Iqtisodiy xavfsizlik” fanidan kurs ishi mavzu: Inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari. Bajardi: Iqtisodiyot fakulteti i-53-2 guruhi talabasi Raxmatov Farid Tekshirdi: Sobirova Malika


Kirish. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 49.23 Kb.
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi49.23 Kb.
#1519005
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Иктисодий хавфсизлик курс иши Рахматов Фарид

Kirish.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. XXI asrda ilm-fan va texnika rivojining shiddatli tus olgani, axborot almashinuvi tizimining tubdan takomillashgani ayrim mamlakatlar iqtisodiyotining keskin rivojlanishiga, ayrim mamlakatlar iqtisodiyotida esa sezilarli darajada o’zgarishlar ro’y berishiga sabab bo’ldi. Shuningdek, dunyo mamlakatlari ichida xavfsizlik muammolari ham paydo bo’la boshladi.
Bugungi bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga ega bo’lgan mamlakatlar uchun esa, ayniqsa, iqtisodiy xavfsizlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizning yurtimizda ham xavfsizlik masalalari davlat siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasining XXVI bobi mudofaa va xavfsizlik uchun ajratilgan.
Shuningdek, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “… milliy xavfsizlik kabi oʼta muhim sohani qonun talablari asosida boshqarish samarasini oshirish bizning ustuvor vazifalarimiz qatoriga kiradi. Biz milliy xavfsizlikni taʼminlashda strategik rejalashtirish boʼyicha aniq davlat tizimini barpo etishga obyektiv zarurat sifatida ehtiyoj sezmoqdamiz”.
Inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo’nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iqtisodiy xavfsizlikni o’rganish orqali millatning va mintaqaning iqtisodiy xavfsizligini inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali ta’minlash va uning munitsipial shakllanishini baholashga oid nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lgan zarur bilimlar bilan qurollantirish maqsad qilib qo’yilgan.
Kurs ishining maqsadi. Inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo’nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni o’rganish, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda inson resurslaridan oqilona foydalanish nazariy asoslarining mazmun va mohiyatini chuqur anglab yetish, iqtisodiy xavfsizlikni amalga oshirishda davlatning maqsad va vazifalarini aniqlash, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash uchun inson resurslaridan oqilona foydalanishda xorij tajribasini o’rganish, O’zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda inson resurslaridan oqilona foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini ko’rib chiqish va ularning tobora rivojlantirilishi bo’yicha ilmiy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda inson resurslaridan oqilona foydalanishning nazariy asoslarini, ularning mazmun va mohiyatini o’rganish;

  • mehnat resurslarini boshqarishda inson resurslaridan foydalanishning ahamiyatini tadqiq qilish;

  • mamlakat iqtisodiy xavfsizligida inson resurslaridan foydalanishning ko'rsatkichlar tizimini ko’rib chiqish;

  • iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda inson resurslaridan oqilona foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlashtirish.


Download 49.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling