“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va maqsadi


Download 41.6 Kb.
bet1/3
Sana29.03.2023
Hajmi41.6 Kb.
#1307004
  1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik


Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.


Reja:
  1. “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va maqsadi.


  2. Xavfsizlik” va “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchalarining mohiyati.
  3. Iqtisodiy xavsizlikning turlari va tarkibiy elementlari.









































    1. Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va maqsadi

Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi muhim ahamiyat kasb yetadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar qabul qilishda mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy tizimdagi har qanday o‘zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo‘lishi bilan birga kechadi. Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo‘ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi. Bunday sharoitda “Iqtisodiy xavfsizlik” fanini o‘rganishning ahamiyati yanada oshadi.
Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti - bir tomondan iqtisodiy tizimning obyektiv himoyalanish hususiyatlari, unga xavf soladigan kuch va omillarga qarshi turish mexanizmini, ikkinchi tomondan, davlatning himoyachi sifatidagi funksiyalari, shu maqsadda tashkil yetiladigan institutlarni.
Iqtisodiy xavfsizlik” fanining obyekti - mamlakat iqtisodiyoti va unda amalga oshadigan jarayonlar. Iqtisodiy xavfsizlik o‘rganadigan obyektlarga quyidagilar kiradi: tabiiy boyliklar; inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi; ishlab chiqarish fondlari; ko‘chmas mulk; moliyaviy resurslar; xo‘jalik tizimlari; mintaqalar; oila; inson.
Iqtisodiy xavfsizlik” fanining maqsadi - davlat, jamiyat va shaxsning muhim xayotiy manfaatlarini tan olgan xolda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.
Iqtisodiy xavfsizlik” fanining vazifalari:

  • milliy xavfsizlik asoslari va ustuvorliklarini tushuntirish;

  • iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari va yo‘llarini ko‘rsatib berish;

  • O‘zbekistonning iqtisodiy manfaatlariga bo‘ladigan tahdidlarni hisoblash va taxlil qilish imkonini beradigan bilimlarni shakllantirish va h.k.

Download 41.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling