglatadi), 
“Kulturgeographie” (ma‟daniy geografiya);
- fransuz tilida so„zlashuvchi mamlakatlarda “Geographie humaine”, ya‟ni Inson 
geografiyasi;
- Rossiya va Qozog„istonda 1990-yillar boshlarida ijtimoiy geografiya ko„proq 
iqtisodiy, sotsial va siyosiy geografiya nomi bilan, 2007-yildan boshlab iqtisodiy, 
sotsial, siyosiy va rekreatsion geografiya nomi bilan atala boshladi. Hozirgi vaqtda 
O„zbekistonda va boshqa MDH davlatlarida Ijtimoiy geografiya yoki Iqtisodiy va 
ijtimoiy geografiya nomi bilan yuritilmoqda.


Rus olimi V.S.Jekulin (1989) geografik fanlarni quyidagi to„rt blokka ajratgan. Bular:

Download 345.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling