Iqtisodiy xavfsizlik mek86A
Download 0.53 Mb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik Xolmatova Dilfuza
Xo’jalik yuritishning istalgan sohasida – ishlab chiqarish, tashqi savdo, ilmiy- texnikaviy hamkorlik va boshqalarda, barcha mamlakatlar uchun xavfsizlikning ma’lum chegaralari mavjud bo’lib, ularni ilmiy asoslangan me’yorlar asosida aniqlash mumkin. Ayni paytda ayrim olingan mamlakatda mavjud bo’lgan vaziyatga to’liq baho beruvchi universal ko’rsatkich mavjud ekanligi to’g’risida gapirish unchalik to’g’ri bo’lmaydi. CHunki iqtisodiy xavfsizlik ko’p omillar ta’sirida bo’ladigan hodisa hisoblanib, u milliy ishlab chiqarishning uzluksiz o’zgarib turuvchi ichki va tashqi sharoitlarining yig’indisini aks ettiradi.Akademik V.K Senchagovning umumiy tahriri ostida chop etilgan “Ekonomicheskaya bezopasnost Rossii” nomli dasrlikda ta’kidlanishicha, iqtisodiyot holati, uning xavfsizligi uchta indikator, ya’ni iste’mol narxlari, milliy valyuta kursi va aholining pul daromadlari bilan belgilanadi. Mana shu uchta indikator iqtisodiy xavfsizlikning boshqaindikatorlariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Ular iqtisodiy xavfsizlik vositasi sifatida xizmat qiladi. Bunday ko’rsatkichlar davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalarini amalga oshirish vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi.CHegara ko’rsatkichlari – iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarning miqdor jihatdan ifodalanishidir. Mazkur ko’rsatkichlar tizimli tahlil, prognoz va ijtimoiy- iqtisodiy rejalashtirishning muhim vositasi bo’lib hisoblanadi.Iqtisodiyot sohasida asosiy ustuvorlik aholining turmush darajasini yuksaltirish bo’lganligi bois YAIM hajmi va u bilan bog’liq ko’rsatkichlarning quyi chegaraviy miqdorlarini belgilashda aynan shu ko’rsatkich asos sifatida olinishi kerak.Jahon tajribasidan ma’lumki, ijtimoiy sohada tahdidlar minimal darajada bo’lishi uchun yashash minimumidan past daromadga ega bo’lgan aholi ulushi 7-10 foizni tashkil etishi, boy va kambag’allar daromadlari o’rtasidagi tafovut esa sakkiz martadan oshmasligi kerak.Bir guruh rossiyalik olimlar iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy miqdorlarini belgilashda BMT tomonidan 1990 yilda qabul qilingan insoniy rivojlanish indeksini taklif etadilar. Mazkur indeks ijtimoiy taraqqiyotning eng aniq umumlashgan ko’rsatkichi (mezoni) bo’lib hisoblanadi16.Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling