Iqtisodiy zonalarni tashkil etishni moliyaviy qo’llab-quvvatlash yo’llari Reja: Kirish
Iqtisodiy zonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash mexanizmining tahlili
Download 105 Kb.
|
almardonov mamurjon kurs ishi2
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo’ljallangan Investitsiya dasturi doirasida barcha yo’nalishlar bo’yicha ajratilgan mablag’lar.
2.Iqtisodiy zonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash mexanizmining tahlili
Bilamizki, XXI asr boshlarida, erkin iqtisodiy zonalar xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi sifa tida jaxon xo‘jaligida muhim o‘rin tutdi. Erkin iqtisodiy zonalarning jahon xo‘jalik tizimida tutgan o‘rni, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, ular xalqaro tovar almashinuvini faollashtirish, investisiyalarni safarbar etish, iqtisodiy integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish evaziga jadal iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi. Erkin iqtisodiy zonalarning vujudga kelishi 1973 yilda imzolangan Kioto konvensiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu konvensiyaga muvofiq bunday zonalar tashqi savdoning maxsus shakli sifatida tan olindi. Bu hududdagi tovarlar bojxona hududidan tashqarida deb tan olinadi. 1973 yildagi Kioto konvensiyasiga ko'ra EIZ tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan: “EIZ bu davlat territoriyasining bir qismi bo'lib, unda xorijdan keltirilgan tovarlarga odatda soliq va bojxona hududidan tashqarida joylashgan tovar sifatida qaralib ular bojxona nazoratiga olinmaydi.”ii Kioto konvensiyasidan so‘ng erkin iqtisodiy zonalar jahonning ko‘plab mamlakatlarida keng rivojlandi. XX asrning 90-yillari oxirlarida jahon bo‘yicha bir necha mingdan ziyodroq turli ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy zonalar faoliyat ko‘rsatdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 2000 yilda jahon tovar aylanmasining 30 foizdan ziyodrog‘i mazkur zonalar hissasiga to’g‘ri kelgan. Xalqaro korporatsiyalar o‘z faoliyati uchun imtiyozli shart— sharoitlarni ta’minlash maqsadida erkin iqtisodiy zonalarga eng yuqori foydani olishga erishishni kafolatlovchi qulay hudud sifatida qaraydilar. Yirik transmilliy kompaniyalar erkin iqtisodiy zonalarda o‘z ishlab chiqarish turlarini tashkil etishi o’zlarining muhum strategik vazifasi deb hisoblaydilar. Erkin iqtisodiy zonalar milliy iqtisodiy hududning bir qismi bo‘lib, u yerda mamlakatning boshqa qismlarida foydalanilmaydigan maxsus imtiyozlar va yengilliklar tizimi amal qiladi. Odatda ko‘p hollarda erkin iqtisodiy zonalar u yoki bu darajada alohidalashgan hudud sifatida namoyon bo‘ladi. Jahon amaliyotida EIZ lar tuzilishining ikki yo'nalishi mavjuddir; Birinchi yo'nalish bo'yicha - hududiy yondashish, ya'ni EIZ larga aniq, konkret hudud deb qaralib, bu zonalarda kerakli imtiyozli tartiblar o'matiladi. Ikkinchi yo’nalish esa, rejali hisoblanib, ya'ni unga konkret kompleks (majmuaviy) korxona deb qaraladi, hamda unga aniq sharoitlarva imtiyozlar beriladi. Ko’p adabiyotlarda va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisobotlarda turli xil imtiyozlar va yengilliklar taqdim etilgan zonalarni tavsiflashda "erkin iqtisodiy zonalar" atamasidan foydalaniladi. Ko‘plab mamlakatlarda qo‘llaniladigan maxsus iqtisodiy qoidalar, dastaklar, maxsus ma’muriy qonunlar ushbu hududlarni muayyan huquqiy va xo‘jalik tartibidan ozod qilmaydi, balki, uni yengillashtiradi, tadbirkorlikni rag‘batlantiruvchi imtiyozlarni taqdim etadi. Bunday hududlar uchun ko‘proq "maxsus iqtisodiy hududlar" atamasi ko‘proq mos keladi. AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi sanoati rivojlangan mamlakatlarda erkin iqtisodiy zonalar tashqi iqtisodiy faoliyatini faollashtirish, depressiv rayonlarda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mintaqaviy siyosatni amalga oshirish, mintaqaviy tafovutlarga barham berish uchun tashkil etilgan. Bunday rayonlarga tadbirkorlar uchun mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan, kengroq iqtisodiy huquqlar va moliyaviy resurslar taqdim etiladi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish maqsadi keng ko‘lamli bo’lib, ularni quyidagicha ifodalash mumkiniii: Ilgor texnologiyalarni jalb etish Bozor infiratuzilmasi muassasalarini rivojlantirish, depressov rayonlarni jadal rivojlantirish Ichki istemol bozorini toyintirish, aholining bandlik darajasini oshirish va ishchi kuchlari sifatini yaxshklash Iqtisodiyotni boshqarish, xalqaro tadbirkorlik, zamonoviy bozor iqtisodiyoti sohasida jahon tajribasini ozlashtirish Erkin iqtisodiy zonalarga xorijiy kapitalni jalb etishning iqtisodiy mexanizmi xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. uskunalar, xom-ashyo va ishlab chiqarishning boshqa tashkil etuvchilari, importini bojxona bojlaridan to‘la yoki qisman ozod etish; 2. foydaga solinayotgan soliqlarga imtiyozlar joriy etish; 3. daromad solig‘idan to‘la yoki qisman ozod qilish; 4. eksport imtiyozlarini joriy etish va mamlakatning boshqa sohalaridan olib kelinadigan uskunalar, xom-ashyo va ishlab chiqarishning boshqa tashkil etuvchilarini rag‘batlantirish; 5. eksportga imtiyozli shart—sharoitlar joriy etish; 6. maxalliy soliqlardan ozod qilish; 7. xorijiy investisiyalarning barcha shakllariga ruxsat berish; 8. eksport va importni imtiyozli litsenziyalash; 9. foydani erkin o‘zlashtirishga imkoniyat yaratish; 10. erkin iqtisodiy zonada milliy valyutaning qisman yoki to’liq erkin almashuvini ta’minlaydigan alohida valyuta rejimini joriy etish; 11. kommunal xizmat, transport tariflari uchun pasaytirilgan ijara to‘lovlarini taqdim etish; 12. jadallashtirilgan amortizatsiyani joriy etish; 13. zamonaviy bozor infratuzilmasini hamda xizmatlar tarmoqlarini barpo etish; 14. xorijiy va aralash korxonalarga davlat kafolatlari va imtiyozlarini taqdim etish va boshqal4ar. Chet el tajriba shuni ko‘rsatadiki, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishda quyidagi sharoitlar bo‘lishi zarur: 1) erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilayotgan mamlakatlarda va mintaqalarda siyosiy barqarorlik; 2) erkin iqtisodiy zonalar huquqini belgilab beruvchi barqaror qonuniy asos; erkin iqtisodiy zonalar tabiiy-geografik sharoitlarining qulay bo‘lishi, agro- iqlimiy resurslarning mavjud bo‘lishi, qo‘shni iqtisodiy xududlarning u bilan bog‘liq bo‘lishi, transport magistrallariga yaqin bo‘lishi; 3) aloqa, transport, ijtimoiy sharoitlar, energetikaning yaxshi rivojlangan infratuzilmasi; erkin iqtisodiy zonalarga xizmat ko‘rsatadigan rivojlangan tijorat infratuzilmasi (banklar, konsalting va yuridik firmalar, auditorlik tashkilotlari transport xizmatlari); 4) erkin iqtisodiy zonalar ma’muriy boshqaruvida samarali tuzilmaning mavjudligi. Ayni vaqtda erkin iqtisodiy zonalar ushbu hududga investisiyalar kiritayotgan sarmoyadorlar uchun ham foydali bo‘lib, bu eng avvalo quyidagilarda o‘z aksini topadi: ❖ sarmoyadorlar ushbu hududda joriy etilgan imtiyozli soliqlar tufayli o‘z foydalarini maksimallashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar; ❖ erkin iqtisodiy zonalarda uskunalar, xom ashyo va ishlab chiqarishning boshqa tashkil etuvchilari importining bojxona bojlaridan to‘la yoki qisman ozod etilishi kam xarajatlar evaziga uskunalarni olib kirish va o‘rnatish imkoniyatini beradi; ❖ eksportga imtiyozli shart — sharoitlar joriy etilishi tufayli eksport mahsulotlarining tannarxi pasaytirishga imkoniyat paydo bo‘ladi; ❖ erkin iqtisodiy zonalarda xorijiy investisiyalarning barcha shakllaridan foydalanish imkoniyati vujudga keladi; ❖ xorijiy sarmoyadorlarda erkin iqtisodiy zonalardan olingan foydani erkin o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi; ❖ erkin iqtisodiy zonada milliy valyutaning qisman yoki to‘liq erkin almashuvini ta’minlash valyuta opratsiyalarini erkin amalga oshirishga shart —sharoit yaratadi; ❖ erkin iqtisodiy zonalardagi arzon ishchi kuchi tufayli o’z mahsulotlari tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga erishadilar. Ko‘plab mamlakat larda, xususan, Xitoy, Gonkong, Tayvan, Irlandiyada mazkur masala konstitusion darajada hal etilgan bo‘lib, ushbu mamlakatlar konstitutsiyasining ayrim moddalarida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish masalasi qayd etilgan. Shuningdek, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida erkin iktisodiy zonalar to‘g‘risida qonunlar qabul qilingan. O’zbekistonda ham "Erkin iqtisodiy zonalar to’g‘risida" qonun qabul qilingan bo‘lib, unda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish tamoyillari, usullari, erkin iqtisodiy zonalarga sarmoya kiritayotgan xorijiy investorlarning huquq va majburiyatlari o‘z aksini topgan. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishda davlat o'z oldiga turli vazifalarni qo'yadi. Ba'zi bir davlatlar esa, ushbu zonalar orqali konkret mintaqaviy muammolarini hal etishga harakat qiladilar. Bu mamlakatlar iqtisodiyoti ko'p hollarda kutilgan ishsizlik bilan, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning past darajasi bilan, ishlab - chiqaruvchilari va iste'molchilar qiziqishi hamda ularning himoyasi bilan bog'liqdir. Boshqa davlatlarda erkin iqtisodiy hududlar o'z ishlab - chiqarishining raqobatbardoshligini oshirishda ilg'or xorijiy texnologiyalardan va boshqarish tajribalaridan hamda jamg'arma vositalaridan samarali va keng foydalanmoqdalar. Erkin iqtisodiy hududlarda yaratilgan imkoniyatlar har ikki tomon manfaatlariga mos keladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va belgilangan vazifalar davlat investitsya siyosati ijrosi va samarasi uchun xizmat qilib, pirovardida, tashqi iqtisodiy aloqalarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va unga qaratilgan faoliyatlarni takomillashtirishni taqozo etadi. Bular esa, o’z navbatida, mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada rivojlantirishda to’laroq o’z aksini topadi. Shu sababli, mamlakat eksport salohiyati rivojlantirishning barcha zamonaviy va qulay tizimi, shart-sharoitlarini yaratish va unga qaratilgan investitsiyalashda xorijiy sarmoyalardan ham keng foydalanishni izchil davom ettirib bormog’imiz lozim. Bu esa bevosita eksport salohiyatimizni oshirish maqsadida transport-logistika tizimini takomillashtirish lozimgini keltirib chiqaradi. Chunki, dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklangani uchun mahsulotni eksport qilishda ko„plab qiyinchiliklar paydo bo’lmoqda. Shu ma‟noda respublikamizda qulay transport-logistika tizimini va xalqaro transport-logistika tarmog’ini yaratishda olib borilayotgan ishlar va ularning milliy eksport salohiyatmizni oshirishga, jumladan, EIZlar korxonalari eksporti hajmini yanada oshirishga ham xizmat qilishida muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta‟kidlamoq lozim. Buni quyidagi 2-jadval ma’luomtlari ham taqdislaydi. 2-jadval. O’zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo’ljallangan Investitsiya dasturi doirasida barcha yo’nalishlar bo’yicha ajratilgan mablag’lar.
Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling