Iqtisodiy xavfsizlik qanday ko`rsatkichlar orqali tavsiflanadi?


Download 30.57 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi30.57 Kb.
#1489698
Bog'liq
2-savolga javob ик.хав


Takrorlash uchun savollar



  1. Iqtisodiy xavfsizlik sub`ektlari nuqtai nazaridan qanday shakllarda namoyon bo`ladi?

  2. Iqtisodiy xavfsizlikning ishlab chiqarish-xo`jalik faoliyati bo`yicha namoyon bo`lish shakllari qanday?

  3. Iste`mol nuqtai nazaridan iqtisodiy xavfsizlik qanday shakllarda namoyon bo`ladi?

  4. Ijtimoiy xavfsizlik shakllari nimalarda namoyon bo`ladi? Ularning ahamiyatini tushuntirib bering.

  5. Iqtisodiy xavfsizlikning transport-kommunikatsiyasi sohasidagi shakli qanday ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega?

  6. Iqtisodiy xavfsizlik qanday ko`rsatkichlar orqali tavsiflanadi?

  7. Iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasi deganda nimani tushunasiz?



Javoblar:
1. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo`lish shakllarini uning sub`ektlari va ob`ektlari nuqtai nazaridan turkumlash mumkin. Iqtisodiyot sub`ektlari nuqtai nazaridan iqtisodiy xavfsizlik quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
- shaxsning iqtisodiy xavfsizligi;
- korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi;
- davlatning iqtisodiy xavfsizligi
Inson va uning manfaatlari uchun oila muhim ahamiyat kasb etadi. Oila qarindoshlik aloqalari va maishiy hayot umumiyligi asosida ongli ravishda tashkil etilgan kishilarning kichik guruhidan iborat. Oilaning hayot faoliyati shaxsning, u a`zo bo`lgan oila va jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma`naviy ehtiyojlarini ro`yobga chiqarish maqsadida amalga oshiriladi hamda o`zining uy xo`jaligini mustaqil ravishda yuritadi. Insonning ehtiyojlari, manfaatlariga salbiy ta`sir ko`rsatadigan, ularni ro`yobga chiqarishga to`sqinlik qiladigan omillardanhimoyalangan.ligi shaxs xavfsizligi deb ataladi. SHaxs xavfsizligi o`z ichiga uning hayoti, salomatligi, erkinligi va shaxsiy daxlsizligiga, qadr-qimmati, sha`ni va obro`siga, mol-mulkiga qilingan tajovuzlardan himoyalanishni oladi.


2. Iqtisodiy adabiyotlarda xavfsizlik xo`jalik faoliyati sohalarida yuzaga kelishi nuqtai nazaridan asosan uch yo`nalish, ya`ni ishlab chiqarish-xo`jalik, xo`jalik-iste`mol va moliyaviy sohalar bo`yicha turkumlanadi1. Bizning nazarimizda ushbu uch yo`nalish barcha mamlakatlar uchun umumiy bo`lgani bilan, ayrimlari uchun qo`shimcha yo`nalishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHunga ko`ra, bizning fikrimizcha, iqtisodiy xavfsizlikni ishlab chiqarish-xo`jalik, xo`jalik-iste`mol, moliyaviy, transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy sohalar bo`yicha turkumlash maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiy xavfsizlik turlarining mohiyati, vujudga kelish sabablarini o`rganish, milliy manfaatlarga tahdidlarni aniqlash ularning oldini olish va ulardan muhofazalanish chora-tadbirlari, mexanizmlarini ishlab chiqish hamda vujudga keltirishga imkon beradi. Buning uchun ushbu xavf-xatarlar va xavfsizlik darajasini aniqlash, ularning ko`rsatkich va mezonlarini o`rganish lozim bo`ladi.
3. 4.  iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda iqtisodiy vosita va chora-tadbirlar bilan bir qatorda korrupsiya, 
tashkiliy jinoyatchilikka, xufyona iqtisodiyotga qarshi siyosiy. 
huquqiy. iqtisodiy. tashkiliy tavsifdagi chora-tadbirlar, vosita- 
lardan ham foydalaniladi. Bunda iqtisodiy boshqaruv organlari 
huquq-tartibot. milliy xavfsizlik xizmati, chegara, bojxona 
organlari bilan birgalikda faoliyat yuritadilar.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash uchun asosiy shart- 
sharoitlar quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
- aholining sivilizatsion ehtiyojlari me'yorida yashash 
imkoniyatining yaratilishi. Bu kishilar uchun tanlash erkinligi 
hamda uzoq muddat mehnat qobiliyatini saqlagan holda 
faoliyat yuritish huquqi va majburiyatini ifodalaydi. Buning 
uchun bozorning o'z-o'zini tartiblash va iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartiblash mexanizmlari uyg'unligini ta’minlashga 
xizmat qiluvchi rcsurs, energetik. transport, ishlab chiqarish va 
bozor infrastrukturalari shakllantiriladi;
- xotiijam yashash imkoniyatlarining yaratilishi. Buning 
uchun favqulodda noxush vaziyatlar vujudga kclishining oldini 
olish hamda ishonchli axborotga ega bo'lish uchun iqtisodiy 
sharoitlar vujudga keltirilishi lozim bo'ladi. Bundan ko'z- 
langan maqsad, birinchidan, iqtisodiy va texnogen xavf- 
xatarga qarslii turish, ikkincliidan, iqtisodiy jinoyatchilik va 
terrorizmning kuchayishiga qarshi turli imkoniyatlami yaratish 
hisoblanadi;
- mamlakatning hududiy va iqtisodiy yaxlitligiga xavf so- 
luvchi omillarning oldini olish. Bu omillar mamlakat 
hududlari rivojlanishi va aholi turmush darajasidagi farqlaming 
kattalashib ketishi tufayli vujudga keladi. Mamlakatning 
hududiy va iqtisodiy yaxlitligini ta’minlash uchun birinchidan, 
yagona iqtisodiy makonni tashkil etish maqsadida pul va bank 
tizimini mustahkamlash, moliyaviy va savdo infratuzilmasini 
rivojlantirish; ikkinchidan, hududlaming ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajalarini bir-birlariga yaqinlashtirishga qaratilgan 
oqilona hududiy siyosatni amalga oshirish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi.

Ushbu shart-sharoitlarni yaratish asosida iqtisodiy xavf­


sizlikni ta’minlash mexanizmining asosiy elementlari huquqiy 
baza, boshqarishning iqtisodiy uslublari hamda iqtisodiyotni 
davlat tomonidan tartibga solish hisoblanadi.


5. COVID-19 pandemiyasi mintaqaviy transport tizimining tovarlarning uzluksiz harakatlanishini taʼminlash uchun tezkor va samarali yechimlarga nisbatan zaifligini koʻrsatdi. Global va mintaqaviy karantin cheklovlari yuklarni tashish uchun ishlatiladigan asosiy transport yoʻlaklarining vaqtincha yopilishiga olib keldi.
Aksariyat hollarda bir qator davlatlar bir tomonlama va proteksionistik choralarni koʻrdilar, bu esa yuk oqimining toʻliq toʻxtashiga va ayrim yoʻnalishlari boʻyicha pasayishiga olib keldi, shu munosabat bilan tashqi savdo subyektlari yangi yechimlarni izlash va muqobil transport yoʻlaklaridan foydalanishga majbur boʻlishdi, bu esa yuk tashish xarajatlarning oshishiga olib keldi.
Shu munosabat bilan, hozirgi vaqtda mintaqa davlatlari hukumatlari yuk va yoʻlovchilar tashish sifati, xavfsizligi va tezligini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga xalqaro yuk tashishni amalga oshirishda transport xarajatlarini optimallashtirishga imkon beradigan samarali strategiya va yechimlarni ishlab chiqishga katta eʼtibor qaratmoqdalar.
Masalaning istiqbolli yechimlardan biri – bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida aytib oʻtilgan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun Maxsus dasturi (MOIMD) hamda Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (OTOIIK) Dasturi doirasida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusidir. Ushbu Markaz transport-logistika salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishga va mintaqaviy hamda xalqaro yuk tashishni yana-da kengaytirishga toʻsqinlik qiladigan tizimli muammolarni hal qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishiga koʻmaklashadi va bu, oʻz navbatida, jadal iqtisodiy oʻsishga erishish va mintaqaning farovonligini oshirishga imkon beradi.


6 . Иқтисодий хавфсизликни таъминлаш мақсадида хўжаликсубъектининг молиявий барқарорлигини таҳлил қилишда қуйидаги ҳисобот кўрсаткичларидан фойдаланилади:

  • корхонанинг ўз маблағлари билан таъминланиш коэффиценти, ўзининг айланма активларининг умумий активлар суммасига нисбати;

  • жорий ликвидлик кўрсаткичи;

  • ўз капиталининг рентабеллиги;

  • умумий тўловга қодирлик кўрсаткичи, активлар бозор қийматининг хўжалик субъектининг барча мажбуриятларига нисбати;

  • капиталлаштириш коэффициенти, ўз капиталини бозор қиймати қарз маблағларининг баланс қийматига нисбати;

  • менежмент коэффициенти, сотишдан олинган пул тушумининг жорий мажбуриятлар миқдорига нисбати




7. Yuqoridagi ko`rsatkichlar miqdorining tahlikali quyi (porogovaya cherta) chegarasini ko`rsatish va aniq belgilash lozim bo`ladi. Bu ko`rsatkich miqdori belgilangan quyi chegaradan pastga tushganda iqtisodiy tahdid vujudga keladi. Ushbu tahlikali quyi chegara – iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan xo`jalik faoliyati proportsiyalarining eng quyi maqbul nisbatlarini ifodalovchi miqdoriy indikatorlar bo`lib, ularga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarish turli elementlarining iqtisodiy rivojlanishiga to`sqinlik qiladi va mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladi.
Tahlikali quyi chegaraning miqdoriy o`lchamlarini aniqlash uchun quyidagilarga asoslanish lozim bo`ladi:
- milliy iqtisodiyot holati va undagi mutanosibliklar hamda takror ishlab chiqarish elementlari va omillari holatining birlamchi, muhim xususiyatlarini tavsiflash;
- iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarni to`liq va keng qamrovdi ifodalash;
- iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarga xavf soluvchi tahdidlarni to`liq va har tomonlama hisobga olish;
- iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasini ifodalovchi indikatorlardan hokimiyat organlari mamlakat iqtisodiyoti holatini aniq baholashda va boshqa mamlakatlar bilan qiyoslashda foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
Ushbu indikatorlarning mamlakat hisob, statistika va prognozlashtirish tizimi bilan muvofiq kelishi.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegarasi indikatorlari milliy iqtisodiyot sohalari va ularning har qaysisidagi milliy manfaatlar nuqtai nazaridan turkumlanadi.
Download 30.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling