W – yillik ish haqi ming dollar hisobida, LD va LS lar yillik ishchilarga talab va taklif hajmi, ming kishi hisobida. Nimadir sabab bo‘ldi-yu, ayollar boshqaruvchi lavozimida ishlashdan mahrum qilindilar. Agar mamlakatdagi erkak ish boshqaruvchilar taklifini ko‘paytirish imkoni bo‘lmasa, ushbu qaror natijasida ish haqi va ishchilar soni qanday o‘zgaradi?
Yechimi:
Ayollar boshqaruvdan ketishidan oldingi bozorning muvozanat parametrlarini topamiz LD=900-4×W=LS=-300+8×W bundan W=100 va LD=LS=500 ga ega bo‘lamiz, ya’ni yillik ish haqi 100 ming dollar, ishchilarning soni 500 ming kishini tashkil qilar ekan.
Ayollar boshqaruvdan chetlashtirilganlaridan so‘ng yangi taklif funksiyasi
LS=0.6×(-300+8×W)= -180+0.48×W ko‘rinishida bo‘ladi. Endi yangi muvozanat parametrlarini topamiz LS= -180+0.48×W= LD=900-4×W bundan W=122.72 va LD=LS=409.09 ga ega bo‘lamiz. Demak, qaror qabul qilingandan keyin yillik ish haqi 122 720-100 000=22 720 dollarga oshadi, yillik ishchilar soni esa 500 000-409 090=90 910 kishiga kamayadi.
Javob: Yillik ish haqi 22 720 dollarga oshadi, yillik ishchilar soni esa 90 910 kishiga kamayadi.
XIV MAVZU. TASHQI TA`SIRLAR VA DAVLAT SIYOSATI
1-masala
Tashqi ta’sirlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida, iste’mol chilar o‘rtasida va iste’molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin.
Bir tomonning faoliyati ikkinchi tomon sarf-xarajatini yuzaga keltirsa, tashqi ta’sirlar salbiy bo‘lishi mumkin, yoki bir tomon faoliyati ikkinchi tomonga foyda keltirsa u ijobiy bo‘lishi mumkin.
2-masala
Ishlab chiqarilishi salbiy tashqi samaraga ega bo‘lgan A tovarga bo‘lgan talab mazkur formula ko‘rinishida berilgan:
P=80-Q
taklif hajmi esa
P=0.5Q-10
A tovarni sotish, harid qilish, ishlab chiqarish va undan foydalanishda ishtirok etmagan uchinchi shaxsning harajatlari bir dona tovar uchun 30 $ ni tashkil etadi.
a) A tovarga bo‘lgan muvozanat narx va muvozanat hajm aniqlansin.
b) aytaylik, ishlab chiqaruvchilar tomonidan uchinchi shaxslarga zarar 30 $ hisobida qoplab berildi. Shundan keyingi A tovarga bo‘lgan yangi muvozanat narx va yangi muvozanat hajm topilsin.
Yechimi:
a) bozorning muvozanat parametrlari topamiz 80-Q=0.5Q-10 bundan Q=60 va P=20 bo‘ladi.
b) uchinchi shaxslarga zarar 30 $ hisobida qoplab berilsa taklif funksiyasi 30 birlikka siljiydi PS=0.5Q-10+30=0.5Q+20. Endi yangi bozor muvozanatini aniqlaymiz, 0.5Q+20=80-Q bundan Q=40 va P=40 bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |