Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
Download 345.24 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Мавзу иқт-иж
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‟zlar
- 1. “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanining obyekti va predmeti.
2-Mavzu. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA FANINING TADQIQOT OBYEKTI VA PREDMETI Reja: 1. “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanining obyekti va predmeti. 2. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning maqsad va vazifalari. 3. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning ichki tuzilishi. 4. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa fanlar bilan o„zaro aloqasi. Tayanch so‟zlar: Geografiya falsafasi, Tarmoqlar geografiyasi, Mintaqaviy geografiya, Geografik tadqiqot metodlari, “Human geography”, “Antropogeographie”, “Kulturgeographie” (ma’daniy geografiya),tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, tabiiy-sotsial fanlar, tarixiy geografiya. 1. “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanining obyekti va predmeti. Ma‟lumki, “Geografiya” fanining tarmoqlaridan biri – iqtisodiy va ijtimoiy geografiya iqtisodiyot, sotsiologiya, tarix, siyosatshunoslik fanlari kabi ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi. O„z navbatida, geografiyaning alohida yo„nalishlari orasida texnikaviy (masalan, kartografiya) fanlar ham mavjud. Shu bois, geografiya tabiiy fanlar turkumidan o„rin egallasa-da, uning tarkibida ijtimoiy va texnikaviy yo„nalishdagi fanlarni ham uchratish mumkin1. Peter Haggett o„zining “Geographie: Eine Globale Synthese” kitobida geografiya fanining to„rt asosiy tarmog„ini ajratadi: 1. Geografiya falsafasi 2. Tarmoqlar geografiyasi 3. Mintaqaviy geografiya 4. Geografik tadqiqot metodlari Ko„plab olimlar geografiyani fanlar tizimi deb hisoblashsa, ayrimlari “Geografiya” fanining alohida fan deb ta‟kidlashadi. Faylasuf olim B.M.Kedrov fanlar tizimini ikki guruhga ajratgan edi. Bular: bilish haqidagi umumiy fanlar (falsafa, mantiq) hamda tabiiy, aniq va texnik fanlar (geologiya, biologiya, kimyo, fizika, matematika va boshqalar). Xo„sh, zamonaviy fanlar tizimida geografik fanlar qanday o„rin tutadi? Geografiya yagona fanmi? Yoki bir necha alohida fanlardan tashkil topganmi? Bu haqida bir qancha qarashlar mavjud. Chunonchi, rus olimi B.B.Rodoman: (1999), “Geografiya – umumiy ekologik qarashlar va hududiy tadqiqot usullarining birlashuvidan vujudga kelgan yagona fan”, deb hisoblaydi. Britaniyalik olim R.D.Jonstonning (1997) fikri ushbu qarashlardan birmuncha boshqacharoq. Jumladan, olim: “Ijtimoiy geografiya tabiiy geografik fanlarga nisbatan boshqa ijtimoiy fanlar bilan ko„proq uzviy aloqadordir, ya‟ni tabiiy va ijtimoiy (Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya) geografiya – bu ikki boshqa-boshqa fanlardir”, – deya ta‟rif beradi. Shu o„rinda yana shunday savol tug„ilishi tabiiy: geografiya tabiiy fanlar qatoriga kiradimi yoki uni ijtimoiy fanlar tarkibiga kiritish o„rinlimi? Bu borada ko„pchilik olimlar hamfikr bo„lib, tabiiy geografiya tabiiy fanlar, ya‟ni biologiya, geologiya singari tabiatni o„rganuvchi fanlardan biri bo„lsa, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi. Boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o„laroq geografik fanlar xuddi tarix singari jamiyatning barcha jabhalarini o„rgansa-da, biroq uning tadqiqot obyekti juda keng bo„lib, u tabiat va jamiyatni o„zaro bog„laydi. Shu o„rinda aytish joizki, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya jahonning turli mamlakat va mintaqalarida turlicha nom bilan ataladi. Chunonchi: - ingliz tilida so„zlashuvchi davlatlarda “Human geography”, ya‟ni Inson geografiyasi, Ijtimoiy geografiya; - nemis tilida so„zlashuvchi davlatlarda “die Humangeographie” (ijtimoiy) yoki “Antropogeographie” (anthropo – grek tilida inson ma‟nosini anglatadi), “Kulturgeographie” (ma‟daniy geografiya); - fransuz tilida so„zlashuvchi mamlakatlarda “Geographie humaine”, ya‟ni Inson geografiyasi; - Rossiya va Qozog„istonda 1990-yillar boshlarida ijtimoiy geografiya ko„proq iqtisodiy, sotsial va siyosiy geografiya nomi bilan, 2007-yildan boshlab iqtisodiy, sotsial, siyosiy va rekreatsion geografiya nomi bilan atala boshladi. Hozirgi vaqtda O„zbekistonda va boshqa MDH davlatlarida Ijtimoiy geografiya yoki Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya nomi bilan yuritilmoqda. Rus olimi V.S.Jekulin (1989) geografik fanlarni quyidagi to„rt blokka ajratgan. Bular: Download 345.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling