Iqtisodiy xavfsizlik mek86A
Download 0.53 Mb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik Xolmatova Dilfuza
- Bu sahifa navigatsiya:
- – resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash;
- – iqtisodiyotning raqobatbardoshligini baholash;
Hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy xavfsizlik siyosati ko’rsatkichlarning barchasini me’yorida saqlab turishga qaratilishi kerak. Iqtisodiy xavfsizlikning bir chegaraviy ko’rsatkichi boshqa shunday ko’rsatkichning yomonlashuvi hisobiga ta’minlanishi mumkin emas. Davlat har bir konkret holatda xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlikni uyg’unlashuvini ta’minlashga harakat qilishi kerak bo’ladi. Ayni paytda qisqa davr oralig’ida foyda keltirishi mumkin bo’lgan ish, strategik jihatdan umuman foydasiz bo’lishi mumkin.Iqtisodiy xavfsizlikning mezoni – iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini ifodalovchi muhim jarayonlar nuqtai nazaridan iqtisodiy holatni baholash hisoblanadi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:– resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash;– resurs, kapital, mehnatdan samarali foydalanish darajasini etakchi mamlakatlar darajasiga va shuningdek, ichki va tashqi xarakterga ega bo’lgan tahdidlar minimumni tashkil etgandagi darajasiga muvofiqligini baholash;– iqtisodiyotning raqobatbardoshligini baholash;– hududiy sarhadlarni va iqtisodiy makonni yaxlitligini baholash;– suverenitet va mustaqillikni, tashqi tahdidlarga qarshi turish imkoniyatlarini baholash;– ijtimoiy barqarorlikni va ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olish va hal etish imkoniyatlarini baholash.Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun uning indikatorlari monitoringini tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Monitoring iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash, tahlil qilish va ularning o’zgarish tendensiyalari va istiqbolini aniqlash imkonini beradi.Mutaxassislarning fikricha, mezonlar biror-bir harakatni amalga oshirish uchun yo’llanma sifatida qabul qilinishi mumkin emas. Uni amalga oshirishda jamiyat bazisini qayta tashkil etish, resurs va ishlab chiqarish salohiyatini qayta qurish, yangi bozor institutlarini, xo’jalik yuritish dastaklarini, boshqarish tizimini yaratishga muvofiq bosqichma-bosqichharakat qilish zarur bo’ladi.Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling