Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning fanining tadqiqot usullari referat
Download 22.71 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistik tahlil
- Iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli
Iqtisodiy rayonlashtirish usuli orqali mamlakatlarning tabiiy, ijtimoiyiqtisodiy mintaqalarining mamlakat ichki mehnat taqsimotidagi o’rni, ixtisoslashuv holati o’rganiladi, shuningdek, bu usul mintaqalar bo’yicha uzoq muddatga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradi. Geografiyada iqtisodiy rayonlashtirish usulini qo’llash natijasida mamlakat har bir mintaqasining o’ziga xos tabiiy sharoiti, tabiiy resurslarining iqtisodiyotning rivojlanishidagi o’rni, xo’jalikning tarixiy-iqtisodiy rivojlanishi va hozirgi hududiy tashkil etish holati, mavjud ilmiy-texnika salohiyatlardan foydalanish negizida samarali ishlab chiqarish tizimini shakllantirishning yo’nalishlari belgilanadi.
Statistik tahlil iqtisodiy-geografik va ekologik tadqiqotlarning muhim usullardan biri bo’lib, u aholining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati va hududlar bo’yicha majmuali ma’lumotlar tizimini tadqiq qilish imkonini beradi. Bu usul orqali xalqaro, mintaqaviy va mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy tizimga doir fakt va raqamlar tahlil qilinadi, chunki statistik fakt va raqamlar iqtisodiy geografik tadqiqotlarning asosini tashkil qiladi. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida hududlardagi iqtisodiy-ijtimoiy jarayon, aholining joylashishi, umumiy demografik jarayon, mehnat resurslari, urbanizatsiya, shahar va boshqa aholi punktlari, shuningdek, iqtisodiyotning muhim sohalari – sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, ish-lab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarining rivojlanish va joylanish xususiyatlari o’rganiladi. Iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli xo’jalik va aholiga doir raqamlar majmuasini tahlil qilish, o’rganilayotgan jarayonni miqdoriy baholash imkonini beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi miqdor bog’lanishlarning matematik ifodasini kibernetika fanlarida model, uni tuzish esa modellashtirish deyiladi. Modelning aniqligi, to’plangan ma’lu-motlar darajasi va hajmiga, ularning to’g’riligiga, tadqiqotchining malakasi va modellashtirish jarayonidagi aniqlanadigan masalaning ko’lamiga bog’liq. Keyingi yillarda tarmoqlararo va hududlararo ishlab chiqarish tizimlarini muvozanatlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini va ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishning turli variantlarini aniqlashda modellashtirishdan foydalanilmoqda. Iqtisodiy-matematik modellashtirish kompyuterlar orqali amalga oshirilib, bunda chiziqli dasturlashtirish qo’llaniladi. Chiziqli dasturlashtirish xilma-xil iqtisodiy jarayonlar uchun oqilona yechimlarni aniqlash imkonini beruvchi matematik dasturdir. Download 22.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling