Iqtisodiy xavfsizlik” fanidan kurs ishi mavzu: Inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari. Bajardi: Iqtisodiyot fakulteti i-53-2 guruhi talabasi Raxmatov Farid Tekshirdi: Sobirova Malika


Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda inson resurslaridan oqilona foydalanishning nazariy asoslari


Download 49.23 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi49.23 Kb.
#1519005
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Иктисодий хавфсизлик курс иши Рахматов Фарид

Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda inson resurslaridan oqilona foydalanishning nazariy asoslari.

Milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uni ta’minlashning eng muhim sharti yoki omili, ko'rsatkichi iqtisodiy xavfsizlikdir. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi eng umumiy tarzda mamlakatning moddiy va nomoddiy, qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan iqtisodiy salohiyatini ifodalaydi. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining mazmuni iqtisodga oid ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Bir guruh olimlar mazkur iqtisodiy tushuncha mazmunini mamlakatning yetarli mudofaa salohiyatini, davlat siyosatining ijtimoiy yo’naltirilganligi, milliy manfaatlarni himoya qilishni kafolatlashga qodir bo'lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining holati sifatida ta’riflaydilar. Shuningdek, uni hokimiyat institutlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan milliy manfaatlarni himoya qilish va ro'yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi deb ham talqin qiladilar.


Ikkinchi guruh olimlar mazkur tushunchani xalqning mustaqil ravishda tashqi kuchlarning aralashuvisiz va tazyiqisiz o’z iqtisodiy taraqqiyot yo'li va shakllarini belgilab olishiga imkon beradigan holat sifatida tavsiflaydilar.
Uchinchi guruh olimlar esa “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasini iqtisodiyotning ijtimoiy ehtiyojlarni samarali qondirishga qodirligi, deb ta’riflaydilar.i
To’rtinchi guruh olimlar esa mazkur tushunchani iqtisodiyotning progressiv rivojlanishi va normal darajada amal qilishining muhim sharti, iqtisodiyot sohasida shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanishi, deb tavsiflaydilar. Taniqli rus iqtisodchisi L.l. Abalkin ushbu tushuncha mohiyatini ochib beruvchi uch elementni ko’rsatib bergan:
- iqtisodiy mustaqillik. Hozirgi jahon xo'jaligi sharoitida iqtisodiy mustaqillik absolyut xarakterga ega emas, chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga o’zaro bog’liq qilib qo’yadi;
- milliy iqtisodiyotning barqarorligi. Bu shaklidan qat’iy nazar mulkchilikning himoya qilinishi, tadbirkorlik faolligi uchun ishonchli sharoit va kafolatlarning yaratilishi, mamlakatdagi holatning yomonlashuviga, beqarorlikka olib keluvchi omillarning jilovlanishini taqozo etadi;
- o'z-o’zidan rivojlanishga va taraqqiy etishga qodirligi. Bu esa investitsiyalar va innovatsiya uchun qulay muhitning yaratilishi, ishlab chiqarishning muntazam modernizatsiyalashuvi, yangilanishi va takomillashib borishi hamda xodimlarning bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy darajalarining o’sib borishi milliy iqtisodiy barqarorligi va mavjudligining zaruriy shartiga aylanishini ifodalaydi.
E. Buxvald esa xavfsizlik tizimdagi obyektning ichki va tashqi tahdidlarning mavjudligi sharoitida yashay olish va rivojlanish qobiliyatiga egalik va ko’zda tutilmagan, aniqlanishi qiyin bo’lgan noxush omillar ta'siriga bardoshlilik holatini ifodalaydi.
Ilmiy iqtisodiy adabiyotlarda ushbu ta’rif eng to’g'ri ta'rif sifatida e'tirof etilmoqda. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning turli subyektlariga tegishli bo'lib, ular quyidagilardan iborat: alohida fuqarolar; xususiy tadbirkorlik, biznes; davlat korxonalari; milliy iqtisodiyot; davlat.
Ichki iqtisodiy sohalarda xavfsizlik tabiiy, texnikaviy-iqtisodiy, infratuzilmaviy, ijtimoiy, mikrо va makroiqtisodiy rivojlanishning boshqa omillari, shuningdek, turli beqarorlik, tanglikni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlar ta’siridan himoya qiluvchi ichki immunitetlar bilan bog’liqdir.
Tashqi iqtisodiy sohada xavfsizlik mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, milliy valyutasining barqarorligi, davlatning moliyaviy ahvoli bilan tavsiflanadi.
O’tish, ya’ni tranzit iqtisodiyotiga ega bo'lgan, bozor iqtisodiyotiga o'tish maqsadida islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatlarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’ininlash alohida ahamiyat kasb etadi. Ularda, shu jumladan, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakatning geopolitik holatini, uning hozirgi zamon jahon iqtisodiy tizimidagi о’rnini tubdan o’zgartirib yuboradi.
Iqtisodiy xavfsizlik tamoyillari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy tizim ahvolining quyi chegarasini ifodalovchi ko’rsatkichlar qo'llaniladi. Mazkur quyi chegaralardan past ko'rsatkichlarda iqtisodiy tizim uchun tahdidlar vujudga keladi, hatto bu tizimning buzilishi, degradatsiyasi yuz bera boshlaydi. Ushbu quyi chegarani va uning miqdoriy o’lchamlarini aniqlash, belgilash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo’ladi:
- milliy iqtisodiyot hamda iqtisodiy tizim faoliyatining asosiy sharoitlarini o'rganish va ularni tavsiflovchi ko’rsatkichlarni aniqlash;
- milliy iqtisodiyotni tanglikka va beqarorlikka olib keluvchi omillarni aniqlash;
- turli tanglik, xavfli holatlar yuzaga kelishining tartibi va imkoniyatlarini baholash;
- xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga xavf soluvchi tahdidlarning oldini olish yo’llarini aniqlash.
Turli iqtisodiy tahdidlar, noxush holatlar oqibatida ko'rilgan zararlarning o’rnini qoplash uchun zarur bo'lgan xarajatlarni prognoz qilish ham muhim ahamiyatga ega. Buning natijasida favqulodda holatlar oqibatida ko'riladigan zararlarni qoplash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga yo'naltirilgan resurslarni baholash va o’z vaqtida shakllantirish uchun imkoniyat yaratiladi. Shunga bog'liq ravishda “kompensatsion resurslar” va “kompensatsion salohiyat” (potensial) tushunchalarini bir-biridan farq qilish lozim bo'ladi. Kompensatsion resurslar o’z mazmuniga ko’ra sug’urta, zaxira, rezerv resurslarini anglatadi. Kompensatsion salohiyat (potensial) mamlakat iqtisodiyotining tanglik, noxush holatlarga qayishqoqligini, uning oldini olish va uni yengib o’ta olish, xo’jalik jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqarorligi va mustahkamligini tiklay olish qobiliyatini anglatadi. Kompensatsion salohiyat milliy iqtisodiyotning, xalq xo’jaligining biron-bir sektori yoki biron-bir yirik hududda noxushliklar vujudga kelganida ularni tiklay olishga qodirligini ifodalaydi.
Kompensatsion salohiyat o'z ichiga quyidagilarni oladi:
- ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarakteridagi moddiy zaxiralar;
- hududlar bo'yicha joylashtirilgan maxsus zaxiralar;
- tanglik, noxush holatlar sodir bo'lgan joylarga moddiy resurslarni yetkazib berish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha transport vositalari imkoniyatlari;
- yirik tiklash ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha rezerv quvvatlari, ayniqsa, energetika tarmoqlarida, shuningdek, texnik vositalar;
- ahohga ijtimoiy yordam ko'rsatish va aholining ijtimoiy ko'nikish hosil qilishi uchun rezerv imkoniyatlarni saqlash.
Mamlakat iqtisodiy tizimining turli darajalaridagi iqtisodiy munosabatlar iqtisodiy xavfsizlik obyektlari hisoblanadi:
- makroiqtisodiy darajadagi mamlakat iqtisodiyoti;
- hududiy va tarmoq darajasidagi hudud va tarmoq iqtisodiyoti;
- oila va shaxs darajasidagi mamlakat fuqarolari har birining iqtisodiy manfaatlari. Xulosa qilib, keng ma’noda iqtisodiy xavfsizlikni milliy iqtisodiyotning samarali, dinamik o'sishiga, uning jamiyat, davlat, shaxs ehtiyojlarini qondirishning, tashqi bozorda raqobatga bardoshliligini ta’minlovchi, turli tahdid va yo'qotishlardan kafolatlovchi ichki va tashqi sharoitlar yig’indisi, deb ta’riflash mumkin bo'ladi.
XX asrning 70-yillarida AQShda iqtisodiyotda «mehnat resurslari» atamasi o’rniga «inson resurslari» («human resources») qo’llanila boshlandi. Ushbu o’zgarish fan-texnika inqilobi davrida insonning ishlab chiqarishdagi roli va o’rni qayta ko’rilib chiqilishi natijasida yuz berdi.ii
Ma’lumki, XVIII-XIX asrlarda ishlab chiqarishning ilk mexanizatsiyalashtirilishi davrida mehnat bozorida mehnat faoliyatining turli sohalarida ko’nikmalarga ega bo’lgan ish kuchi asosiy rol o’ynagan edi. Ya’ni ishlab chiqarish uchun maxsus tayyorgarlikni va katta jismoniy kuchni talab etmaydigan, aksariyat odamlar osongina egallay oladigan ko'nikmalarga ega bo’gan ish kuchi kerak edi.
O’zining innovatsion rivojlanish bosqichiga qadam qo’ygan zamonaviy iqtisodiyotda mehnat bozorida taqdim etilgan resurslar katta ahamiyat kasb etmoqda. Birorta ishlab chiqarishni insonsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bevosita mehnatni tashkil etishning shakli yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimning shakllanishi va rivojlanishini ifoda etadi. Shuning uchun ham ijodiy shijoatga ega bo’lgan xodimlargina innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishni ta’minlay oladi. Mehnat bozorida bugungi kunda taqdim etilayotgan inson resurslari ham yangi iqtisodiyotni shakllantirishga da’vat etilgan.
Inson resurslari o’zida inson kapitaliga talab va uning taklifi hamda boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlarga egaligi sababli iqtisodiy munosabatlarning subyekti hisoblanadi. Inson resurslarining tarkibi xodimlarning kasbi va malakasi, shuningdek, omilkorligi bilan ajralib turadi. Bunda:
- kasb (ixtisoslik) - bu maxsus tayyorgarlik jarayonida egallangan, muayyan faoliyat turini bajarish imkonini beradigan bilim va ko’nikmalar jamlanmasi;
- malaka - bu xodimga mehnat faoliyatining muayyan darajasidagi ish (xizmat)larni bajarish imkonini beradigan bilim va tajribaning hajmi;
- omilkorlik - bu xodim tomonidan egallangan kasbiy ko’nikmalar darajasi.
Inson resurslari tadbirkorlik qobiliyatni ham qamrab oladi. Tadbirkorlik qobiliyati - bu inson faoliyati bo’lib, faqat bilim, malaka va omilkorliknigina emas, shuningdek, biznes yuritish iste’dodi, iqtisodiy sezgirlik va omadni ham qamrab oladi.
Inson resurslari salohiyatining asosiy sifat ko’rsatkichi - xodimning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligidir. Mazkur sifat ko’rsatkichlariga o’zgarayotgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, ishlab chiqarishda ro’y berayotgan innovatsion jarayonlar ta’sir ko’rsatadi. Ushbu o’zgarishlar jamlanmasini ularning ishlab chiqarish, institutsional va axborot tarkibiy qismlari birligi sifatida ko’rib chiqish mumkin.
Zamonaviy mehnat bozorida raqobat muttasil kuchayib borayotganligi barchaga ma’lum. Buni, jumladan, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlardagi ishsizlik darajasi ham yaqqol isbotlab turibdi. Innovatsiyalarga asoslangan kompaniyalar bozorda raqobatbardoshlikni saqlab turish uchun mehnat bozoridagi raqobatbardosh inson resurslariga ega bo’lishga intiladilar. Chunki hozirgi paytda ishlab chiqarishning texnikaviy imkoniyatlari asosan chegaralanib qolgan.
Inson resurslarining afzalliklari quyidagilar bilan belgilanadi:
- inson resurslarining tayyorgarlik darajasi (ta’lim va malakasining darajasi, keng va tor ixtisoslik);
- ijodiy qobiliyat;
- shaxsiy salohiyatni oshirishga intilish;
- mehnat faolligi;
- ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy harakatga keltiruvchi kuchi;
- eng samarali kapital kiritishning obyekti - kapital bilim va mahoratni oshirishga xizmat qilish bo’lib, kelgusida eng yuqori samara keltiradi.
Inson resurslarining ishlab chiqarish resurlarining boshqa turlaridan (moddiy, moliyaviy, axborot va hokazolar) farqi quyidagilardan iborat:
1. Inson intellektga ega, demak, uning tashqi ta’sir (boshqaruv)ga munosabati mexanik tarzda emas, balki onglidir. Bu esa boshqaruv subyekt va obyektlarining hamjihatligi ikki tomonlama ekanligini anglatadi.
2. Inson resurslari intellektga ega bo’lganligi sababli, odamlar muttasil ravishda rivojlanish va takomillashishga qodirlar. Bu esa har qanday alohida korxona yoki butun jamiyat samaradorligini oshirishning eng muhim va uzoq muddatli manbai hisoblanadi.
3. Inson o’z oldiga ongli ravishda muayyan maqsadlarni qo’ygani holda, faoliyatning aniq bir turini tanlaydi.
Inson resurslarini rivojlantirish konsepsiyasini shakllantirishga Nobel mukofoti sovrindori Amartiya Sen ulkan hissa qo’shgan.
Amartiya Sen tomonidan 1989-yilda e’lon qilingan “Rivojlantirish erkinlik sifatida” kitobida taraqqiyot jarayoni faqat moddiy va iqtisodiy farovonlik jihatidan emas, balki inson imkoniyatlarini kengaytirish jarayoni sifatida tahlil etilgan. Uning nuqtayi nazariga ko’ra, jamiyatdagi turmush darajasini daromadlarning o’rtacha darajasiga qarab emas, balki odamlarning o’zlari munosib hisoblagan hayot kechirishlari uchun mavjud imkoniyatlari bo’yicha baholash lozim. Hindistonlik iqtisodchi olim ijtimoiy rivojlanishning maqsadi ishlab chiqarishni cheksiz ko’paytirish emas, balki odamlarning ko’proq ish bajarish, bilim egallash, uzoq umr ko’rish, kasalliklardan holi bo’lish va hokazolar uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo’lishi zarurligini uqtirgan.
A. Senning konsepsiyasi asosida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish dasturi (PROON) tomonidan insonni rivojlantirishga konseptual yondashish ishlab chiqildi va birinchi marta 1990-yilda Insonni rivojlantirish to’g’risida global ma’ruza e’lon qilindi.
Mazkur konsepsiya insonni rivojlantirishga ikki taraflama yondashishni nazarda tutadi:
birinchidan, insonning imkoniyatlarini uning salomatligini mustahkamlash, bilim olishi, kasb ko’nikmalarini takomillashtirish hisobiga kengaytirish;
ikkinchidan, inson egallagan qobiliyatlarni ishlab chiqarish maqsadlari, madaniy, siyosiy faoliyat, dam olish uchun ishlatish.
Ya’ni konsepsiyaga ko’ra, insonni rivojlantirish faqat resurslami ishlab chiqarish va moddiy boyliklarni ko’paytirish maqsadlarini shakllantirish bilangina chegaralanib qolmaydi.
BMT Rivojlanish dasturining ta’rificha: insonni rivojlantirish - kengroq tanlash imkoniyatini yaratish orqali odamlarni moddiy ne’matlar bilan yaxshiroq ta’minlash jarayonidir. Bunday tanlov cheksiz bo’lishi va vaqt o’tishi bilan o’zgarishi prinsipial ahamiyatga egadir. Biroq rivojlanishning barcha darajalarida uzoq va sog’lom hayot kechirish, bilim egallash va munosib turmush kechirish uchun zarur bo’lgan resurslardan foydalanish imkoniyatlari insonni rivojlantirishning asosiy mohiyatini tashkil etadi. Agar insonda bunday asosiy tanlov bo’lmasa, u boshqa imkoniyatlardan ham foydalana olmaydi.
Inson resurslari - sifat jihatidan muayyan bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lgan mamlakat aholisining bir qismi. Ularning bunday sifatlari qatoriga inson resurslarining ijtimoiy foydali mehnatga qodirligi ham kiradi. Bevosita ana shu jihat ularni mehnat resurslariga ham aylantiradi.


  1. Download 49.23 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling