XXVIII-MAVZU. VALYUTA KURSINING MAKROIQTISODIY SIYOSATGA TA’SIRI
1-Masala
Nemis markasiga nisbatan dollar kursi 3:1 ni tashkil etadi. Bir xil tovar AQShda 400 doll., Germaniyada esa 1200 marka turadi deb tasavvur qilamiz. Agar dollar kursi sun’iy tarzda 1:2 gacha pasaysa, qaysi eksportchi qo‘shimcha daromad oladi (AQShmi, yoki Germaniyami).
Qo‘shimcha daromad qiymatini aniqlang.
2-Masala
Faraz qilaylik, yevroga nisbatan dollarning kursi 1:3, ya’ni bir xil tovar AQShda masalan 400 dollar tursa, Germaniyada bu tovarning narxi 1200 yevro bo‘ladi. Agar dollarning kursi sun’iy ravishda 1:2 gacha pasaysa, qaysi eksport qiluvchi qo‘shimcha daromad oladi (AQSh yoki Germaniya)? Bu qo‘shimcha daromadning hajmini aniqlang.
3-Masala
Faraz qilaylik, B mamlakatning hukumati o‘z valyuta kursini A mamlakatning milliy valyutaga nisbatan barqarorlashtirib olmoqchi. A mamlakatdagi inflyatsiyaning sur’ati yiliga 5%ni tashkil etadi.
a) B mamlakatda bu maqsadga erishish uchun inflyatsiya sur’ati qanday bo‘lish kerak?
b) Uzoq muddatli davrda pul aylanish tezligi o‘zgarmasa va ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 3%ni tashkil etsa, valyuta kursini barqarorlashtirish uchun pul massasining o‘sish sur’atlari qanday bo‘lishi kerak?
XXIV-MAVZU. TO‘LOV BALANSI VA UNING TARKIBI
1-Masala
Mamlakatning iqtisodiyoti quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:
Tovarlar eksporti
|
29700 mln. so‘m
|
Tovarlar importi
|
31700 mln. so‘m
|
Chet elga qo‘yilgan investitsiyalardan olingan foiz shakllaridagi daromadlar
|
4600 mln. so‘m
|
Chet ellik investorlarga foiz to‘lovlari
|
2400 mln. so‘m
|
Turizmdan olingan mamlakatning daromadlari
|
2700 mln. so‘m
|
Mamlakatning bir tomonli transfert to‘lovlari
|
3500 mln. so‘m
|
Mamlakatdan kapitalning chiqib ketishi
|
5200 mln. so‘m
|
Chet el turizmiga mamlakat rezidentlarining xarajatlari
|
2800 mln. so‘m
|
Mamlakatga kapitalning oqib kelishi
|
8600 mln. so‘m
|
Bu ma’lumotlar asosida joriy hisobning qoldig‘ini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |