Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]


Download 47 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi47 Kb.
#160374
Bog'liq
XO‘JALIK BOSHQARUV ORGANLARI




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;

2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;

3.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

XO‘JALIK BOShQARUV ORGANLARI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA

Bozor islohotlarining hozirgi bosqichi talablariga muvofiq iqtisodiyotni boshqarishni yanada erkinlashtirish, ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish, korporativ boshqaruvi me’yor va tamoyillarini keng joriy etish, xo‘jalik birlashmalarini unifikatsiyalash va ular faoliyatini tashkil qilish samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagi asosiy tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladigan xo‘jalik birlashmalari xo‘jalik boshqaruvi organlari hisoblanadi:

tarkibiga kiruvchi korxonalarning xo‘jalik birlashmasiga tegishli bo‘lgan aksiya paketlari orqali ana shu korxonalarning xo‘jalik boshqaruvini amalga oshiruvchi aksiyadorlik kompaniyalari, shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari;

muassis-korxonalar tomonidan ular faoliyatiga ko‘maklashish uchun muassis-korxonalarning aksiyalari paketlarini boshqarish huquqisiz ayrim umumiy vazifalarni ularga topshirish yo‘li bilan ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadigan uyushmalar.

2. Xo‘jalik birlashmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat deb hisoblansin:

tarmoq va iqtisodiyot sohalarini barqaror rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash;

marketing tadqiqotlarini tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni (ishlar, xizmatlarni) o‘zlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishiga ko‘maklashish;

korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishda yordam berish;

ular tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga axborot xizmatlari ko‘rsatish;

kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish.

3. Belgilansinki, davlat boshqaruvi, shu jumladan taqsimlash vazifalari, shuningdek ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga ma’muriy aralashuv xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatiga kirmaydi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi F–1791-son farmoyishi bilan tuzilgan ma’muriy islohotni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin:

a) O‘zbekiston mashinasozlik korxonalari uyushmasi “O‘zmashsanoat”ni;

“O‘zbekqog‘ozsanoat” uyushmasini;

O‘zbekiston davlat transport qurilishi korxonalari uyushmasi “O‘zbektransqurilish”ni;

O‘zbekiston Respublikasi Qizilqum nodir metallar va oltin davlat konserni “Qizilqumnodirmetalloltin”ni;

“Maxsusqotishma” respublika tashkilotini;



Oldingi tahrirga qarang.

“Shoyi” aksiyadorlik kompaniyasini;

“Pilla xolding” kompaniyasini tugatish;

(4-bandning “a” kichik bandi oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-iyundagi PF-3885-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 25-26-son, 258-modda)

b) yog‘-moy va tamaki sanoati korxonalari “Yog‘moytamakisanoat” uyushmasi hamda qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimlik sanoati korxonalari “Oziqovqatsanoat” uyushmasi negizida yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasini tashkil qilish;

v) O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasini “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi etib;

“O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasini “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi etib;

Toshkent shahar yo‘lovchilar tashish transporti korxonalari davlat uyushmasini “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi etib;

“O‘zagromashservis” uyushmasini “O‘zagromashservis” aksiyadorlik kompaniyasi etib;

“Dori-darmon” davlat-aksiyadorlik uyushmasini “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi etib;

O‘zbekiston farmatsevtika sanoati davlat-aksiyadorlik konsernini “O‘zfarmsanoat” uyushmasi etib;

O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati davlat-aksiyadorlik uyushmasini “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi etib;

“O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” uyushmasi etib;

“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasini “O‘zqurilishmateriallari” uyushmasi etib qayta tashkil qilish.

5. Ma’muriy islohotni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi (Azimov):

bir oy muddatda mazkur Farmonda ko‘zda tutilgan xo‘jalik birlashmalarini tugatish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;

ushbu Farmonga muvofiq qayta tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarining tashkiliy tuzilmalari va funksiyalari to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun grafik ishlab chiqsin hamda bosqichma-bosqich taqdim etsin.

6. Aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga, ushbu Farmon qoidalariga muvofiq uch oy muddatda o‘zlarining boshqaruv tashkiliy tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqsinlar hamda ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar, shuningdek o‘z Nizomlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar.

7. Ma’muriy islohotni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda xo‘jalik birlashmalarining ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushini qisqartirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqsin hamda ularni aksiyadorlik kompaniyalari va uyushmalarining boshqaruvi tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish to‘g‘risidagi qaror loyihalari bilan bir vaqtda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-yanvardagi 1-sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar tayyorlanishi hamda belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.

9. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. A. Xudoybergenov zimmalariga yuklatilsin.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,



2003-yil 22-dekabr,

PF-3366-son
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling