1.Marketing funksiyalari va faoliyati mazmuni.
Marketing funksiyasini korxonaning boshqa funksiyalaridan farqishundan iboratki, marketing funksiyalari xo‘jalik yurituvchi subyektlar,uning iste’molchilari, mijozlari o'rtasida ayirboshlash jarayonini amalgaoshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketingfunksiyalari doimo o ‘zgarib boradigan ehtiyojdagi talabni shakllanishiyaratilishi, rivojlanishida javobgarlikka egadir. Marketingning universal funksiyalari sotib olish, sotish, tashish, saqlash, standartlashtirish va baholash, moliyalashtirish, xavflar(risk)ning oldini olishni va marketing axborotlarini ta ’minlashni
o‘zichiga oladi. Biroq, zamonaviy marketing bozor ma’lumotlarini to‘plash va ushbu ma’lumotni tahlil qilish kabi boshqa funksiyalarga ega. Mahsulotni loyihalashtirish va rivojlantirishda yordam berish uchun marketing funksiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Marketing funksiyalari quyidagi grafikda yaqqol o ‘z ifodasini topadi.
Bozor haqida ma’lumot (axboroti). Iste’molchilaming ehtiyojlarini, istaklarini va talablarini aniqlash va keyinchalik aniq mahsulotni va xizmatlami muvaffaqiyatli sotish uchun turli qarorlar qabul qilish uchun aniqlangan ma’lumotlami tahlil qilish marketingning eng muhim vazifalaridan biridir. Tahlil maqsadi tashkilotning ichki zaif tomonlarini va kuchli tomonlarini, shuningdek, maqsadli bozoming siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va demografik ma’lumotlarini baholashni o‘z ichiga oladi. Bu ma’lumotlar bozor segmentlarida ham qo‘llaniladi.
Bozorni rejalashtirish. Bozomi rejalashtirish firmaning marketing maqsadlariga erishishga qaratilgan. Ushbu maqsadlar bozordagi ustunlikni yoki bozor ulushini oshirishni o ‘z ichiga olishi mumkin. Bozomi rejalashtirish funksiyasi ishlab chiqarish darajalari, qo‘llab-quwatlash (promotion) va boshqa harakat dasturlarini qamrab oladi.
Ayirboshlash funksiyasi. Sotib olish va sotish – marketingning ayirboshlash funksiyalari hisoblanadi. Ular mijozning talablarini qondirish uchun firma takliflari yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlaydi. Ayirboshlash funksiyalari reklama, shaxsiy sotish va savdoni maksimallashtirish orqali qo‘llab-quvvatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |