Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]


Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi


Download 459 Kb.
bet13/16
Sana03.02.2023
Hajmi459 Kb.
#1156721
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati 09 15 00 00 Transport

Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi
ShARTLAR
1.Tormoz tizimlari
1.1. Tormoz tizimining konstruksiyasi o‘zgartirilsa, ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmasa yoki transport vositasining shu turida ko‘zda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qo‘llanilsa.
1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentida belgilangan talablarga mos kelmasa.
1.3. Gidravlik tormoz yuritmasining zichligi (germetikligi) buzilgan bo‘lsa.
1.4. Dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining zichligini buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda — 30 daqiqada, ulanganida — 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MP dan ko‘pga pasayishiga sabab bo‘lsa. o‘ildiraklardagi tormoz kameralaridan siqilgan havo chiqayotgan bo‘lsa.
1.5. Pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining manometri ishlamasa.
1.6. To‘xtab turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa:
to‘la aslahalangan holatda transport vositalarini 16 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda;
M toifa uchun 25 foiz, N toifa uchun 31 foiz.
Izoh:
To‘xtab turish tormoz tizimi sinovdan o‘tkazilayotganda dvigatel transmissiyadan ajratilgan bo‘lishi kerak.
2. Boshqaruv qurilmasi
2.1. Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig‘indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko‘rsatkichdan katta bo‘lmasligi kerak:

Transport vositasining
toifasi


Yo‘l qo‘yilgan lyuft ko‘rsatgichi (gradusda)

M1

100

M2, M3, N1

200

N2, N3

250

2.2. Detal va bog‘lamlarning Konstruksiyada ko‘zda tutilmagan qo‘zg‘alishlari bor. Rezbali birikmalar tegishli ravishda mahkamlanmagan yoki o‘rnatilgan usulda qotirilmagan. Rul kolonkasining qulflovchi moslamasi ishlamasa.
2.3. Boshqaruv qurilmasining konstruksiyasida ko‘zda tutilgan kuchaytirgich yoki mototsikllarda tebranishni pasaytiruvchi moslama (dempfer) nosoz bo‘lsa yoki umuman bo‘lmasa.
2.4. Boshqaruv qurilmasida qoldiq deformatsiya izlari, darz ketgan joylari va boshqa nuqsonlari bo‘lgan qismlar o‘rnatilgan, shu transport vositasi turida ko‘zda tutilmagan yoki ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmaydigan qismlar va suyuqliklar qo‘llangan bo‘lsa.

Download 459 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling