Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]


Download 459 Kb.
bet14/16
Sana03.02.2023
Hajmi459 Kb.
#1156721
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati 09 15 00 00 Transport

3. Tashqi yoritqichlar
3.1. Tashqi yoritqichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa.
Ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritqichlarini o‘rnatishga ruxsat etiladi.
3.2. Yorituvchi chiroq nurining yo‘nalishi buzilgan bo‘lsa.
3.3. Agar tashqi yoritqichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan bo‘lsa.
3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi bo‘lmasa yoxud tegishli yorug‘lik asboblari turiga mos bo‘lmagan nur sochuvchi va lampalardan foydalanilgan bo‘lsa.
3.5. Yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqchalarning o‘rnatilishi, ularning mahkamlanishi va yorug‘lik ishoraning ko‘rinishi belgilangan talablarga javob bermasa.
3.6. Transport vositasida quyidagilar:
old qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli tumanga qarshi faralar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli burilish ko‘rsatgichlari, oq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa;
orqa qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli orqaga harakatlanish, oq rangdan boshqa ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilarini yorituvchi chiroqlar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli burilish ko‘rsatgichlari, qizil rangdan boshqa rangli boshqa tashqi yoritqichlar, qizil rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa;
yon qismida — sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli yoritqichlar, sariq yoki zarg‘aldoq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lsa.
4. Oyna tozalagich va oyna yuvgichlar
4.1. Oyna tozalagich belgilangan tartibda ishlamayotgan bo‘lsa.
4.2. Transport vositasining konstruksiyasida ko‘zda tutilgan oyna yuvgich ishlamayotgan bo‘lsa.
5. G‘ildirak va shinalar
5.1. Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam bo‘lsa;
M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam bo‘lsa;
M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam bo‘lsa;
mototsikl va mopedlar (skutyerlar, kvadrotsikllar) uchun — 0,8 mm dan kam bo‘lsa.
Izoh: tirkamalar shinasi naqshlarining qoldiq balandligi shatakchi transport vositasi shinalari uchun belgilangan me’yor kabidir.
5.2. Shinalarda kord ko‘rinishiga olib kelgan tashqi nuqsonlar (teshilgan kesilgan, yorilgan), hamda karkas qatlamlari ajralgan, protektor va yon qismlari ko‘chgan bo‘lsa.
5.3. Qo‘shaloq shinalar orasiga xavf-xatar tug‘diruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan bo‘lsa.
5.4. Shina o‘lchamlari yoki cheklangan og‘irlik transport vositasining turiga mos kelmasa.
5.5. Transport vositasining bitta o‘qiga har xil o‘lchamli va konstruksiyali (dioganal va radial, kamerali va kamerasiz), har xil naqshli, sovuqqa chidamli va chidamsiz, yangi va qayta tiklangan, yangi va protektor naqshi chuqurlashtirilgan shinalar o‘rnatilgan bo‘lsa.
5.6. N2 va N3 toifadagi kapotsiz tuzilishli magistral tyagach (shatakchi) larning oldingi o‘qiga va M3 toifani II va III klassdagi avtotransport vositalarini oldingi o‘qiga qayta tiklangan shinalar, boshqa o‘qiga esa ikkinchi ta’mirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan bo‘lsa.
5.7. M1, M2, M3 toifalarni I klassidagi avtotransport vositalarini oldingi o‘qiga, M3 toifani II va III klassidagi avtotransport vositalarini o‘rta va orqa o‘qlariga ikkinchi ta’mirlash klassi bo‘yicha qayta tiklangan shinalar o‘rnatilgan bo‘lsa.
5.8. G‘ildirakni mahkamlovchi bolt (gayka) bo‘lmasa, disk va g‘ildirak obodlari darz ketgan bo‘lsa yoki mahkamlash teshiklarining shakli va o‘lchamlari ko‘rinadigan darajada buzilgan bo‘lsa.

Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling