Iqtisodiy zonalarni tashkil etishni moliyaviy qo’llab-quvvatlash yo’llari Reja: Kirish
AQSh, Xitoy va Rossiya Federatsiyasida EIHlarni tashkil etish maqsadlari
Download 105 Kb.
|
almardonov mamurjon kurs ishi2
AQSh, Xitoy va Rossiya Federatsiyasida EIHlarni tashkil etish maqsadlari
O’zbekiston Respublikasida 1996-yil 25-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq EIHlarni tashkil etish maqsadlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish. 2. Ushbu maqsad yo’lida chet el kapitalini jalb qilish. 3. Hamda istiqbolli texnologiyalarni jalb qilish. 4. Va boshqaruv tajribasini jalb etish. O’ zbekiston Respublikasida EIHlar faoliyati O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi 220-I-sonli Qonuni bilan tashkil etiladi, tartibga solinadi va muvofiqlashtiriladi. Mazkur qonun tarkibiga ko’ra, 3 ta bob va 27 ta moddadan iborat. 1-bob “Umumiy qoidalar” deb nomlanib, u 1-10-moddalarni o’z ichiga qamrab olgan. 2-bob “EIZlarning huquqiy tartiboti” nomi ostida 11-19-moddalardan tashkil topgan. 3-bob “EIZlarni boshqarish” nomi bilan 20-27-moddalardan iborat. O’zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi Qonuni 1- moddasiga muvofiq erkin iqtisodiy zona (EIZ) hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xo’jalik, moliyaviy va boshqa faoliyatning istalgan turlari bilan shug„ullanishiga yo’l qo’yiladi, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlari esa bundan mustasnodir. EIZlar to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat bo’lib. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining EIZlar to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi (2- modda). 3-modda. Erkin iqtisodiy zonani tuzish. EIZ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etilib, uning maqomi, shuningdek, uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur zonani tashkil etish to’g’risidagi qaror bilan belgilanadi. EIZning chegaralari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi hamda uning faoliyat ko’rsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi (3-modda). EIZning maqomi uni tashkil etish to’g’risidagi qarorda belgilangan muddat tugaganidan keyin, uni tashkil etish to’g’risidagi qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilmaganda va maqsadlarga erishilmaganda tugatiladi. Bunda uning maqomini tugatish to’g’risidagi qaror belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi (4-modda). Amaldagi qonunchilikka (5-modda) muvofiq, O’zbekistonda EIZlarning quyiagi turlari faoliyat ko’rsatadi: - erkin savdo zonalari; - erkin ishlab chiqarish zonalari; - erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuzilishi mumkin. Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek, tovarlarga ishlov berish, ularni o’rash-joylash, saralash, saqlash zonalarini o’z ichiga oladi. Erkin savdo zonalari chegaraga tutash punktlarda, aeroportlarda, temir yo’l uzellarida yoki O’zbekiston Respublikasi bojxona hududining boshqa joylarida tuziladi. Erkin ishlab chiqarish zonalari – tadbirkorlikni rag’batlantirish, iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni joriy etish maqsadida xo’jalik-moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlar. Erkin ishlab chiqarish zonalari eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislarni, tadbirkorlik zonalarini, industrial-iqtisodiy zonalarni va boshqa zonalarni o’z ichiga oladi. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar alohida ajratilgan hududlardan iborat bo’lib, u erda ilmiy-ishlab chiqarish va o„quv markazlari jamlanadi hamda ular uchun ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus huquqiy tartibot o’rnatiladi. Erkin ilmiy-texnikaviy zonalar yuksak texnologiyalar amal qiladigan zonalar, texnoparklar, mintaqaviy innovatsiya markazlari – texnopolislar shaklida tashkil etiladi (6-8-moddalar). O’zbekiston Respublikasi EIZ hududida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi. EIZlarda investorlarning O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kafolatlari va imtiyozlariga rioya etilishi ta‟minlanadi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qo’shimcha kafolatlar va imtiyozlar nazarda tutilishi mumkin. Davlat organlari va boshqa organlar yohud mansabdor shaxslarning yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatiga asossiz aralashuvi natijasida ularga yetkazilgan zararning o’rni, shuningdek, boy berilgan foyda hamda yetkazilgan ma’naviy ziyon sud tartibida qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi kerak (9-modda). EIZ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan dasturga muvofiq rivojlantiriladi. EIZni rivojlantirish dasturi ishlab chiqarish va bozor infrastrukturasini yaratishni, alohida huquqiy tartibotni ta’minlashni, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini iqtisodiy rag’batlantirish choralarini o’z ichiga oladi. EIZni rivojlantirish dasturini moliyaviy ta’minlash zonaning o’z resurslari hamda xususiy va boshqa manbalardan mablag’lar jalb etish, shu jumladan, xalqaro dasturlar hisobiga, shuningdek, mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga respublika budjetidan va mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi (10-modda). Qonunning 11-moddagiga ko’ra, EIZlarda alohida bojxona, valyuta, soliq tartiboti, shuningdek, fuqarolar kirishi, chiqishi va bu erda bo’lishining, mehnat munosabatlari, moliya-kredit faoliyatining alohida tartiboti hamda investitsiyalarni jalb etishga, tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirishga va zonani ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan boshqacha tartibot o’rnatilishi mumkin. Yuridik va jismoniy shaxslarning alohida huquqiy tartibotni buzish yo’li bilan olgan daromadi (foydasi) qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinadi. Shuningdek: - tovarlarni olib kirish va olib chiqish uchun bojxona bojlarini bekor qilish yoki kamaytirishni; - eksport yoki import uchun tarifdan tashqari cheklashlarni bekor qilish yoki yengillashtirishni; - tovarlarni belgilangan tartibda albatta bayonnomaga kiritgan holda erkin iqtisodiy zonaning bojxona chegarasi orqali olib o’tishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi alohida bojxona tartiboti ham qo’llaniladi. EIZ hududida alohida bojxona tartibotini O’zbekiston Respublikasining bojxona organlari ta’minlaydi. Bundan EIZ hududi orqali tovarlarni tranzit olib o’tishga nisbatan tadbiq etilmaydi (12-modda). Bundan tashqari, EIZlarda alohida valyuta tartiboti milliy va chet el valyutalarining erkin muomalada bo’lishi hamda ayirboshlanishi ta’minlanadi va uning amal qilish tartibini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi (13- modda). EIZ hududidagi xo’jalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) mamlakat investorlari va chet ellik investorlar uchun teng shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qonun hujjatlarida belgilanadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlardan foydalanish huquqiga egadirlar (14-modda). Bu esa mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. EIZdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlash uchun, eng avvalo, mahalliy mehnat resurslari jalb etiladi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi shaxslar va chet el fuqarolari ham qonun hujjatlariga muvofiq jalb etilishi mumkin. Bunda EIZlarda mehnat munosabatlari qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari (kelishuvlari) va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari (kontraktlari) asosida amalga oshiriladi va tartibga solinadi. Mazkur qonun jamoa shartnomalari va yakka tartibdagi mehnat shartnomalari ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ahvoli qonun hujjatlarida, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining O’zbekiston Respublikasi ham qatnashchisi bo’lgan konvensiyalarida nazarda tutilgan shartlarga nisbatan yomonlashiga yo’l qo’ymaslik shartini ham ta‟minlaydi (15-16-moddalar). EIZ mustaqil budjetga ega bo’lib, uni shakllantirish bosqichida kreditlar berish yoki ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlarini to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash tarzida respublika budjeti va mahalliy budjetdan mablag’lar jalb etilishi mumkin. Shuninshdek, uning budjeti EIZning Ma’muriy kengashi foydalanishi va boshqaruvida bo’lgan yer, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan, xizmatlar ko’rsatishdan keladigan tushumlardan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantiriladi (17-modda). EIZga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning kirishi, iqtisodiy zonadan chiqishi va shu hududda bo’lishining qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladigan soddalashtirilgan tartiboti joriy etilishi mumkin bo’lib (18-modda), bunda EIZ qatnashchilarining investitsiyalari va tavakkalchiligini sug’urta qilish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Sug’urta himoyasi qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlanadi (19-modda). Erkin iqtisodiy zonaning boshqaruv organlari uning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Ma‟muriy kengash va operativ boshqaruv organi bo’lgan EIZ direksiyasidan tashkil topgan (20-modda). Ma’muriy kengash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzilib, unga Kengash rais boshchilik qiladi. EIZning chegaralari O’zbekiston Respublikasining ma‟muriy-hududiy birligi (tuman, shahar, shahardagi tuman) chegarasiga to’g’ri kelgan taqdirda, Ma’muriy kengash raisining vazifalarini ijro etish tegishli hokim zimmasiga yuklanadi (21-modda). Qonunning 22-moddasiga ko’ra, Ma’muriy kengay bir qator vakolatlarga ega hisoblanadi, ya’ni: - alohida huquqiy tartibotga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; - erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi; - erkin iqtisodiy zonada joylashtirish uchun investorlar tanlovini amalga oshiradi; - erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko’rsatishi bilan bog’liq masalalar bo’yicha davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; - erkin iqtisodiy zonaga investitsiyalarni jalb etish uchun qo’shimcha shartlar belgilaydi; - erkin iqtisodiy zonaning har yilgi budjetini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi. Ma’muriy kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin va uning o’z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari EIZ hududidagi xo’jalik faoliyati qatnashchilari (yuridik va jismoniy shaxslar) ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi. Qonunning 23-moddasida EIZda davlat mulki (er, suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar, binolar, inshootlar) huquqining o’ziga xos jihatlari, ularning mahalliy hokimiyat tomonidan Ma’muriy kengashga topshirilishi yoki ushbu Kengashning mazkur boyliklardan oqilona foydalanilishi, ularning muhofaza qilinishi ustidan nazoratni ta’minlashi, amaldagi qonunchilikka ko’ra, xususiy mulk qilib sotishi mumkinligi belgilab qo’yilgan. EIZ direksiyasiga oid masalalar 24-moddada o’z aksini topgan va unga ko’ra, Direksiya yuridik shaxs bo’lib, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi va u: - alohida huquqiy tartibotning amal qilishini ta’minlaydi; - Ma’muriy kengash tomonidan tanlab olingan investorlar majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; - EIZni rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlaydi; - EIZ hududida xo’jalik faoliyati qatnashchilarining (yuridik va jismoniy shaxslarning) ro’yxatdan o’tkazilishini amalga oshiradi; - ekologik holatning yaxshilanishi ustidan nazoratni ta’minlaydi, shuningdek, tarixiy-madaniy boyliklarning but saqlanishi uchun javobgar bo„ladi. Direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Biroq, u yuridik va jismoniy shaxslarning operativ xo’jalik, moliyaviy faoliyatiga hamda boshqa faoliyatiga aralashishga haqli emaslar (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno). Qonunning 25-moddasida EIZ hududida xo„jalik faoliyati qatnashchilarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi va talablari o’z aksini topgan. Unga ko’ra, yuridik va jismoniy shaxslar direksiyada ro„yxatdan o’tish uchun ular direksiyaga davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning ko„chirma nusxasini taqdim etadi. Shundan so’ng Direksiya ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxsga erkin iqtisodiy zonada ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma beradi va bu haqda tegishli davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabar qiladi. O’z navbatida, 25 va 26-moddalarga muvofiq, EIZda faoliyati tugatilgan yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi ham mumkin. Qayta tashkil etilgan va tugatilgan taqdir korxona xodimida mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinayotgan vaqtda qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlar saqlanib qoladi. O’z navbatida, muayyan sabablarga ko’ra EIZlar sohasidagi yuzaga kelgan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi (27-modda). Amaldagi qonunchilikka ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan tashkil etiladigan EIZlar faoliyati mazkur qarorlarga kiritilgan tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar orqali isloh etilishi va takomillashtirilishi mumkin. Mazkur qonun qabul qilinishiga qaramay, oradan 12 yil o’tib, birinchi marta 2008-yilda respublikamizda dastlabki EIH tashkil etildi. Mazkur EIH O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida”gi Farmoniga ko’ra, Navoiy shahrining xalqaro aeroporti hududi yaqinida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona (EIIZ) nomi bilan tashkil etildi. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda jami 21 ta EIZ tashkil etilgan bo’lib, ularning barchalari bir xil nom – erkin iqtisodiy zona nomi bilan nomlanadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli trartibda EIHlar faoliyatiga doir qabul qilingan qarorlarga ilova sifatida tasdiqlangan Nizomlarda EIHlarning faoliyat ko’rsatish tartibi va jarayonlari, ishlash mexanizmi keltirib o’tiladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16- yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-sonli Qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 29-sonli Qarorining 1-ilovasi bilan “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida Nizom”, 2-ilovasi bilan “Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom” hamda 3-ilovasi bilan “Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga er uchastkalari berish tartibi to’g’risida Nizom” tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29- sonli Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom”ga keltirilgan 1-ilova asosida erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda EIZ qatnashchilarini ro„yxatdan o„tkazish sxemasi (1-ilova) hamda 2-ilova asosida ma’lum hududdagi EIZlar va kichik sanoat zonalari Ma‟muriy Kengashi tomonidan tayyorlangan ma’lum bir EIZda investitsiya loyihasini joylashtirish uchun investitsiya buyurtmasini berish shakl (2-ilova), 3-ilova asosida ma‟lum bir EIZ Direksiyasi DUK va ushbu EIZga investitsiya kirituvchi investor o’rtasida ma’lum bir EIZ hududida investitsiyalashni amalga oshirish to’g’risidagi bitim shakli ishlab chiqilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16- yanvardagi 29-sonli Qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi to’g’risida Nizom”ga keltirilgan ilovada erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish sxemasi (3- ilova) ishlab chiqilgan. Bu kabi me’yoriy hujjatlar EIHlarda tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirishda zarur bo’lgan muhim hujjatlar hisoblanadi va ular asosida EIHlardagi faoliyatlar tartibga solib boriladi. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling