Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning fanining tadqiqot usullari referat
Download 22.71 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruhlashtirish usuli
- Prognoz qilish usuli
- Faktlar tahlili usuli
SWOT-tahlil usuli orqali hududning kuchli, zaif, imkoniyat va tahdid tomonlari belgilanadi. Natijada, o’rganilayotgan obyektning raqobatbardoshligiga erishish yo’llari aniqlanadi. Eng muhimi, bunda zaif tomonlar va imkoniyatlarga ham e’tibor qaratiladi, tahdid hisobga olinadi va shu asosda istiqbolda rivojlanish yo’llari belgilanadi.
Guruhlashtirish usuli – ommaviy statistik ma’lumotlarning bir xil, tipik bo’lgan belgilarga ko’ra guruhlarga ajratish usuli hisoblanadi. Bu usul o’rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni hududlar va tarmoqlar bo’yicha umumlashtirish imkonini beradi. Ekspert baholash usuli – ishlab chiqarish kuchlarining tarmoqlar va hududlar bo’yicha istiqbolda rivojlanishini yuqori malakali ekspertlar yordamida baholashdir. Ekspert baholash usuli, ayniqsa, insonning xo’jalik faoliyati tufayli atrof-muhitda yuz berayotgan o’zgarishlarni baholashda keng qo’llanilmoqda. Prognoz qilish usuli – iqtisodiyotning rivojlanishi, aholi soni va tarkibini, hududlarning kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ilmiy bashorat qilishdan iboratdir. Iqtisodiy bashorat qilish ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni oldindan bilish, bu muammolarni aniqlash va jamiyat taraqqiyotining ilmiy asoslangan yechimlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Faktlar tahlili usuli asosida tarmoqlar o’rtasida hamda tarmoqlar ichidagi farqlar aniqlanadi va korxonalar yo’nalishi belgilanadi. Faktlar tahlili ko’plab hodisalarni umumlashtirish hamda tarmoqlarni modellashtirish uchun kerakli ma’lumotlarni tayyorlash imkonini beradi. Balans usuli – iqtisodiyot tarmoqlari, tarmoqlararo, ijtimoiy sohalarda doimo o’zgarib turuvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar muvozanatini ifodalovchi tizimdir. Yuqoridagilar bilan birga, ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fani yuzasidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda quyidagi yo’nalish usullariga ham alohida ahamiyat qaratiladi: -tarmoqlar bo’yicha (mamlakatlar va iqtisodiy rayonlar xo’jaligining alohida tarmoqlarini, shuningdek, jahon xo’jaligining tarmoq tarkibini); -rayonlar bo’yicha: (mamlakatlar va iqtisodiy rayonlar xo’jalik majumasini); -mahalliy (lokal), ya’ni alohida olingan sanoat korxonasini, firmalar faoliyatini, aholi punktlari, dehqon-fermer va uy xo’jaliklari, assotsiatsiyalar va boshqa korxonalar xo’jalik faoliyatini tadqiq qilishda keng foydalaniladi. ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fanida tarmoqlar bo’yicha tadqiqot usullari muhim o’rin tutadi. Bu usul orqali jahon xo’jaligi, iqtisodiy rayon va mamlakat bo’yicha iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va joylashish xususiyatlari, tarmoqning iqtisodiy rayon va mamlakat xo’jalik ixtisoslashuvida tutgan o’rni, istiqbolda rivojlanishi hamda iqtisodiy rayonlarning shakllanishidagi o’rni tadqiq qilinadi. Rayonlar bo’yicha mamlakat xo’jalik majmuasini, mavjud tabiiy sharoit, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy resurslar hamda fan-texnika inqilobi yutuqlari asosida samarali hududiy ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish va shakllantirish tadqiq qilinadi. Shuningdek, rayon va mamlakat bo’yicha majmuali tadqiqotda rayon va mamlakat hududida rivojlanayotgan ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishning samarali shakllari, hududiy ishlab chiqarish majmualari va agrosanoat majmualari, vertikal va gorizontal ishlab chiqarish aloqalari hamda energiya ishlab chiqarish bosqichlari (sikllari) o’rganiladi. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishni takomillashtirish va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishda mahalliy miqyosdagi tadqiqotlar, ya’ni aniq korxona, firmalar faoliyati, aholi yashash manzilgohlari, assotsiatsiyalar, dehqon-fermer va uy xo’jaliklarining iqtisodiy holatini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bunda asosiy e’tibor mahalliy sharoit, mehnat resurslari, ishlab chiqarish aloqalari hamda istiqbolda rivojlanish masalalariga qaratiladi. Download 22.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling